• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Sinfdosh qizlarning bari Shukrona bo‘lmasa edi hali”. Taqdiriga Sardoba suv toshqini ta’sir ko‘rsatgan chaqaloqlar

    Sardoba suv ombori falokati yuz bergan kunda tong saharlab, shovqin-suron ichida “bo‘l-da, bo‘l!” qilib, kim tirkamada, kim aravada, kim piyoda, kim mashinada noma’lum manzil tomon yo‘l olganida, evakuatsiya qilinganlar orasida qancha homilador ayol bo‘lgan? Tug‘ruq jarayonlari qanday kechgan? Tug‘ilgan bolalarda farqli jihatlar bormi? Hech kim javob berolmaydi bu savollarga. Hatto kimgadir mantiqsiz tuyular bu gaplar. Kim kimu, o‘shanda kelini, qizi, homilador bo‘lganlarga emas...

    To‘satdan kelgan suv toshqini ayrim hollarda hali tug‘ilmagan bolalar kelajagiga ham ta’sir qildi. Birining sog‘lig‘iga, boshqasining yashash hududiga. Eng qizig‘i, texnogen ofat go‘daklar ismini ham belgilab berdi...

    Shukrona Jasurbek qizi O‘sarova

    2020-yil 12-dekabrda tug‘ilgan

    “Alla-yo, alla... Bolaginam bolasi-yo, alla!..”. Ichkaridan beshik taq-tuqi bilan uyqashgan xirgoyiga o‘xshash ohang eshitiladi. Qiya ochiq eshik ortida to‘xtab qolamiz. Bola uxlayvermaydi, shekilli, ayol kimnidir, aftidan, kelinini chaqiradi. Shunda ovoz beramiz...

    Xayriniso opaning o‘n nafar nabirasi bor. Shukrona — o‘ninchi nabirasi. Qizaloq nimjonroq bo‘lgani uchun unga ko‘proq o‘zi qaraydi. Doktordan doktorga olib yurib, aytgan dori-darmonlarning barini qilganidanmi, to‘rt oy deganda go‘dak tetiklashganiga shukrlar qiladi. Opa bolaning nimjonligini onasining homiladorlik davrida qiynalgani asorati deb biladi.

    — Qochish paytida qo‘rqqan bo‘lishi mumkin. Bog‘chalarda turdik, ijara uyda yurdik, keyin qarindoshlarnikida ham yashadik. Kelinim koronavirusning yengil turi bilan ham og‘ridi. O‘zimiz ham. Shuning asoratimi, onasi qiynalgani uchun bolasi ham qiynalib tug‘ildi. Bolada “cherepnoy davleniya” bor deyishdi, yuragiga ham dorilar yozib berishdi. Har 10 kunda qaratib, dori-darmonlarini berib turibmiz. Xudoga shukur, ancha yaxshi. Shu vaqtgacha beshikka ham solmagan edik. Vrachlar endi beshikka yotqizaversangiz bo‘ladi deyishdi, — deydi suhbatdoshimiz.

    Shukrona O‘sarova.

    Shukrona O‘sarova.
    Foto: “Daryo” / Shahboz Temirov

    Opaning aytishicha, gaz, “svet”i bor uyda bola katta qilish osonroq. Shukronaning shumtaka akasi uchun bu juda muhim deb hisoblaydi ayol. Xayriniso opa toshqindan so‘ng berilgan bu uyga ko‘chib kirgan kunini katta shodiyona deb biladi, bu haqda gapirayotganda yuzida tabassum paydo bo‘ladi.

    — Talafotlardan chiqib, mana shu yangi uylarga ko‘chib kirdik, Xudoga shukur. Prezidentga, davlatimizga rahmat, shunday uylarni qurib berdi. Shunday og‘ir kunlarda bizlarni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat, — deb Xayriniso opa yana qo‘shib qo‘yadi. — Shu uyga kirishimiz bilan bu nevaram tug‘ildi, shuning uchun ismini Shukrona qo‘yganmiz. Og‘ir kunlarimiz ortda qolganiga shukr”

    Shukrona Oybek qizi Abdusalomova

    2020-yil 15-noyabrda tug‘ilgan

    “Sharq – nozik masala” deydilar G‘arbda. Zero Sharqning, xususan, biz yashayotgan hududida xalq boshidan kechirgan har voqea qo‘shiqlar, maqollar, tasvirlarda u yoki bu tarzda namoyon bo‘ladi. Ismlar ham bundan mustasno emas. Xayriniso opa yashaydigan Sardoba tumanining birgina “Do‘stlik” mahallasida toshqindan so‘ng tug‘ilgan kamida uch nafar Shukronani uchratdik.

    Sardoba suv ombori ofati faqat Sardoba emas, balki Mirzaobod va Oqoltin tumanlariga ham jiddiy zarar yetkazgan. Mirzaoboddagi xonadonlardan birining bekasi Rixsixon opa oiladagi kenja qizaloq eng katta ovunchog‘i ekanligini gapirar ekan, u ham avvalgi suhbatdoshimizning fikrlarini takrorlaydi, tasdiqladi.

    Shukrona Abdusalomova buvisi Rixsixon O‘sarova bilan.

    Shukrona Abdusalomova buvisi Rixsixon O‘sarova bilan.
    Foto: “Daryo” / Shahboz Temirov

    — Toshqinlardan qutuldik deb, otasi Shukrona deya ism qo‘ydi. Suv kelganda o‘zimniyam o‘ylamay, faqat shular uchun tashvishlandim. O‘sha kunlarni eslasak, hali ham yuragimiz og‘riydi. Xudoga shukur, jonimiz omon qoldi, — deydi onaxon qisqagina qilib.

    Rixsixon opaning ovsini Hayitgul O‘sarova gapga chechanroq. Uning oilasida o‘z nevaralari qatorida Shukronaxonni ham yaxshi ko‘rib, erkalashlarini aytadi.

    — Bu toshqindan keyin tug‘ilgan nevaramiz, qaynukamning nevarasi, besh oylik. Shu kunlarning shukronasi deb Shukrona deb ism qo‘ydik. Yaxshi kunlarga yetganimizda tug‘ildi. Shukrona desak o‘sha kunlar baribir esimizga kelaveradi. Ilohim, biz ko‘rgan kunlarni bular ko‘rmasin!

    Shukrona Abdusalomova buvisining ovsini Hayitgul O‘sarova bilan.

    Shukrona Abdusalomova buvisining ovsini Hayitgul O‘sarova bilan.
    Foto: “Daryo” / Shahboz Temirov

    Yaqinda Hayitgul opaning qudasi — katta kelinining ukasi ham qizlik bo‘lgan. Hali besh-olti kunlik chaqaloq ekan, unga ham Shukrona deb ism qo‘yishibdi. Aytishlaricha, bu yerlarda Shukronalar juda ko‘payib ketgan. “Toshqindan keyin tug‘ilganlarning hammasi — Shukrona. Hali bizda o‘g‘il bola tug‘ilmagani uchun, bilmadim, ularga qanday ism qo‘yishyapti ekan. Bitta sinfdagi qizlarning bari Shukronalar bo‘lmasa edi hali”, — deya bir quvonadi opa.

    Xalosboy Dilmurod o‘g‘li Ubaydullayev

    2020-yil 29-mayda tug‘ilgan

    Baxtiyor buvijonlarning yana biri — Jamila Husanboyeva o‘sha vahimali kunda oy-kuni yaqin kelinini Jizzaxga olib ketayotib, qanday xavotir olganini eslaydi.

    — Ertalab tursak, suv toshqini xabari keldi. Nima qilishni bilmay qoldik. Hech narsaga qaramay qochdik. Hamma nima g‘amda-yu, men kelinim qo‘rqqanidan yo‘lda tug‘ib qo‘ysa nima qilaman derdim. Bu toshqin sarsongarchiligi birpasda o‘tib ketsa kerak, hali tezda uyga qaytamiz, deb o‘ylabmiz. Bunchalik bo‘lishi xayolimizga ham kelmagandi. Toshqindan qochib, uyoq-buyoqlarda yurdik. Jizzaxning Paxtakor tumaniga borib, ijaraga uy topib, yashadik.

    Ayol uyidan uzoqdagi o‘y-xayollar ta’siridanmi, suv balosidan qutulganlari uchun qiz tug‘ilsa, Shukrona deb ism qo‘yamiz, deb niyat qilgan ekan. Toshqindan 28 kun o‘tib kelini o‘g‘il tug‘gan. Jamila opaning qaynotasi oila balodan xalos bo‘lgani uchun chaqaloqqa Xalos deb ism qo‘ygan. Qizig‘i, Jamila opaning o‘z otasining ismi ham Xalos ekan.

    Xalosboy Ubaydullayev.

    Xalosboy Ubaydullayev.
    Foto: “Daryo” / Shahboz Temirov

    “Shuning uchun yangam boshida biroz ikkilandilar ham”, deydi qaynukasi. “Nevaramni ko‘rib, xursandligimizdan, boshimizdan kechirganlarimiz ham esimizdan chiqdi. Endi buni o‘zim nima deb chaqirishni ham bilmayman, bobojon deb erkalayman”, — deydi opa.

    Bu oilaning uyi sementdan qurilgani uchun toshqin vaqti butkul vayron bo‘lmagan. Shuning uchun ular ta’mirlab berilgan uylariga sentabr oyida qaytgan.

    Shukrona Tohirbek qizi Temirova

    2020-yil 20-iyunda tug‘ilgan

    Insultdan so‘ng ikki yildan beri to‘shakka mixlanib qolgan Maqsuda Tuvalova nevarasiga Shukrona deb ism qo‘yayotganida nimalarni xayolidan kechirgan? Bir yil avval toshqin vaqti bolalariga uni tashlab, o‘zlari qochishlarini so‘ragan lahzalarnimikin? “Sovxozdan bekatgagacha yetaklab chiqishdi. 5-mayda kelinim shifoxonaga tushdi. Shundan so‘ng qizi tug‘ilguncha yotdi-da. Uyga keladi ikki-uch kunga. Yana mazasi bo‘lmay qaytib ketaveradi. Bular stressga tushib qoldi-da”, — deydi onaxon.

    Shukrona Temirova onasi Sarvinoz Tuvalova bilan.

    Shukrona Temirova onasi Sarvinoz Tuvalova bilan.
    Foto: “Daryo” / Shahboz Temirov

    Yangi qurilgan ko‘p qavatli uyning 1-qavatidan berilgan uy, ko‘rsatilgan yordam uchun ayol prezidentdan, davlatdan, homiylardan minnatdor.

    — Shukr, prezidentimiz televizor, xolodilnik berdi — bularimiz ham yo‘q edi. Shu menga ermak, bir joyga yotib qolgan odamga qiyin. Bergan 40 millioni davolanishga ketdi. Davlat ikki oygacha oziq-ovqat berib turdi, yaxshi insonlar yordam qilishdi, — deydi Maqsuda opa.

    Aytishicha, u yotgan karavot qo‘shnidan vaqtinchaga deb olingan ekan. O‘zining karavoti-yu ko‘rpachalari, boshqa anjomlari oqib ketgan. Ana shunday sharoitda ulg‘ayayotgan Shukrona Temirovaga onasining suti yetmaydi. Gohida “kasha” (bo‘tqa) olishga qiynalishlarini yashirishmadi.

    Ishonish qiyin, lekin bu fakt:

    Davlat xizmatlari agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, Sardoba falokatidan oldingi bir yilda — 2019-yil 1-mayidan 2020-yil 1-mayigacha bo‘lgan davrda Sardoba tumanida 12 nafar, Oqoltin tumanida 14 nafar va Mirzaobod tumanida 8 nafar — jami 34 qizaloqqa Shukrona deb ism qo‘yilgan. Toshqindan keyingi bir yilda Sardobada 17 nafar, Oqoltinda 33 nafar va Mirzaobodda 15 nafar — jami 65 nafar qizga Shukrona deb ism qo‘yilgan. “O‘g‘il bolalarga asosan Muhammadali, Muhammadziyo, Abdulloh ismlari qo‘yilgan, Shukrullo va Shukr ismlari uchramadi”, — deyiladi DXA Sirdaryo viloyati boshqarmasi Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar sho‘basi axborotida.

    Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlari Sardoba toshqinidan eng ko‘p jabr ko‘rgan hududlardir.

    Aytishlaricha, toshqin kuni ruhan aziyat chekkan ayrim ayollarning chaqaloqlari tug‘ilganidan keyin ko‘p o‘tmay vafot etgani, homila tushish holatlari bo‘lgani haqida ham gap-so‘zlar bor.

    Mualliflar: Mustahkam Tangriyorova, Musulmonbek IbrohimovSuhbatlarni matnga ko‘chirdi: Mirolim IsajonovMuharrirlar: Charos Nizomiddinova, Asror Abdunazarov

    Sardoba toshqini haqida:

    • “Sardobadanligimizni aytsak, taksichilar pul olmasdi”. Toshqindan omon qolgan Qur’on va Ziroat Mirziyoyevaning ro‘moli haqida O‘sarovlar hikoyasi
    • “Bir kunda besh marta o‘lib-tirildim”. Sardoba toshqinida qabristondagi o‘g‘illarini qutqaraman deb suvda oqib ketgan Muhammadali hikoyasi
    • Qutqarilmagan nogironlar, tug‘ilgan kunida yerga qo‘yilgan ayol, qo‘sh tobutda ketgan qo‘sha qariganlar. Sardoba toshqini qurbonlari xotirasiga
    • “Dushmanimga ham ravo ko‘rmayman!..” Sardoba falokati sabab darbadarlikni boshdan kechirgan va 1-mayni eslashni xohlamaydigan Oysafar hikoyasi
    • “Tirik qolsam boraman, bo‘lmasa rozi bo‘l”. Sardoba toshqiniga birinchilardan bo‘lib yuzma-yuz kelgan Davlat hikoyasi

    02.05.2021, 20:28   Izoh (0)   87826
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xorazmdagi dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

    02.05.2021, 20:15

    O‘zbekiston aholisi qaysi vaksina bilan ko‘proq emlanmoqda?

    02.05.2021, 19:17

    Birinchi o‘zbek kosmonavti ta’sischiligidagi kompaniyaga aloqador jinoyat ishi Tergov departamentining alohida nazoratiga olindi

    02.05.2021, 18:12

    O‘zbekistonda aprel oyi uchun “palov indeksi” e’lon qilindi

    02.05.2021, 17:33

    O‘zbekiston koronavirusning tarqalishini bartaraf etish uchun Hindistonga insonparvarlik yordamini yubordi

    02.05.2021, 16:32

    Qashqadaryoda PZR-testi natijalarini soxtalashtirgan xususiy klinika rahbari qo‘lga olindi

    02.05.2021, 15:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Sistit — bu uyat emas!


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi

     

    Tavsiya etamiz

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mask BMTni moliyalashtirishni to‘xtatishni taklif qildi

    Dunyo | 4 iyun, 00:25

    Jennifer Lopesning O‘zbekistondagi konsertiga chiptalar sotuvi qachon boshlanishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 00:00

    Li Chje Myon Janubiy Koreyaning yangi prezidenti etib saylandi

    Dunyo | 3 iyun, 23:45

    Janubiy Koreyadagi hukmron partiya rahbari saylovlardagi mag‘lubiyatini tan oldi

    Dunyo | 3 iyun, 23:38

    Andijonda haydovchining rulda chalg‘ib qolishi oqibatida 6 ta mashina to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 3 iyun, 23:30

    “Daryo” dayjesti: 3-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyun, 23:20

    Kanadadagi keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari Oydan ham narida ko‘rinmoqda

    Dunyo | 3 iyun, 23:10

    Farg‘onada 55 sotix yerni 5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.