Afg‘onistonda 13-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:28 da zilzila qayd etildi, deya xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Xabar berilishicha, Zilzila episentri Toshkent shahridan 587 kilometr janubi-g‘arbiy yo‘nalishdagi masofada joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 78 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 4,5 ballga teng bo‘lgan.
Yerosti silkinishlari kuchi Termizda 2 ballni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, mart boshlarida O‘zbekistonda bir kunda ikki bor zilzila kuzatilgani, Toshkentda yer osti silkinishlari kuchi 4 ballni tashkil etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)