Bolgariyaning Sozopol shahridagi Kavatsite sohilida 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi J.M. suvda cho‘kib vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fojia 7-avgust kuni ukrainalik qizni cho‘kishdan qutqarishga harakat qilish jarayonida sodir bo‘lgan. Yigit kuchli to‘lqinlar ta’sirida nazoratni yo‘qotgan va suv ostidagi yirik qoyatoshlar orasiga qisilib qolgan.
9-avgust kuni J.M.ning jasadi Bolgariya Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmatlari tomonidan suv ostidagi qoyatoshlar orasidan olib chiqildi.
Hozirda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Bolgariyadagi Faxriy konsullik bilan hamkorlikda marhumning jasadini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rmoqda.
Izoh (0)