Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston va dunyoning turli burchaklarida kamera obyektiviga muhrlangan suratlarni namoyish qilamiz.

Ayiq kameraga qarab jilmayib, uchta bolasi bilan suratga tushib berayotgandek, go‘yo. Alyaskaning Katmay milliy bog‘ida olingan oilaviy surat.

Foto: Solent News

Indoneziyaning Markaziy Yava provinsiyasi Tegal shahridagi masjidda ijtimoiy masofa saqlab namoz o‘qiyotgan musulmonlar.

Foto: Reuters

Toshkent viloyatining Yusufxona posyolkasi hududidan o‘tgan Chimyonsoyning ayrim joylarida hozirda suv qurib qolgan. U yerda aholi va tashrif buyuruvchilar tomonidan bir paytlar qoldirib ketilgan buyumlarni ko‘rish mumkin.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Armaniston bilan Tog‘li Qorabog‘ni qaytarish bo‘yicha urushda qo‘lga kiritilgan harbiy o‘ljalar bog‘i ochildi. Bog‘ ochilishida mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev ishtirok etdi. Suratda halok bo‘lgan arman askarlari shlemlari ko‘rgazmasi.

Foto: Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati

Alyaskaning Igl shahrida vaksinatsiya ishlarida yordam bergandan so‘ng muzlagan ko‘l ustidan itlari bilan o‘tib ketayotgan Stiv Robbins.

Hindistonning Xaridvar shahrida o‘tkazilayotgan ko‘zalar festivali doirasida Ganga daryosiga cho‘milish uchun tushib ketayotgan hinduiy niqob kiymoqda.

Toshkentdagi Mirzo Yusuf (Bodomzor) masjidida tarovih namozi o‘qiyotgan odamlar. Masjidga sig‘maganlar masjidga yondosh hududda namozlarini ado etmoqda. O‘zbekistonda 12-apreldan tarovih namozlarini o‘qish boshlangan.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

London meri Sodiq Xon shaharda lokdaun cheklovlari yumshatilgandan so‘ng soyabon va hassa sotadigan James Smith and Sons oilaviy do‘koniga tashrif buyurdi.

Foto: Getty Images

Malayziyaning Putrajaya shahrida Muqaddas Ramazonning yangi oyini ko‘rish uchun teleskop yonida turgan odamlar.

Foto: AFP

Toshkent shahrining Xalqlar do‘stligi maydoni yaqinidagi tunnelning bir tomonida asfaltlash ishlari ketayotgani bois tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Uch hafta oldin tunnelning Xadraga olib boruvchi yo‘li ta’mirlangandi.

Foto: “Daryo” / Dilshod Sharipov

Keniyaning Buyuk Rift vodiysida elektr toki urganidan keyin o‘lgan flamingo. Ta’kidlanishicha, yaqin atrofdagi kimyo zavodiga elektr energiyasini yetkazib beradigan elektr uzatish liniyalari mavsumiy ko‘chib yuruvchi qushlar uchun juda xavfli hisoblanadi.

Foto: EPA

Xitoyning Sujchou shahridagi stadion ishchilari Tokio—2020 Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmasi uchun o‘tkaziladigan Xitoy va Janubiy Koreya ayollar terma jamoasi o‘rtasidagi javob uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Qohira shimolidagi asosiy ko‘chada Ramazon chiroqlarini sotadigan savdo rastasi yonidan o‘tayotgan velosiped va rikshalar.

Erta soatlarda Buyuk Britaniyaning Stag-Rok shahri qirg‘og‘idagi Bamburg mayog‘i ustida ko‘rinib turgan Somon yo‘li.

Foto: PA

O‘yinchoq qurol va yog‘och tayoq ushlagan bolalar Meksikaning Gerrero shtati, Ayaxualtempa qishlog‘ida Jamiyat hokimiyati uchun mintaqaviy koordinator tomonidan uyushgan jinoyatchilik va giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi to‘dalarning zo‘ravonligiga qarshi o‘tkazilgan o‘quv namoyishida qatnashmoqda. Koordinator rahbarining fikricha, bu hukumatni ushbu hududdagi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishga chorlaydi.

Turkiyada o‘tkazilgan WAKO bo‘yicha Yevropa ochiq chempionatidan qaytgan O‘zbekiston kikboksing terma jamoasi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Musobaqa davomida sportchilar to‘rtta oltin va to‘rtta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Foto: Telegram / Rasmiy xabarlar

Sankt-Peterburgdagi “Nevskaya manufaktura” biznes markazida sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etayotgan o‘t o‘chiruvchi. Yong‘in oqibatida bir nafar o‘t o‘chiruvchi vafot etgani aytilmoqda.

Foto: “TASS”

Buyuk Britaniyaning London shahri yaqinidagi yo‘lni kesib o‘tayotgan kiyiklar.

Buyuk Britaniyaning London shahri yaqinidagi yo‘lni kesib o‘tayotgan kiyiklar.
Foto: Reuters

Keniyalik Jeyms Kiriva Nayrobida skelet shaklidagi kiyim kiyib olgan holda mahalladoshlarini koronavirus xavfi to‘g‘risida ogohlantirmoqda.

Foto: AP Photo

Toshkent shahridagi “Darhon” kafesida iftorlik qiluvchilar uchun tayyorlab qo‘yilgan bepul suv va arab xurmolari.

Toshkent shahridagi “Darhon” kafesida iftorlik qiluvchilar uchun tayyorlab qo‘yilgan bepul suv va arab xurmolari.
Foto: “Daryo” / Dilshod Sharipov

Uzumzor bo‘ylab yurgan fransuz fermeri. Fransiya uzumzorlaridagi hosilning katta qismi sovuq urishi natijasida nobud bo‘ldi.

AQShning Minnesota shtatidagi Bruklin-Senter shahrida 20 yoshli Daunt Rayt ismli qora tanli yigit 11-aprel kuni politsiyachilar tomonidan hibsga olinish paytida o‘ldirildi. Shundan so‘ng shaharda norozilik namoyishlari boshlandi va haligacha davom etmoqda.

Dronlar kosmonavtika kuni munosabati bilan Yerning birinchi sun’iy yo‘ldoshi “Sputnik 1” shaklida Rossiyaning Velikiy Novgorod kechki osmonini yoritmoqda.

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi “Zayd ibn Sobit” jome masjidida tarovih namozi o‘qishga kelgan musulmonlarga ma’ruza qilinmoqda. Musulmonlar soatlab davom etadigan tarovihda qiynalib qolmasliklari uchun oldilariga ichimlik suvlari qo‘yib chiqilgan.

Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

Isroil janubidagi Nir-Isxak yaqinida ayiqtovon gullari ekilgan maydonni kesib o‘tayotgan askar.

Isroil janubidagi Nir-Isxak yaqinida ayiqtovon gullari ekilgan maydonni kesib o‘tayotgan askar.
Foto: Reuters

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi