Ushbu taomni nafaqat issiq, balki sovuq holida ham iste’mol qilsa bo‘ladi.
Kerakli mahsulotlar:
- pomidor — 1500 g;
- piyoz — 1 dona;
- bulg‘or qalampiri — 2 dona;
- zaytun yog‘i — 5 osh qoshiq;
- bulyon —250 ml;
- qaymoq — 100 ml;
- shakar;
- sarimsoq piyoz;
- rayhon;
- tuz, murch.
- Pomidorlarni 4 ga bo‘ling, sarimsoq va piyozlarni yirik qilib to‘g‘rang.
- Bulg‘or qalampirini bo‘laklarga bo‘ling.
- Rayhonni maydalang.
- Sabzavot va ko‘katlar ustiga 3 osh qoshiq yog‘ soling, tuz va murch seping.
- 200 daraja qizigan pechda 30 daqiqa davomida pishirib oling.
- Blenderda pyure holiga keltiring.
- Pyurega yog‘ning qolgani, bulyon, qaymoq solib qaynating.
- Ko‘katlar bilan bezang.
Izoh (0)