Mazali, pishloqli yegulik siz va oila a’zolaringizga yoqishi aniq.
Kerakli mahsulotlar:
- piyoz — 2 osh qoshiq;
- qiyma — 450 g;
- tuz, murch;
- sarimsoq piyoz;
- quritilgan oregano;
- sous — 650 g;
- tuxum — 1 dona;
- pishloq — 300 g;
- petrushka;
- lazanya pishirishga mo‘ljallangan yupqa xamir — 12 dona.
- O‘simlik yog‘i solingan tovaga piyoz, keyin esa qiymani solib qovurib oling.
- Tuz, murch, oregano seping, maydalangan sarimsoq va sous qo‘shib qaynatib oling.
- Maxsus idishga sousli qiymaning yarmini soling.
- Tuxumga petrushka, pishloq qo‘shib aralashtiring.
- Lazanya xamirini o‘ramdagi ko‘rsatmaga binoan pishirib oling.
- Xamirni qo‘yib chiqib, ustidan pishloqli aralashma surting.
- Qiyma soling va rulet shaklida o‘rab chiqing.
- Ruletni idishga soling va ustidan qolgan qiymani soling.
- Ustini folga qog‘ozi bilan yopib, 180 daraja qizigan pechda 35 daqiqa davomida pishirib oling,
- Folgani olib, yana 5 daqiqa pishiring
Mavzuga doir:
- O‘z qo‘lingiz bilan turkcha doner kabob tayyorlab ko‘ring
- Tovuq filesiga sabzavot va pishloq qo‘shib, tushlik uchun taom tayyorlaymiz
- Tushlikka o‘z qo‘lingiz bilan non kabob tayyorlang
- Kechki ovqatga uyg‘urcha beshbarmoq pishiring
- Turk oshxonasining eng mazali nonushtasi — menemen tayyorlaymiz!
- Ozarbayjoncha qatiqli taom — dovg‘a pishirib ko‘ring
- Mazasi og‘izda eriydigan tovuqli lag‘mon pishiramiz
- Ko‘p mahsulot ketmaydigan mazali “Smak” salatini uyda tayyorlash uchun retsept