Italiya hukumati bilan erishilgan kelishuvlar doirasida o‘zbekistonlik hamshiralar uchun Milan shahri klinikalarida ishlash imkoniyati yaratildi.

Nomzodlarga quyidagilar taklif qilinmoqda:
- 3 oylik stajirovka (keyin to‘liq muddatli mehnat shartnomasi imzolash taklifi);
- 1200–1500 yevro oylik maosh
- bepul turar joy, tushlik va italyan tili kurslari;
- yengil ish grafigi va qulay shartlar.
Stajirovka yakunida hamshiralar bilan 1800–2200 yevro maoshli shartnoma tuzish yoki avvalgi ish o‘rniga qaytarish bo‘yicha taklif beriladi.
Ishga 20–45 yoshlardagi sog‘lom va xorijga chiqishga cheklovi yo‘q fuqarolar qabul qilinadi. Nomzodlar oliy hamshiralik ishi bo‘yicha oliy ma’lumotl, 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Arizalar quyidagi havola orqali 15-avgustgacha qabul qilinadi. Birinchi bosqichda 10 ta nomzod tanlab olinadi.
Batafsil ma’lumotni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi telefon raqamiga ( +99871 202 33 55) qo‘ng‘iroq qilib olish mumkin.
O‘zbekistonlik hamshiralar Germaniyaga 60 ta ish o‘rniga taklif qilingandi. Nafaqat hamshiralar, balki istalgan yo‘nalishdagi o‘zbekistonlik o‘rta tibbiyot xodimlari ishlashi mumkin.
Izoh (0)