Daryo

Toshkentda tarovih namozi munosabati bilan har Ramazon oqshomida qator avtobuslar yo‘nalishi o‘zgaradi

Avtobuslar 13-apreldan 12-mayga qadar soat 18:00 dan 23:00 gacha o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi

1 daqiqa o‘qish49 284 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati

Toshkent shahrida tarovih namozi munosabati bilan har Ramazon oqshomida (13-apreldan 12-mayga qadar) — soat 18:00 dan 23:00 gacha masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun yopilishi haqida xabar berilgan edi. “Toshshahartransxizmat” bu vaqt davomida avtobuslar yo‘nalishi ham o‘zgarishini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi Beshqayrag‘och ko‘chasidan Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l transport vositalari harakati uchun berkitiladi. Ushbu manzil orqali harakatlanuvchi 8T, 27, 35, 46, 53, 73, 141, 146-sonli avtobus yo‘nalishlari suratdagi ko‘chalardan harakatini davom ettiradi.

Foto: “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati

Lutfiy ko‘chasi Katta Qa’ni ko‘chasi bilan kesishmadan Katta Xirmontepa ko‘chasi bilan kesishgan yo‘lgacha transport vositalari harakati uchun berkitiladi. Ushbu manzil orqali harakatlanuvchi 13 va 56-sonli avtobus yo‘nalishlari suratdagi ko‘chalardan harakatini davom ettiradi.

Foto: “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati

Keles yo‘li ko‘chasi Noraztepa ko‘chasidan Gulsaroy ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l transport vositalari harakati uchun berkitiladi. Ushbu manzil orqali harakatlanuvchi 118 va 120-sonli avtobus yo‘nalishlari suratdagi ko‘chalardan harakatini davom ettiradi.

Foto: “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati

Al-Xorazmiy ko‘chasi Katta Qa’ni ko‘chasidan Katta Xirmontepa ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l transport vositalari harakati uchun berkitiladi. Ushbu manzil orqali harakatlanuvchi 17T-sonli avtobus yo‘nalishi suratdagi ko‘chalardan harakatini davom ettiradi.

Foto: “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati
Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar