• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Namanganning darvishi: u 30 yildan beri har kuni velosipedida shahar kezib, odamlarga mumtoz qo‘shiqlar ulashadi

    Namanganlik G‘ulomjon Tursunov 30 yildan beri har kuni velosipedda shahar kezib, odamlarga mumtoz qo‘shiqlar va xush kayfiyat ulashib kelmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    G‘ulomjon aka asli Namangan tumanining Mirishkor qishlog‘idan. O‘tgan oyda 70 yoshni qarshiladi. O‘zining aytishicha, 12 yoshidan haydovchilikka qiziqib, darslardan so‘ng traktor mingan. 7-sinfni bitirganidan keyin Chustdagi kasb-hunar bilim yurtiga yo‘llanma olib, mexanizatorlik kasbini egallagan.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Yo‘l qurilish tashkilotlarida ishladim, asfalt bosadigan texnikalarni boshqardim. 1,5 tonnadan 10 tonnalikkacha. Hozir pensiyadaman, ikkinchi guruh nogironi sifatida nafaqa olaman. Namangan shahrining Davlatobod tumanida yashayapman. Asfalt bosadigan mashinalarni minib yurgan paytlarimdan musiqaga ishqiboz edim, pensiyaga chiqqanimdan so‘ng bu qiziqish yanada avj oldi. Velosipedga magnitofon va ovoz kuchaytirgich qo‘yib, shahar aylanishni boshlaganimga ham 30 yilcha bo‘lib qoldi. Har kuni 10-15 kilometr yo‘l bosaman”, — deydi qahramonimiz.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    G‘ulomjon Mansurovning fonotekasidan faqat mumtoz qo‘shiqlar o‘rin olgan. Jo‘raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Ergash Yo‘ldoshev, Jo‘raxon Rahimov, Kamoliddin Rahimov, Nurulloh qori va Isoqjon Jo‘raxonovning qo‘shiqlari shular jumlasidan.

    “Odamlar Navoiy, Mashrab, Maxtumquli g‘azallari bilan aytiladigan qo‘shiqlarni ko‘p so‘rashadi. O‘zimga qolsa hofizlar ichida Kamoliddin Rahimovga yetadigani yo‘q. Ayniqsa, ‘Nargis’, ‘So‘zoniman’ degan qo‘shiqlarini yaxshi ko‘raman. O‘zlari bilan ikki marta uchrashganman. Olijanob inson edilar, kibrlari yo‘q edi. Bo‘lmasa mendek oddiy asfalt bosuvchi bilan gaplashib o‘tirarmidi?” — deydi u.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Otaning aytishicha, uni devona bilib, shunga yarasha muomala qiladigan yoki sadaqa berib ketadiganlar ham uchrab turadi.

    “Alloh yo‘lida berishsa olaman, hazil-mazax uchun tutqazishsa ketvoraman. Ustimdan kuladiganlarga ‘sizlarning boshingizga men ko‘rgan savdolar tushmagan’ deb qo‘yaman. Odamlar zo‘r qo‘shiqlarni eshitib maza qilsin, diqqatchilik bo‘lmasin! Ilgari kanal qurilishlariga Mukarrama Turg‘unboyeva, Ma’murjon Uzoqovlar borib, hammani bahri-dilini ochishgan-ku, hozir buning nimasi yomon? O‘zi shundoq ham ayangiz har kuni ‘bo‘ldi, ko‘chaga chiqmang, uyda o‘tiring’ deydi. Harakat qilay, qon aylansin, sog‘lom yuray deb chiqib ketaman. Tong sahardan to xuftongacha velosipedimdagi ovoz kuchaytirgich orqali ashula qo‘yib, Namangan shahrini kezib yuraman. Shunga o‘rgangan bo‘lsam nima qilay?” — deydi G‘ulomjon ota.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Qahramonimiz turmush o‘rtog‘i Tatyana Bastaxanova bilan Davlatobod tumanining “Umid” mahallasidagi sobiq uy-joy kombinatining oilaviy yotoqxonasida istiqomat qiladi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “G‘ulomjon akangiz bilan 35 yildan beri birgamiz. Oramizda ikki yosh farq bor. Uni ham, meni ham ikkinchi turmushimiz. Ikki farzandim — Irina va Dmitriyni o‘z bolalaridek ko‘radi. 3 nafar nabiramiz, ikki evaramiz bor. O‘zining ikki farzandi yoshligida vafot etgan. U harbiy xizmatni Moskvada, qurilish batalyonida o‘tagan. Armiyada yurgan paytlari binoning to‘sini qulab, yonidagi xizmatdoshi halok bo‘lgan, o‘zi esa boshidan qattiq jarohat olgan. Shu sabab ikkinchi guruh nogironi sifatida pensiyaga chiqqan. U 500 ming, men 800 ming so‘m pensiya olamiz. Umurtqa churrasi, poliartit kasalliklarini orttirib olganman, ba’zan dori-darmonga pulimiz yetmaydi. Yaxshi ham ijtimoiy ta’minot xodimlari bor, shular kelib, jonimizga oro kirib turadi. ‘Bo‘ldi, ko‘chaga chiqmang, yoshingiz 70 dan oshdi axir’, deb ko‘p koyiyman. Xo‘p deydi, lekin quloq solmaydi. Karantinda zo‘rg‘a 2 oy hech qayerga chiqmay sabr qilib o‘tirdi. Kimdir unga yangi velosiped olib beraman deb va’da qilgan ekan, hali ham kutadi bechora”, — deydi Tatyana opa.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Darhaqiqat, G‘ulomjon otaning orzu-niyatlari o‘zi kabi sodda va jo‘n ekan. Buzilaverib bezor qilgan velosipedimni yangilasam, magnitofonni yaxshirog‘iga alishtirsam deydi. Shunda ko‘proq joylarni kezishi, qo‘yadigan qo‘shiqlari esa yanada tarovatli va jarangdor bo‘lishiga ishonadi. Uning bu niyatlari tez orada ushaladi, degan umiddamiz.

    03.05.2021, 06:11   Izoh (0)   34618
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sardoba fojiasidan so‘ng toshqin hududida qizlarga Shukrona deb ism qo‘yish holatlari ko‘paydi

    02.05.2021, 23:21

    “Sovet davlati bayrog‘i Toshkentning qoq markazida baland ko‘tarilishi o‘zbek xalqiga nisbatan haqorat” — Alisher Qodirov

    02.05.2021, 22:58

    “Sinfdosh qizlarning bari Shukrona bo‘lmasa edi hali”. Taqdiriga Sardoba suv toshqini ta’sir ko‘rsatgan chaqaloqlar

    02.05.2021, 20:28

    Xorazmdagi dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

    02.05.2021, 20:15

    O‘zbekiston aholisi qaysi vaksina bilan ko‘proq emlanmoqda?

    02.05.2021, 19:17

    Birinchi o‘zbek kosmonavti ta’sischiligidagi kompaniyaga aloqador jinoyat ishi Tergov departamentining alohida nazoratiga olindi

    02.05.2021, 18:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston tovarlari uchun Pokiston portida maxsus ombor tashkil etilishi mumkin

    O‘zbekiston | 29 iyun, 09:00

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” “Benfika”ni yirik hisobda mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi (video)

    Sport | 29 iyun, 08:35

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Botafogo”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 28 iyun, 23:48

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.