• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Kompensatsiya mojarosi: Yunusobod metrosidagi fojia qurbonlaridan birining yaqinlariga to‘lanishi kerak bo‘lgan tovon puli masalasini apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqish boshlandi

    Toshkent metrosining “Yunusobod” bekati qurilishida, 2019-yil 18-dekabr kuni yuz bergan fojia ortidan olti ishchi halok bo‘lgandi. Hodisa yuzasidan o‘sha kuniyoq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan (ish ochilgan moddalar bo‘yicha aybdorlarga ko‘zda tutilgan eng og‘ir jazo besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish edi). Biroq oradan uch oy o‘tib, 2020-yilning 18-martida Toshkent shahar prokuraturasi “zarar to‘liq qoplangani”, “aybdorlarga ijobiy tavsifnoma berilgani” va “marhumlarning oila a’zolaridan e’tirozlar yo‘qligi” (vaholanki, bu vaqtda kompensatsiya pullari hali to‘liq berilmagan bo‘lgan) uchun ayblilik masalasi hal qilinmasdan turib, jinoiy ish materiallarini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yilning 24-yanvardagi buyrug‘iga asosan tashkil etilgan maxsus komissiya 31-yanvar kuni har bir jabrdiydaning xonadoniga 261,9 million so‘mdan bir martalik tovon puli to‘lash haqida dalolatnomani chiqargan.

    “Yunusobod fojiasi”da halok bo‘lgan yakkabog‘lik Anvar Diyorovning ham oilasiga 100 million so‘m berilgan. Shundan keyin 2020-yil sentabrida yana 161 million so‘m plastik kartaga tushgan. Ammo boquvchisini yo‘qotgan da’vogar: marhumning bevasi Lobar Rahmonova boquvchisini yo‘qotgani uchun berilgan tovon puli to‘liq emas, deb hisoblab, qaynatasi va qaynakasi bilan birga SBK Universal Construction Group kompaniyasiga nisbatan fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritgan.

    Anvar Diyorov.

    Anvar Diyorov.
    Foto: “Daryo”

    Sudda Lobar Rahmonova oilaning farzandlari uchun tayinlangan har oylik kompensatsiya va bir martalik nafaqa umuman to‘lanmaganini qayd etgan. Shuningdek, u marhum umr yo‘ldoshining vafoti tufayli yetkazilgan ma’naviy zarar uchun to‘lov undirishni ham so‘ragan.

    Sudning 2020-yil 17-noyabrdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, javobgar SBK Universal Construction Group’dan da’vogar Lobar Rahmonovaning uch nafar farzandining har biriga 16 yoshga to‘lgunga qadar har oyda 727 ming so‘mdan kompensatsiya, 100 million so‘m bir martalik kompensatsiya va yetkazilgan ma’naviy zarar uchun 300 mln so‘m kompensatsiya undirish belgilangan.

    Da’vogar Lobar Rahmonovaning advokati Asliddin Mahammadiyevning “Daryo”da 2021-yil 8-aprel kuni e’lon qilingan “Tuproq qazib, tuproqlar ostida qolgan bolam”. Yunusobod metrosidagi fojia qurbonlari yaqinlarining o‘tgan bir yildagi hayoti va kompensatsiya muammolari haqida” nomli maqolada ta’kidlashicha, sud qarori 2020-yil 17-dekabrda qonuniy kuchga kirgan bo‘lsa-da, javobgar tomon yanvarda ham ijroni ixtiyoriy ravishda amalga oshirmagach, majburiy undirish choralarini ko‘rishga to‘g‘ri kelgan. Shu asosda kompaniya bank hisob raqamlari va mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan. Oradan biroz vaqt o‘tib, marhum Anvar Diyorovning oila a’zolariga 100 million so‘m pul o‘tkazilgan.

    Advokatning aytishicha, shundan keyin SBK Universal Construction Group negadir “da’vo bo‘yicha hal qiluvchi qarorini olmadim”, degan vaj bilan fevral oyida sudga murojaat qilgan. “Holbuki da’vo muddati bo‘yicha 20 kun ichida appelyatsiya berishi kerak edi”, — deydi advokat Mahammadiyev. Ma’lum bo‘lishicha, javobgar tomon kassatsiya tartibida shikoyat berishga qonuniy haqi qolmagani bois apellyatsiya shikoyatining muddatini tiklash haqida fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudiga ariza bergan.

    Asliddin Mahammadiyevning qayd etishicha, u kompaniyaning o‘sha arizasi haqida eshitgach, uch marta sudga borgan, kotibga, devonxonaga uchragan. Lekin sud qachon bo‘lishi haqida hech kim ma’lumot bermagan.

    “Sud ikkinchi tomonga xabar bermay, ishni bir tomonlama ko‘rib, kompaniyaning arizasini qanoatlantirgan va ijro muddatini tiklab bergan, appelyatsiya shikoyatini shahar sudiga yuborish haqida ajrim chiqargan. Agar ijro muddati tiklab berilmaganida edi, hozirda sud qarorining ijrosi to‘xtamagan bo‘lardi”, — deydi advokat. Soddaroq qilib aytganda, agar shu ajrim bo‘lmaganida edi, Lobar Rahmonova boquvchisini yo‘qotganlik haqidagi bolalari uchun beriladigan nafaqalarni vaqtida olayotgan bo‘lardi.

    Shundan so‘ng advokat Asliddin Mahammadiyev Toshkent shahar sudiga da’vo muddatini tiklash haqidagi arizani bekor qilish haqida xususiy shikoyat bergan. Ammo advokatning bu arizasi qanoatlantirilmagan. Sud ijro muddatini tiklab, ishni ko‘rish haqida qo‘shimcha ajrim chiqargan.

    SBK Universal Construction Group’ning apellyatsiya shikoyati bo‘yicha o‘tkaziladigan sud jarayoni uch marotaba: 5-martda “hali rasmiylashtirilmagan” deb, 26-martda “tuman sudiga yuborilgan” deb, 20-aprelda “ish hujjatlari fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga yetib kelmagan” deb qoldirilgan.

    “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovning xabar berishicha, 30-aprel, juma kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida ushbu masalani apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqish boshlandi.

    Foto: “Daryo”

    Ochiq o‘tgan sud majlisida SBK Universal Construction Group kompaniyasining advokati jurnalistlarning video, foto va ovoz yozib olishlariga rozilik bildirmagan. Shu bois OAV vakillariga sudda audio va video yozuvlarni olishga ruxsat berilmagach, “Mahalla”, Zo‘r TV, “Mening yurtim” telekanali muxbirlari va operatorlari sud zalini o‘z xohishi bilan tark etgan. “Daryo.uz”, “Kun.uz”, “Qalampir.uz”, “Repost.uz” internet-nashrlarining muxbirlari esa video, foto va ovoz yozib olish qurilmalarisiz sud jarayonida qatnashgan.

    Sudda SBK Universal Construction Group advokati da’vogar Lobar Rahmonovaning uch nafar farzandining har biriga 16 yoshga to‘lgunga qadar har oyda 727 ming so‘mdan beriladigan kompensatsiyasi to‘lab borilishini, to‘lovning bu qismiga e’tirozi yo‘qligini aytdi. Biroq kompaniya advokati Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining jabrlanuvchining yaqinlariga 100 mln so‘m bir martalik kompensatsiya va yetkazilgan ma’naviy zarar uchun 300 mln so‘m kompensatsiya undirish to‘g‘risidagi qarorini bekor qilishini so‘radi.

    Da’vogar Lobar Rahmonovaning advokati esa quyi sudning qarorini o‘z kuchida qoldirishni so‘radi hamda quyidagicha fikr bildirdi.

    “Janoza marosimlari uchun deb dastlab 100 million so‘m berilgan. Ammo 100 million so‘mni SBK Universal Construction Group kompaniyasi berganini tasdiqlovchi hech qanday hujjat yo‘q. Kompaniya hisob raqami yoki buxgalteriyasidan ham pul chiqarilgani to‘g‘risida asoslovchi birorta hujjat mavjud emas.

    Anvar Diyorovning yaqinlariga kimdir berib ketgan buncha mablag‘ni kompaniya “biz berganmiz”, deb 2020-yilning avgust oyida marhumning ukasidan tilxat yozdirib olgan. Oradan sakkiz oy o‘tib, tilxat yozdirib olinishi shubhali. Balki 100 million so‘mni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Vazirlar Mahkamasi yoki hokimiyat vakillari berishgandir.

    Holbuki maxsus komissiya qarori 2020-yil 31-yanvarda chiqqan va bu qarorda avval berilgan 100 million so‘m hisobga olinsin, deyilmagan. Tergov davomida yoki maxsus komissiya hujjatlarida ham SBK Universal Construction Group kompaniyasi 100 million so‘m bergani haqida gapirilmagan va yozilmagan”, — dedi advokat.

    Sud 2021-yil 5-mayga qadar tanaffus e’lon qildi.

    Mavzuga doir:

    • Toshkentda bir yil avval metro qurilishidagi avariya oqibatida olti yigit halok bo‘lgandi. Ularning ham o‘z orzu-niyatlari bor edi
    • “Tuproq qazib, tuproqlar ostida qolgan bolam”. Yunusobod metrosidagi fojia qurbonlari yaqinlarining o‘tgan bir yildagi hayoti va kompensatsiya muammolari haqida

    03.05.2021, 06:42   Izoh (0)   27005
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganning darvishi: u 30 yildan beri har kuni velosipedida shahar kezib, odamlarga mumtoz qo‘shiqlar ulashadi

    03.05.2021, 06:11

    Sardoba fojiasidan so‘ng toshqin hududida qizlarga Shukrona deb ism qo‘yish holatlari ko‘paydi

    02.05.2021, 23:21

    “Sovet davlati bayrog‘i Toshkentning qoq markazida baland ko‘tarilishi o‘zbek xalqiga nisbatan haqorat” — Alisher Qodirov

    02.05.2021, 22:58

    “Sinfdosh qizlarning bari Shukrona bo‘lmasa edi hali”. Taqdiriga Sardoba suv toshqini ta’sir ko‘rsatgan chaqaloqlar

    02.05.2021, 20:28

    Xorazmdagi dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

    02.05.2021, 20:15

    O‘zbekiston aholisi qaysi vaksina bilan ko‘proq emlanmoqda?

    02.05.2021, 19:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qoraqalpog‘iston rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18

    Putin samolyotini AQSHning qiruvchi samolyotlari himoya qiladi

    Dunyo | 15 avgust, 21:56

    Dehlidagi Humoyun maqbarasi yaqinidagi binoning tomi qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 15 avgust, 21:27

    O‘zbekistonda ayrim shaxslar uchun chet elga chiqishga qo‘yiladigan taqiq kuchaytiriladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 21:05

    Quyoshda katta teshik paydo bo‘la boshladi

    Dunyo | 15 avgust, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.