Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoroda tadbirkorning 23,6 million so‘m pulini o‘tkazib berish evaziga 2,3 million so‘m olgan mansabdor ushlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi Buxoro shahar bo‘limi boshlig‘i S.X. “A.O.” MChJ rahbarining ishonchiga kirib, shahardagi ko‘p qavatli uylarda bajarilgan ta’mirlash ishlari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 23,6 million so‘mni jamiyat hisob-raqamiga o‘tkazib berish evaziga 2,3 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan.

Pullarni olayotgan vaqtida departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Buxoroda tezroq kredit olish uchun bank boshqaruvchisiga 100 dollar pora bergan fuqaro jinoyat ustida qo‘lga olingani, Surxondaryoda 10 million so‘m evaziga er-xotin ajrimini tezlashtirishni va’da qilgan soxta advokat ushlangani, Toshkent viloyati “SES” bo‘lim mudirlari 400 dollar pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Dunyo Rossiyaning Xitoy tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan taktikasiga aldanmasligi kerak”. AQSH Davlat departamenti Si Szinpinning Moskvaga tashrifiga munosabat
Mahalliy
Jizzaxda YPX xodimlari formasida vayn ishlagan ikki erkak javobgarlikka tortilgani noqonuniy deb topildi
Mahalliy
Doshqozonlardagi sumalak, 40 qozondagi osh, tandirdan uzilgan ko‘k somsa: Farg‘onadagi Navro‘z tantanalari — suratlarda