• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Xalqaro kosmonavtika kuni. 12 aprel — kosmik eraga eshik ochgan sana

    Yuriy Gagarin nomini eshitmagan, uning kim ekanini bilmaydigan odam sayyoramizda juda kam bo‘lsa kerak. Ayrim manbalar birinchi fazogir parvozini hatto XX asrning eng muhim hodisasi deb ham hisoblaydi. Ha, shubhasiz, 1961-yilning 12-aprelida nafaqat XX asrning, balki butun insoniyat sivilizatsiyasi tarixining eng muhim voqealaridan biri sodir bo‘lgan edi. O‘sha kuni insoniyat Gagarin timsolida, tom ma’noda koinotga narvon qo‘ydi. “Daryo” sana munosabati bilan tarixning mazkur daqiqalariga qaytadi.

    Oddiy duradgor usta va fermada sut sog‘uvchi bo‘lib ishlaydigan ayolning o‘g‘li bo‘lgan Yuriy Gagarin 1934-yilning 9-martida Gjatsk shahrida tug‘ilgan. Kosmonavtlar otryadiga qabul qilinguniga qadar harbiy uchuvchi bo‘lgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Birinchi kosmik parvoz loyihasining bosh konstruktori — akademik Korolyovning tavsiyasiga binoan ilk fazoviy parvozda uchish uchun nomzodlar aynan harbiy uchuvchilar ichidan saralangan edi. Gagarin avvaliga 20 nafar, keyin esa 6 nafar eng munosib, jismonan chiniqqan va ruhan barqaror harbiy uchuvchilar safida Boyqo‘ng‘irdagi startga tayyorlana boshlagan. O‘sha yakuniy 6 nafar nomzod ichidan hali kim eng birinchi bo‘lishi tanlanmagan paytda, startdan naq to‘qqiz oy ilgari Korolyov bo‘lajak kosmik kemada fazogir joylashadigan sharsimon kapsula bilan tanishish uchun ularni sinov maydonchasiga taklif qilgan. Diametri ikki yarim metrcha keladigan bu metall kabinani ko‘zdan kechirishga kelganlar ichida ham, unga birinchi bo‘lib chiqib, o‘tirib joylashib ko‘rgan odam Gagarin bo‘lgan ekan. Balki, katta ehtimol bilan aynan shu narsa Korolyovning aynan uni tanlashi uchun asos bo‘lgandir. Har holda ushbu ilk parvoz (noma’lum tarafga) mavhumlik qo‘yniga uchish bo‘lib, albatta, Gagarin buning mohiyatini yaxshi anglagan. Uning parvozigacha bo‘lgan shunday kemalar bilan o‘tkazilgan sinovlardan yettitasidan uchtasidagina parvoz muvaffaqiyatli chiqqani ham unga yaxshi ma’lum edi. Odam tanasi vaznsizlikka chiday oladimi, uning ruhiyatiga kosmos qanday ta’sir qiladi? Qo‘nish chog‘idagi yuklamalarni organizm ko‘tara oladimi? Bu va bu kabi savollar, tayinki, hali javobi yo‘q savollar edi va aynan Gagarin ularni o‘z tanasida sinab ko‘rishi kerak edi. Shu sababli, aslida, “bir tarafga chipta” bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan ushbu parvozga Gagarin psixoemotsional jihatdan ham qattiq tayyorgarlik ko‘rgani aniq. U parvozning yakuni qanday bo‘lishini bilmagani tufayli hatto xotini uchun vasiyatnoma ham yozib qoldirgan.

    Nihoyat, o‘sha muhim, hal qiluvchi daqiqa keldi va bortida aviatsiya katta leytenanti Yuriy Alekseyevich Gagarin o‘tirgan “Vostok-1” kosmik kemasi mahalliy vaqt bilan tonggi 09:07 da Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan koinotga parvozga chiqdi. “Kedr” chaqiruv nomi bilan bortdan javob bergan Gagarinning start paytidagi — “Poyexali!” xitobi bilan tarixiy parvoz boshlangan. U o‘zi o‘tirgan kosmik kemada soatiga, taxminan, 28 km tezlik bilan yerdan 302 km balandlikda uchgan va sayyoramiz atrofini 108 bora aylanib chiqib, soat 10:55 da Rossiyaning Saratov viloyati hududiga omon-eson kelib qo‘ndi. Albatta, bu shubhasiz, bag‘oyat ulkan tarixiy voqea, mislsiz texnik yutuq edi. Gagarin, ta’bir joiz bo‘lsa, odamzot uchun koinot eshigini ochib berdi va tom ma’noda, haqiqiy kosmik erani boshlab berdi. U sayyoramizni hali hech ko‘rmagan rakursdan, yaxlit holatda ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan eng birinchi odamga aylandi. O‘shandan buyon bu sana dunyoning ko‘plab mamlakatlarida kosmonavtika kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Bugun esa ushbu tarixiy sana borasida o‘ziga xos katta bayram kuni hamdir. Axir, birinchi kosmonavt parvoziga bugun roppa-rosa 60 yil to‘ldi.

    Bu o‘tgan vaqt ichida dunyoning qirqqa yaqin mamlakatidan 400 dan ziyod fazogir u yoki bu muddatga fazoga uchib qaytgan va aytish joizki, har bir kosmonavt o‘sha Gagarin ochib bergan eshik orqali koinotga chiqmoqda. 2011-yildan e’tiboran esa BMTning maxsus rezolyutsiyasi orqali butun dunyo mamlakatlarida ushbu sana Xalqaro bayram kuni sifatida nishonlanmoqda.

    12.04.2021, 23:10   Izoh (0)   43917
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Donald Tramp koronavirusga qarshi vaksinaga o‘z nomini berishni taklif qildi

    12.04.2021, 19:58

    Hindiston koronavirus yuqtirganlar soni bo‘yicha dunyoda 2-o‘ringa chiqdi. Mamlakat COVID-19’ni davolovchi “Remdesivir” dorisini eksport qilishni to‘xtatdi

    12.04.2021, 19:11

    AQShda yana bir qora tanli erkak hibsga olinish chog‘ida politsiya tomonidan o‘ldirilgach, yangi namoyishlar boshlandi

    12.04.2021, 18:35

    Gruziyada koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlandi, Germaniyada COVID-19’ga chalinganlar soni 3 milliondan oshdi, Pfizer vaksinasi keskin qimmatlashdi. Koronaxa...

    12.04.2021, 17:13

    Xitoy o‘zining koronavirusga qarshi vaksinalari samaradorligi past ekanini tan oldi

    12.04.2021, 16:11

    Anqaradagi kursi bilan bog‘liq voqea tufayli Yevropa Kengashi rahbarining iste’fosi talab qilinmoqda

    12.04.2021, 15:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Sistit — bu uyat emas!


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatidagi tezkor tadbirlarda qariyb 40 kg giyohvandlik vositasi, 30 dona qurol, 1,6 mingta tig‘li jism aniqlandi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 06:20

    Nigeriyada suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar 151 kishiga yetdi

    Dunyo | 1 iyun, 00:10

    BMT yadro agentligi: Eron uran zaxiralarini ko‘paytirmoqda

    Dunyo | 31 may, 23:50

    Jizzaxda 667 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:35

    Kelgusi hafta avvalida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:10

    Yomg‘ir suvini elektr energiyasiga aylantirish yo‘li topildi

    Dunyo | 31 may, 22:55

    Bolalar ombudsmani Magic City’da suitsid sahnasi namoyish etilgani yuzasidan izoh berdi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:35

    Namangan va Toshkentda yarim mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.