Daryo

Kartoshka va sous qo‘shib tayyorlanadigan qovurilgan mol go‘shti

Ustidan ko‘katlar seping va tuxum sarig‘i bilan bezab dasturxonga torting

1 daqiqa o‘qish33 687 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Shvetsiyada sevib iste’mol qilinadigan “Ridberg” taomi retseptini e’tiboringizga havola qilamiz.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • donli xantal — 2 osh qoshiq;
  • oddiy xantal — 2 osh qoshiq
  • shakar kukuni — 2 osh qoshiq
  • smetana — 4 osh qoshiq;
  • kartoshka — 450 g;
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
  • tuz, shakar;
  • piyoz — 2 dona;
  • mol go‘shti — 300 g;
  • ko‘katlar.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Har ikkala xantal va shakar kukunini smetanaga qo‘shib aralashtiring.
  • “Kubik”larga bo‘lingan kartoshkani o‘simlik yog‘i solingan tovada 20 daqiqa qovurib oling.
  • Kartoshkani likopchaga solib ustini folga qog‘oz bilan yoping.
  • O‘rtacha bo‘laklarga bo‘lingan piyozni sariyog‘ solingan tovada qovurib oling.
  • Maydalangan go‘shtni ham o‘simlik yog‘ida qovuring.
  • Kartoshka ustiga go‘sht va piyozni solib ustidan smetanali sous quying.
  • Ustidan ko‘katlar seping va tuxum sarig‘i bilan bezab dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar