Angliyaning “Manchester Siti” klubi yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida Italiyaning “Palermo” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi hisob 25-daqiqada Erling Holand tomonidan ochilgan bo‘lsa, Teyani Reyndersning 59 hamda 82-daqiqalarda kiritgan gollari “shaharliklar”ga yirik hisobdagi g‘alabani ta’minladi.
O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va ikkinchi bo‘lib boshida Ruben Diash bilan almashtirildi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
9-avgust, shanba
“Palermo” — “Manchester Siti” 0:3
Gollar: 0:1 — Holand (25), 0:2 — Reynders (59), 0:3 — Reynders (82)
Izoh (0)