• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ta'limda peshqadamlar va O‘zbekiston ta'limi uchun ingliz tilining ta'siri

    Rivojlangan mamlakatlarda, ayniqsa, anglo-sakson moliyaviy-iqtisodiy tizimining asoschisi bo‘lmish Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada va Avstraliya kabi davlatlarning ta’lim tizimi negizida “o‘qib tushunish asosida tanqidiy fikrlash” hamda matematika yotadi. Boshqa rivojlangan mamlakatlar ham keyinchalik ushbu ikki omilni namuna sifatida o‘z ta’lim tizimida joriy etdi.

    Foto: irishtimes.com

    Foto: irishtimes.com

    Anglo-sakson ta’lim modelida maktab va universitetlarda “mustaqil fikrlash” va “tanqidiy yondashuv” asosida tahsil beriladi. Bunda matematika fani analitik aniqlikni ta’minlab beradi. Bu bilan mavzu doirasidagi har bir ma’lumotning ehtimoliy-salbiy jihatlari to‘liq o‘rganilib, keyin uning ijobiy jihatlariga ishonish yondashuvi shakllantiriladi. Har bir ma’lumot to‘liq tahlil qilinishi natijasida o‘quvchi yoki talaba keng qamrovli mustaqil fikrlashga ega bo‘ladi. Tahsil oluvchi nafaqat belgilangan darslik asosida, balki qo‘shimcha manbalardan foydalanib, mustaqil tayyorlanish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Natijada talaba ta’lim davrining oxiriga qadar o‘z mutaxassisligiga oid fanlarni turli rakurslardan mustaqil o‘rganib, tushunib, tanqidiy yondashib, qiyosiy tahlil qilib, o‘z fikrlarini yozma ifodalab, o‘z sohasining yetuk mutaxassisiga aylanadi.

    Ammo aksar mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham ta’lim uslubi cheklangan ma’lumotga ega darslikni va o‘qituvchi bergan ma’lumotni o‘quvchi yoki talaba miyasiga singdirish, tushunmasa ham, yodlatish asosida tashkil etilgan. Natijada o‘quvchi va talabada fan yoki soha bo‘yicha oz, tushunarsiz, amaliyotda qo‘llash uchun zaif bilim hosil bo‘ladi. Shu bois bunday uslubdagi darslar o‘quvchi va talabani zeriktiradi, xolos.

    So‘nggi paytlarda Buyuk Britaniya ta’lim tizimi ijobiy natijalarni qayd etayotgan bo‘lsa-da, Singapur, Janubiy Koreya, Xitoy va Finlyandiya ta’lim tizimi turli ko‘rsatkichlarda g‘arb flagman ta’lim andozalaridan ham o‘zib borayotganini isbotlayapti. Bu Xalqaro ta’limni baholash tashkilotlari (PISA-yuqori sinf o‘quvchilari orasida matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha o‘qish kompetensiyasi, TIMSS – boshlang‘ich sinf o‘quvchilar orasida o‘qish kompetensiyasi va matematika bo‘yicha) reytinglarida o‘z ifodasini topmoqda.

    Masalan, Singapur 1965-yilda mustaqil respublika sifatida turli iqtisodiy va ijtimoiy muammolar girdobida qolgan bo‘lsa-da, ta’lim tizimini isloh qilishga oid 4 ta islohot o‘tkazdi. Ilk mustaqillik yillaridan – 1978-yilgacha birinchi ta’lim islohoti davrida mamlakatda xitoycha maktablar tashkil etildi. Ikkinchi ta’lim islohotida (1979–1996) ingliz tili ta’limda ustuvor til sifatida belgilanib, tahsil shu tilda tashkil etildi. Ushbu 17 yillik ta’lim islohoti natijasida mamlakatda dunyo tan olgan ta’lim tizimi tashkil topdi va bu tizim Singapurni jahonning rivojlangan davlatlar safiga kirishiga sababchi bo‘ldi. Uchinchi (1997–2011) va to‘rtinchi (2012–2018) ta’lim islohotlari Singapurning “kelajak davlati” maqomiga erishishiga sababchi bo‘ldi.

    Foto: championtutor.com

    Foto: championtutor.com

    Janubiy Koreya hozirgi kunda IT sohasida dunyoda yetakchi, kichik maydonda 52 millionga yaqin aholi bilan rivojlangan mamlakatlar qatorida turadi. Bu yutuqlar asosan ta’lim islohotlari natijasida bo‘lgani hech kimga sir emas. Ushbu mamlakat 1948–1960-yillarda aholining savodxonlik darajasi bo‘yicha muammolarga ega edi. 1961–1980-yillarda “o‘rta va kasbiy ta’limning kengaytirilishi” islohoti, 1981–1997-yillarda “oliy ta’limni kengaytirish va yuqori malakali ishchi kadrlar tayyorlash” islohoti, 1998-yildan hozirga qadar davom etayotgan “kreativ va umr bo‘yi o‘qib-o‘rganish (life-long learning)” islohotlari mamlakat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 1981–1997-yillardagi 16 yillik ta’lim islohoti koreys xalqining ijtimoiy hamda iqtisodiy hayotini tubdan o‘zgartirgan bo‘lsa, oxirgi islohot uni dunyoda IT va yaratuvchanlik bo‘yicha birinchi o‘ringa olib chiqdi. Oxirgi ikki islohotda ingliz tili ta’limda vositachi sifatida qo‘llanildi va 2010-yilda koreys universitetlarining 2/5 qismida darslar to‘liq ingliz tilida tashkil etildi.

    Foto: en.tgchannels.org

    Foto: en.tgchannels.org

    Xitoy 1998–2017-yillari 900 mingdan ortiq talabasini dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga yubordi. Natijada ushbu kadrlar hozirda Xitoy oliygohlarida o‘zlaridek kadrlarni tayyorlashda va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida faol xizmat ko‘rsatmoqda. Xitoy dunyoda eng ko‘p ta’lim oluvchi kontingentga ega (har yili 8 million bitiruvchi) bo‘lsa-da, ta’lim sohasida kerakli va samarali islohotlarni amalga oshirmoqda, ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha juda ko‘p Ginnes rekordlarini yangilamoqda.

    Skandinaviya mamlakatlari, ayniqsa, Finlyandiya maktab ta’limida eng yaxshi tizimga erishdi. Fin maktab tizimining quyidagi islohotlari diqqat qaratgulik:
    1. O‘qituvchilikka faqat magistr darajasiga ega mutaxassislarni qabul qilish;
    2.  Hech qanaqa standart-testlashning ta’limda yo‘qligi;
    3.  Ta’limda raqobat emas, hamkorlik prinsipi;
    4.  Ijtimoiy tengsizlikni muvozanatlashtiruvchi ta’lim;
    5.  Hamma o‘quvchi bepul ovqatlanish;
    6.  Sog‘liqni saqlashning ta’limdagi ishtiroki;
    7.  Psixologik maslahatlashuvlar;
    8.  Ta’limdagi individual yondashuv;
    9. Ta’lim vaqtining qulayligi (9:00 dan – 14:00 gacha ) yoki (9:45 dan – 14:45 gacha) – Bu o‘quvchining sog‘lig‘i, o‘sishi va ruhiy xotirjamligini ta’minlaydi.
    10. Barqaror ta’lim va yo‘l-yo‘riqning bir xil o‘qituvchilar tomonidan berilishi;
    11. Stressdan holi va mehrga to‘la ta’lim muhiti;
    12. Vazifalar, asosan, maktabda bajarilib, uy ishining kam berilishi.

    Foto: yle.fi

    Foto: yle.fi

    Ta’kidlash joizki, bu islohot ortidan finlyandiyaliklarning xalqaro fan va biznes-muloqot tili – ingliz tilini yuqori darajada bilishi ushbu davlatning oxirgi paytlarda maktab ta’limi borasida dunyoda yetakchi bo‘lishini ta’minlab kelmoqda.

    Agar dunyo xalq ta’limi reytingida to‘rtta eng ilg‘or davlat bilan O‘zbekiston ta’lim tizimini taqqoslasak, tafovutlar kattaligi bilinadi. Quyidagi jadvalga oxirgi yillardagi eng yuqori ko‘rsatkichlar ajratib olingan.

    PISA

    2018–2019

    Sinfdagi o‘quvchi soni

    Maktablardagi o‘quvchi soni

    Maktablar soni

    Maktabdagi ingliz tilini bilish darajasi

    Ingliz tili bilimining dunyodagi reytingi

    YMMning ta’limdagi ulushi(AQSH dollarida)

    Finlyandiya

    19

    550000 (2020)

    3700 (2019)

    B2-C1

    3-o‘rin juda yuqori

    5.1 (2019)

    13.5 mlrd $

    Xitoy

    30-35

    260 mln

    514000 (2014)

    B2-C1

    38-o‘rin o‘rta

    520 mlrd $

    Singapur

    20-25

    340000

    400 (2016)

    B2-C1

    10-o‘rin juda yuqori

    2.9 (2019)

    9 mlrd $

    Janubiy Koreya

    22-24

    –20000(2020)

    B2-C1

    32-o‘rin o‘rta

    4.33(2016)

    53 mlrd $

    O‘zbekiston

    30-35

    6119940

    9942 (2019)

    B1

    88-o‘rinda juda past

    5.66 (2017)

    3.78 mlrd $

    Yuqoridagi qiyosiy tahlil va ko‘rsatkichlar O‘zbekistonda ham ingliz tilini o‘qitish, o‘rganish uchun maqbul yo‘llarni, tajribalarni qidirish zarurligini isbotlab beradi. Shu bois 2020-yilning avgustida bergan taklifimizga ko‘ra Finlyandiya tajribasi hukumat tomonidan ma’qullanib, qaror ham qabul qilindi.

    Rivojlangan davlatlarning uzoq yillar davom etgan va nisbatan qiyin kechgan ingliz tilini asosiy ta’lim tizimiga aylantirish borasidagi tajribasini tahlil qilgan holda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, belgilab berilgan strategiya va ichki imkoniyatlardan kelib chiqib, quyidagi takliflarni berishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

    Birinchi taklif. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga o‘z ona tillarida belgilangan savodxonlik (o‘qish va yozish)ni o‘rgatish qatorida xorijiy tilda oddiy muloqot-tematik so‘zlashuv usulida gapirish va tinglash mashg‘ulotlari audio-video qo‘llanmalar asosida o‘rgatilishi maqsadlidir. Negaki 3-6 yosh oralig‘idagi bolada eshitish, gapirish orqali ma’lumotni o‘zlashtirish qobiliyati rivojlangan bo‘ladi.

    Ikkinchi taklif. O‘rta maktab ta’limining ilk yillaridan mustaqil fikrlash uchun asos bo‘ladigan o‘qish kompetensiyasi, ya’ni o‘qish tezligi bilan uni tushunish tezligi mutanosibligi ko‘nikmasi o‘quvchilarda shakllantirilishi kerak. Avval boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning faqat o‘qish tezligi baholangan. Bu bolalarda tushunmasa ham tez o‘qish tendensiyasini shakllantirgan va mustaqil fikrlash qobiliyati yetarli darajada rivojlanmagan. O‘quvchi istagan matnni qanchalik tez o‘qimasin, uning mazmunini tushunmasa, bu uning quruq o‘qib, uqmaganini anglatadi.

    Shu bilan birga, matematika fani ham rag‘batlantiruvchi vosita sifatida bolalarga o‘rgatilishi kerak. Bunda bola yoshiga mos istagan fan kitobini o‘qib, tushunib, u haqida mustaqil fikrini ifodalay biladi. Aynan matematika tushunilishi qiyin matnlarni tahlil qilish, yaxshiroq tushunishni ta’minlaydi. 8-sinfgacha tuzilgan o‘quv dasturidagi hamma fanlar “o‘qib tushunish asosida mustaqil fikrlashga urg‘u berib” o‘rganilganidan so‘ng, 8-sinfdan matematika, fizika, kimyo va biologiya kabi aniq fanlar ingliz tilida olib borilsa, o‘quvchilar rivojlangan davlatlardagi maktab ta’limiga mos jahon standartlaridagi bilimni olishadi. Ya’ni hozirgi Prezident maktablarida o‘rgatiladigan darslar va o‘quv dasturini 8-sinf o‘quvchilari mos ravishda ingliz tilida o‘qib, o‘zlashtirishlari mumkin bo‘ladi. Bunga qo‘shimcha, yuqori sinflarda turli kasb mahoratlari kitob, video yoki boshqa turli ilovalar ko‘rinishida ingliz tilida o‘rgatilsa, o‘quvchilar kelajak uchun zarur kasb-hunarni ham egallashlari mumkin bo‘ladi. Chunki barcha kasblar bo‘yicha innovatsion va motivatsion malaka ko‘nikmalari inglizcha manbalarda mavjud.

    Qolaversa, rivojlangan mamlakatlar tajribasi aniq va STEAM fanlar (tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san'at va matematika) iqtisodiy taraqqiyotning asosiy vositasi ekanligini ko‘rsatmoqda. Maktablarda ham ushbu fanlarga urg‘uni kuchaytirish, ulardagi dasturlarni oliy ta’lim dasturlari darajasida takomillashtirish yaxshi samara beradi. Ikkinchi taklifga yechim sifatida (“30 kunda ingliz tilini Alifbe (0)dan V2 darajasiga olib chiqish”) mahalliy va xalqaro isbotga ega darslik-kitobni o‘quv yilidan oldin yoki o‘quv yili boshida o‘rgatish mumkin.

    Uchinchi taklif. Oliy ta’limni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilanganidek, kredit-modul tizimi talabalarga xorijiy tillarni, jumladan, ingliz tilini qisqa muddatlarda o‘rgatishga (masalan, “30 kunda ingliz tilini Alifbe (0)dan V2 darajasiga olib chiqish” mahalliy va xalqaro isbotlarga ega kitob orqali) yordam beradi. Yana hayotiy muhim sohalar (tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, aniq fanlar, iqtisodiyot, high-tech va sanoat)ni oson o‘zlashtirishiga turtki bo‘ladi.

    To‘rtinchi taklif. Dunyoning eng oldi universitetlari filiallari yoki analoglarini ochib, ularning yutuqlari, ta’limidagi o‘ziga xos afzalliklarni mamlakatimizda joriy etish. Bu orqali O‘zbekistonni avval Markaziy Osiyoda, keyin dunyoda yetakchi oliy ta’lim markaziga aylantirish mumkin. Qo‘shimchasiga, mamlakatimiz yoshlarining professional kadr bo‘lishlariga, xorij talabalarini o‘qitish hisobidan davlatimizga salmoqli daromad ham olib kelishiga motivatsiya bo‘ladi. Xorij yutuqlarini o‘z mamlakatida ko‘rish va undagi sharoitdan bahramand bo‘lish, til o‘rganishda beminnat xizmat qiladi.

    O‘tgan yillar davomida oliy ta’limimiz, nazarimda, shaklan bakalavriat va magistratura kabi rivojlangan mamlakatlar oliy ta’limining yuzaki shaklini oldi, lekin ichki mazmun – ta’lim sifati oz va eskirgan ma’lumotlar bazasi va qoloq ta’lim o‘z holicha qoldi. Shu sabab universitetlarimiz dunyoning top-OTMlari reytingiga ham kira olmadi. Vaholanki, oliy ta’lim uchun eng muhim talab – ta’lim sifati. Bu mezon quyidagi omillarga asosan belgilanadi va dunyo reytingi ham shu talablar asosida tuziladi:

    • professor-o‘qituvchilar salohiyati;
    • ixtisosliklar bo‘yicha beriladigan ekspert bilim va malaka, ilmiy ishlar ko‘lami va nufuzi;
    • talabalar qabul qilish tizimi;
    • talabalar uchun imkoniyatlar, grant va mukofotlar salmog‘i;
    • sanoat yoki tarmoqlar bilan amaliy bog‘liqlik;
    • xalqaro obro‘ va bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishi.
    Sanalgan omillar asosida S1 – juda yaxshi va S2 – ekspert darajadagi ingliz tilida ta’limni yo‘lga qo‘ygan (Garvard, Oksford, Stenford, Massachusets texnologiya instituti va Kembrij) universitetlari an’anaviy tarzda dunyo reytingida birinchilikni egallab kelishmoqda.

    O‘zbekistondagi universitetlar yuqori natijaga erishishi uchun, eng avvalo, ta’lim mazmuni (ma’ruza, seminar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar) bo‘yicha ma’lumotlar bazasini zamonga mos tarzda tez-tez yangilab va boyitib borishi, dunyoning eng nufuzli universitetlari bilan tengma-teng integratsiyalashuvini ta’minlashi, o‘quv dasturlari va yo‘l xaritalarini mustahkamlab olishi shart. Buning uchun professor ham, talaba-yu oddiy o‘qituvchi ham ingliz tilini puxta o‘rganishi kerak.

    Xulosa shuki, O‘zbekiston ta’lim tizimini ilg‘or mamlakatlardagidek darajaga ko‘tarishi uchun, avvalo, sinovdan o‘tgan, vaqt chig‘irig‘ida isbotlangan ta’lim modellarini tanlab, sharoitimizga moslab, ma’qulini saralab joriy etish kerak. Xalqaro tajribalarni taqqoslab-solishtirib, mahalliy sharoitga moslash orqali aksar muammolarimizga yechim topa olamiz. Foydasiz metodlardan esa voz kechish shart.

    Abdulaziz Hojiyev,Tilshunos, ingliz-nemis tillari mutaxassisi

    02.06.2021, 13:24   Izoh (0)   10775
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev: “Koronavirus ko‘zimizni ochdi”

    02.06.2021, 13:16

    O‘zbekistonda 3-iyun kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

    02.06.2021, 12:40

    O‘zbekiston TIV xalqaro jurnalist Agneshka Pikuliskaning akkreditatsiyasini uzaytirmaslikka qaror qildi

    02.06.2021, 12:10

    Shavkat Mirziyoyev Surxondaryodagi qator tumanlarda ochiladigan yangi tadbirkorlik subyektlarini soliqlardan ozod etishni taklif qildi

    02.06.2021, 11:55

    “Surxondaryo viloyatida infratuzilmani yaxshilash uchun 1,9 trillion so‘m mablag‘ ajratilyapti” — Shavkat Mirziyoyev

    02.06.2021, 11:47

    O‘zbekiston 2021-yilning to‘rt oyida xorijga qancha miqdorda mebel sotgani ma’lum qilindi

    02.06.2021, 11:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati muhojirlar haqida realiti-shou suratga olmoqchi

    Dunyo | 16 may, 23:55

    “Daryo” dayjesti: 16-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 16 may, 23:40

    Madura bo‘g‘ozi tubidan qadimgi hayot izlari topildi

    Dunyo | 16 may, 23:30

    Toshkentdagi go‘zallik salonida ayolning yuzi 80 foiz kuydirib qo‘yildi

    O‘zbekiston | 16 may, 23:16

    Superliga. “Surxon” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etdi

    Sport | 16 may, 23:06

    Dunyoning eng badavlat insonlarning rafiqalari qanday ko'rinishda?

    Layfstayl | 16 may, 23:05

    Fransiyada 200 dan ortiq fermer cheklovlarni bekor qilish uchun namoyishga chiqdi

    Dunyo | 16 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.