• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.19
    • RUB155.71
    • EUR14597.97
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Marhum turkolog olim Andrey Kubatinga nisbatan tergov vaqtida jismoniy yoki ruhiy tazyiq o‘tkazilmagan deb topildi

    Bosh prokuratura marhum turkolog olim Andrey Kubatinga nisbatan DXX xodimlari tomonidan jismoniy yoki ruhiy tazyiq o‘tkazilmagan deb topdi.

    Foto: Facebook / Andrey Kubatin

    Foto: Facebook / Andrey Kubatin

    Marhumning opasi Klara Saxarova O‘zbekiston Prezidentiga shikoyat yo‘llagan bo‘lib, u o‘z shikoyatida 2017-yil 25-martida Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ukasi Andrey Kubatinga nisbatan Jinoyat kodeksining 157-moddasi (davlatga xoinlik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov davomida Kubatinga DXX xodimlari tomonidan ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazilishi natijasida u o‘zi sodir qilmagan jinoyatiga iqror bo‘lganini qayd etgan.

    Andrey Kubatin 2017-yil 1-dekabrda esa Respublika Harbiy sudi hukmiga asosan Jinoyat kodeksining 157-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

    Shuningdek, shikoyatda Klara Saxarova Andrey Kubatin 2019-yil 26-sentabrda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi tomonidan oqlanib, ozodlikka chiqarilgani, 2020-yilda esa u koronavirus bilan kasallanib, 2020-yil 27-oktabr kuni vafot etganini ta’kidlab, ukasiga nisbatan tergov jarayonida ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazgan DXX xodimlari harakatlariga qonuniy baho berishni so‘ragan.

    Bosh prokuraturaning aniqlashicha, mazkur murojaat yuzasidan 2021-yil 9-fevral kuni DXX tergov boshqarmasi tomonidan ushbu tergov harakatlarida qatnashgan DXX xodimlari harakatlari qonuniyligini har tomonlama o‘rganib chiqish maqsadida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

    Ish materialaridan ma’lum bo‘lishicha, Andrey Kubatin 2017-yilning 10-aprelidan 2017-yil 14-sentabrga qadar tergov hibsxonasida saqlangan.

    “Hibsxonaga joylashtirish va chiqib ketayotgan vaqtida uning badanida jismoniy jarohatlar kuzatilmagan, u sog‘lig‘i bo‘yicha hech qanday shikoyat bilan murojaat qilmagan va uning sog‘lig‘i, ruhiy holati mutaxassislar tomonidan ijobiy baholangan”, — deyiladi xabarda.

    Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda ushbu jinoyat ishi qonun doirasida o‘tkazilgani hamda fuqaroga huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan hech qanday jismoniy yoki ruhiy tazyiq o‘tkazilmagani aniqlanib, natijasiga ko‘ra jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

    Ta’kidlanishicha, marhum Andrey Kubatinga nisbatan to‘plangan tergovga qadar tekshiruv materiallari O‘zbekiston Harbiy prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida o‘rganilib, jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qarorni bekor qilish uchun asoslar topilmagan.

    Avvarlroq marhum turkolog Andrey Kubatin qamoqda qattiq qiynoqlarga solingani hamda sud marhum olim Andrey Kubatinning oilasiga kompensatsiya undirish to‘g‘risidagi da’voni rad etgani haqida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: Bosh prokuratura turkolog olim Andrey Kubatinning o‘limi bo‘yicha jinoiy ish ochishni rad etdi

    13.04.2021, 11:13   Izoh (0)   23309
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 177 kishida koronavirus aniqlandi

    13.04.2021, 10:23

    Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Termizda sezildi

    13.04.2021, 09:54

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 200 mingdan oshdi

    13.04.2021, 09:39

    Konimexliklarning Prezidentdan masjid qurish bo‘yicha iltimosi oradan ikki yil o‘tib amalga oshdi

    13.04.2021, 08:54

    O‘zbekistonda hayvonlar uchun COVID-19 vaksinasi sinovdan o‘tkaziladi

    13.04.2021, 08:31

    Farg‘onada ikki nafar Tojikiston fuqarosidan tanishining qarzini berishni talab qilib, ularni o‘ldirish bilan qo‘rqitgan shaxslar ushlandi

    13.04.2021, 08:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    “Egasiz ayollar migrant bo‘ladi” — “Rakurs” podkastining navbatdagi suhbatdoshi 16 yildan beri muhojirlikda yashayotgan jurnalist Sohiba Hayot

    18 avgust, 21:35

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jizzax ko‘chalarida drift qilib, qoidalarni buzgan haydovchilar javobgarlikka tortildi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 00:10

    “Tramp bilan uchrashuvdan oldin NATO va Yevropa rahbarlari bilan pozitsiyalarni muvofiqlashtirdik” — Zelenskiy

    Dunyo | 18 avgust, 23:55

    Google Avstraliyaning monopoliyaga qarshi qonunlarini buzgani uchun 30 mln yevro jarimaga tortildi

    Dunyo | 18 avgust, 23:40

    Xitoyda qishloq aholisi va sayyohlar to‘rt soatdan ortiq mashina kalitini o‘g‘irlagan sug‘urni qidirishdi

    Dunyo | 18 avgust, 23:25

    Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i atrofida 12 ta mehmonxona qurildi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 23:09

    Xitoydan O‘zbekistonga spirtli ichimliklarning 2,5 mln dona qalbaki aksiz markasini olib kirayotganlar ushlandi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 23:01

    Chexiya Yevropa Ittifoqida tezlikni 150 km/soatgacha cheklaydigan birinchi davlatga aylanishi mumkin

    Dunyo | 18 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.