• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda aqli zaif bolaning maxsus maktab xodimi tomonidan kaltaklangani TV jurnalisti orqali inkor etildi. Holbuki tibbiy ekspertiza bolaning kaltaklanganini tasdiqladi

    Andijon shahrida yashovchi fuqaro Zuhra Qayumova hududdagi 13-sonli aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida farzandi muassasa tarbiyachisi tomonidan kaltaklanganini ma’lum qilgandi. “Daryo” muxbiri holatga aniqlik kiritgach, bu haqda jurnalistik surishtiruv ham e’lon qilingandi.

    Maqolada murojaatchi farzandining tug‘ma nogiron ekanligini, o‘qituvchi va tarbiyachilari farzandi ustidan doimiy shikoyat qilib kelishi, shu kunga qadar kunora farzandining turli joylari ko‘karib borgan bo‘lsa-da, hech kimga e’tiroz qilmagani, lekin so‘nggi marotaba maktabdan olib ketganida bolasining ikkala qo‘li va badanining ayrim qismlari ko‘karib ketgani, bu bo‘yicha profilaktika inspektori va maktab ma’muriyatiga chora ko‘rishini so‘rab murojaat qilgani, biroq hech kim bu masala bo‘yicha jiddiy shug‘ullanmaganligini ta’kidlagandi.

    Mazkur surishtiruv ortidan 2021-yilning 19-aprel kuni “Sevimli” kanalining “Zamon” informatsion dasturi orqali “Da’vo tasdiqlanmadi” deya telelavha efirga uzatildi.

    Lavhada “Sevimli” muxbiri holatni o‘rganish maqsadida maktabga borganligini, o‘sha kungi holat yuzasidan maktab ma’muriyati bilan suhbatlashilganligi, tarbiyachiga chora ko‘rilganligi ta’kidlanadi.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashishdan bosh tortgan tarbiyachi “Sevimli” muxbiriga onaning da’vosi aqliga sig‘dira olmasligini bildirgan.

    “Muassasadagi barcha xodimlar bolalarni yaxshi ko‘ramiz. Bu yerda ishlashdan oldin bolani psixikasini bilish kerakligi doimiy o‘rgatiladi. Bolani turtkilash yoki urish.... Eshitib o‘zim ham hayron qoldim. Bu da’volar aqlga sig‘maydi”, — deydi Saida Qoraboyeva.

    Lavhada B.M.ning onasi intervyu berishdan bosh tortganligini qayd etib, maktabga farzandlarini olish uchun kelgan boshqa ota-onalari bilan suhbatlashganini ko‘rish mumkin.

    Zuhra Qayumova lavha efirga uzatilgan kunda unga mazkur holat yuzasidan hech kim qo‘ng‘iroq qilmaganligini, farzandini maktabdan olib ketish uchun borganida ham hech qanday jurnalistlarga ko‘zi tushmaganligini aytmoqda.

    “Lavhada muxbir qiz meni intervyu berishdan bosh tortganimni aytdi. To‘g‘risi shuni eshitib, o‘zimga kelolmayapman. Axir men u bilan uchrashmagan bo‘lsam. Bundan tashqari saytda maqola chiqqandan so‘ng menga hech kim qo‘ng‘iroq qilmagan va holat yuzasidan hech narsa so‘ramagan bo‘lsa, qanday qilib ular bilan suhbatlashishdan bosh tortaman. Aloqaga chiqishgan bo‘lganida maktabga borolmasam ham telefon orqali hammasini tushuntirib berardim. Biz ishongan ‘Zamon’dagilarning faqat bir tomonni eshitgani juda ham qiziq?”, — deydi Zuhra Qayumova.

    Andijon viloyat xalq ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati xodimi Umarxo‘ja Madaminov “Zamon” muxbiriga tibbiy ekspertiza xulosasi yo‘qligi sababli tarbiyachiga hech qanday chora ko‘rilmasligini aytgan.

    “Ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan xabarlarga shuni bildirib o‘tamizki, haqiqatan o‘qituvchi bolaga tan jarohati yetkazgan bo‘lganida tibbiy ekspertiza xulosasini berishgan bo‘lardi. Biroq hanuzgacha bolaning onasi ekspertiza xulosasi bo‘yicha hech qanday ma’lumot bermadi. Agarda haqiqatan tan jarohati yetkazilgan bo‘lsa, isbotlovchi ma’lumotlarni taqdim etadigan bo‘lsa, har qanday holatda xodimga chora ko‘rishga tayyormiz. Lekin mana oradan bir yarim oy o‘tgan bo‘lsa-da qo‘limizda asosli hujjat yo‘q”,— deydi Umarxo‘ja Madaminov.

    Qayumovaning aytishicha, profilaktika inspektori sud-tibbiy ekspertizasi xulosasi kelishi bilan o‘rganish olib borib, natijasi bo‘yicha xalq ta’limi boshqarmasiga ma’lumot kiritishini bildirgan. Biroq ish yuzasidan huquq tartibot xodimi hech qanday harakatni amalga oshirmagan.

    “Ekspertiza xulosasini bersa chora ko‘ramiz, deyishyapti. Axir mana bir oydirki, shu xulosani ololmayapman. Laboratoriyaga borsam berganmiz deydi. Profilaktika inspektoriga bir necha marotaba murojaat qilsam xulosani olishimga viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga holat yuzasidan ma’lumot kiritishini aytardi. Shunda nahotki bitta ekspertiza xulosasi shuncha cho‘zilsa degan fikrlar meni qiynardi. Keyin bilsam, inspektor xulosani olgan, lekin ishni yopdi-yopdi qilgan ekan”,— deydi Zuhra Qayumova.

    “Daryo” muxbiri viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xodimlari yordamida Andijon shahar 4-son ichki ishlar bo‘limidan Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Andijon filiali tomonidan berilgan ekspertiza xulosasini olishga muvaffaq bo‘ldi.

    Ekspert xulosasida “Bolaning badanida tan jarohatlari mavjudmi, agar mavjud bo‘lsa joylashuv mexanizmi, lokalizatsiyasi va og‘irlik darajasini aniqlash?”, “Tan jarohatlari qanday buyum ta’sirida yetkazilgan?”, “Tan jarohatlari yiqilib tushishi yoki o‘ziga o‘zi yetkazishi oqibatida olishi mumkinmi?” kabi savollarga javob berilgan.

    Xulosada 2021-yilning 2-mart kuni soat 11:20 da filialning ambulatoriya xonasida bola sud tibbiy ekspertizadan o‘tkazilganligi, u bilan suhbatlashmoqchi bo‘linganida muloqotga kirisha olmaganligi qayd qilingan. Shuningdek, ko‘rik vaqtida o‘ng yelka tashqi yuqori sohasida oval shaklda, 3,5x2,5, 2,1,4 va 1,x1,2 sm, chap yelka tashqi yuqori sohada oval shaklda 3x2 sm o‘lchamda qontalashlar borligi aniqlanganligi bildirilgan.

    Ekspert S.Zuhritdinova profilaktika inspektorining savollariga quyidagicha javob bergan:

    “Ushbu tan jarohatlari qattiq to‘mtoq buyum ta’siri natijasida yetkazilgan bo‘lib, yetkazilish muddati qarorda, ekspertizadan o‘tuvchi shaxsni onasi ko‘rsatgan vaqtga to‘g‘ri kelishi mumkin. Ushbu tan jarohatlari sog‘liqning qisqa muddatga buzilishiga olib kelmaydigan yengil tan jarohatlar ta’siriga kiradi va bu jarohatlarning davomiyligi olti kundan ortiq bo‘lmagan, tez o‘tib ketuvchi oqibatli hisoblanadi. Aniqlangan tan jarohatlarining joylashgan joyi, xususiyatiga ko‘ra jarohatni o‘ziga o‘zi yetkazish yoki o‘zi yiqilib tushishi natijasida olishi mumkinligi inkor etiladi”, — deyiladi ekspert xulosasida.

    “Hozir men ham jabrlanuvchi, ham ayblanuvchiga aylanib qolyapman. O‘zi farzandimni zo‘rg‘a, asrab-avaylab katta qilayotgan bo‘lsam, qanday qilib men uni o‘zim urib, birovga to‘nkashim mumkin. Meni birorta o‘qituvchi yoki tarbiyachilarga xusumatim yo‘q. Aksincha, nogiron farzandimga bunaqa munosabatda bo‘lganliklari uchun jahlim chiqyapti, yuragim og‘riyapti. Bugun mening bolam bilan yuz bergan bo‘lsa, ertaga boshqaning farzandiga ham bunday munosabatda bo‘lmaydi, deb kim ayta oladi? Imkoniyati cheklangan bu bolalarda nima ayb?”, — deydi Qayumova

    Zuhra Qayumovaning aytishicha, telefon orqali muloqot davomida Umarxo‘ja Madaminov “Sevimli” telekanalidagi lavhaga izoh berib, “Daryo” muxbirini ikkinchi tarafni o‘rganmasdan material tayyorlaganlikda ayblagan. Vaholanki, “Daryo”da e’lon qilingan surishtiruvda murojaat qiluvchi fuqaro bilan birga maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Gulnora Asqarova hamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Sohiba Najmiddinovalarning fikrlari eshitilgan edi.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    03.05.2021, 07:11   Izoh (0)   30475
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Sardoba toshqini oqibatlari

    03.05.2021, 06:56

    Kompensatsiya mojarosi: Yunusobod metrosidagi fojia qurbonlaridan birining yaqinlariga to‘lanishi kerak bo‘lgan tovon puli masalasini apellyatsiya tartibida ko‘rib...

    03.05.2021, 06:42

    Namanganning darvishi: u 30 yildan beri har kuni velosipedida shahar kezib, odamlarga mumtoz qo‘shiqlar ulashadi

    03.05.2021, 06:11

    Sardoba fojiasidan so‘ng toshqin hududida qizlarga Shukrona deb ism qo‘yish holatlari ko‘paydi

    02.05.2021, 23:21

    “Sovet davlati bayrog‘i Toshkentning qoq markazida baland ko‘tarilishi o‘zbek xalqiga nisbatan haqorat” — Alisher Qodirov

    02.05.2021, 22:58

    “Sinfdosh qizlarning bari Shukrona bo‘lmasa edi hali”. Taqdiriga Sardoba suv toshqini ta’sir ko‘rsatgan chaqaloqlar

    02.05.2021, 20:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.