Dunyoning turli burchaklarida 30-mart kuni olingan fotosuratlar to‘plamini taqdim etamiz.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanga venger yozuvchisi Yanosh Aronning o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Ajoyib ohuning hikoyati” asarini sovg‘a qildi. Ushbu asar so‘zboshisini Shavkat Mirziyoyevning o‘zi yozgan.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Buyuk Britaniyada bolalar Elephant Family xalqaro xayriya tashkiloti tomonidan yaratilgan va Glostershirdagi Sudeley Castle maydonida namoyish etilgan, real o‘lchamdagi yog‘och fillar atrofida o‘ynamoqda. 30 dan ortiq qo‘lda ishlangan yog‘och fillar olti hafta davomida ushbu maydonda bo‘lib, may oyining oxirida Londondagi Qirollik bog‘lariga jo‘natiladi.
Foto: PA
Jakartadagi Seaworld okeanariumida quyon kostyumlarini kiygan g‘avvoslar Pasxa bayramini nishonlash va odamlarni atrof-muhitni muhofaza qilishga chorlab chiqish qildi.
Foto: Getty Images
Vashingtondagi Vyetnam urushi faxriylari yodgorligida AQSh prezidenti Jo Bayden va birinchi xonim Jil Baydenning aksi.
Foto: Shutterstock
Mavzuga doir: Jo Bayden Kim Chen In bilan uchrashmoqchi emas — Oq uy
Myanmadagi qishloq aholisi mamlakatning sharqiy qismida joylashgan Karen shtatidagi o‘rmonda hokimiyatni qo‘lga olgan harbiylarning havo hujumidan himoyalanmoqda. Myanma harbiylari Qurolli Kuchlar kunini nishonlagan 27-mart kuni turli shaharlar aholisi harbiy diktaturaga qarshi norozilik bildirib, ko‘chalarga chiqqan. Harbiylar mamlakatning 40 dan ortiq shaharlarida namoyishchilarga qarshi qurol qo‘llagan. O‘sha kungi ma’lumotlarga ko‘ra, harbiylar tomonidan 114 kishi o‘ldirilgan.
Foto: Getty Images
Mavzuga doir: Myanmadagi harbiylar mamlakat boshqaruvini saylovlar yangidan o‘tkazilganidan keyin topshirishni va’da qildi
Yaqinda Somersbi shahriga olib kelingan 10 ta alligatordan biri Avstraliya reptiliya bog‘iga qo‘yib yuborildi. Shu bilan bog‘dagi amerika alligatorlari soni 55 taga yetdi. Bu Avstraliyadagi alligatorlarning eng katta populatsiyasi hisoblanadi.
Foto: Avstraliya reptiliya bog‘i
Shveysariya politsiyasi Mormont karyerini kengaytirishga to‘sqinlik qilmoqchi bo‘lgan namoyishchilarni tarqatish bo‘yicha operatsiya boshlaganda, namoyishchilardan biri pirotexnika vositasidan foydalandi.
Foto: EPA
Mavzuga doir: 2021-yil bahor va yoz mavsumida urfga kiradigan sumkalar
Vashingtonga kelgan sayyoh National Mall bog‘idagi gullarga ishora qilmoqda. Oq uy, Vashington monumenti, Linkoln yodgorligi hamda boshqa ko‘plab mashhur binolar joylashgan ushbu bog‘ga har yili o‘rtacha 25 million sayyoh tashrif buyuradi.
Foto: Reuters
Surxondaryo viloyati Termiz temiryo‘l vokzalida muddatli harbiy xizmatning belginlangan muddatini o‘tab bo‘lgan askarlarni kutib olish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Foto: Mudofaa vazirligi
El-Paso shahriga Gondurasdan kelgan muhojir ona va uning o‘g‘li Texasdagi AQSh chegara xizmati agentligidan boshpana so‘rash uchun piyoda ketmoqda. Qo‘shma Shtatlarda migratsiya muammosi tobora og‘irlashmoqda. Fevral oyida Meksika bilan chegarada 2019-yil iyunidan buyon rekord ko‘rsatkichda — qariyb 100 ming kishi qo‘lga olingan. AQSh prezidenti Jo Bayden tomonidan Tramp kiritgan noqonuniy immigratsiyaga qarshi choralarning bekor qilinishi migratsiya oqimining keskin o‘sishiga turtki bo‘ldi.
Foto: Reuters
Mavzuga doir: Tramp Baydenga Meksika chegarasidagi devor qurilishini oxiriga yetkazishni taklif qildi
Bangkokdagi hukumat uyi yonida hibsga olingan namoyish rahbarlarini ozod qilish va Jinoyat kodeksining 112-moddasini (qirol, malika yoki valiahdni obro‘sizlantirish, haqorat qilish yoki ularga tahdid qilish) bekor qilishni talab qilgan namoyishchilar politsiya oldida 3 ta barmog‘ini ko‘rsatib, yotib oldi.
Foto: Reuters
Keniyaning Nayrobi shahrida COVID-19 bilan kasallanish holatlari ko‘payishi va tarqalishiga qarshi kurash choralari doirasida joriy qilingan komendantlik soati — soat 20:00 gacha o‘z uyi yaqinida meva va sabzavot sotayotgan bola.
Foto: Getty Images
AQSh Milliy talabalar yengil atletika assotsiatsiyasining Elite Eight turnirida Arkansas Razorbacks jamoasiga qarshi o‘ynayotgan Baylor Bears hujumchisi Jonatan Chamua Chatchua birinchi bo‘limda to‘pni savatga tushirmoqda.
Foto: Reuters
Falastinlik namoyishchi Isroil tomonidan bosib olingan G‘arbiy sohilning Nablus yaqinidagi Sebastiya shahrida Yer kuni namoyishi paytida Isroil chegarachisi bilan janjallashmoqda.
Foto: Reuters
Nihang Sikx jangchisi Nyu-Dehli yaqinidagi Singhu chegarasida fermerlik to‘g‘risidagi qonunlarga qarshi norozilik namoyishi bo‘lgan joyda jang san’atining an’anaviy shakli bo‘lgan gathani ijro etmoqda.
Foto: Reuters
Mavzuga doir: Mumbaydagi koronavirus bemorlari davolanayotgan shifoxonada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
Suvaysh kanalini dunyodagi eng katta konteyner tashuvchi kemalaridan biri bo‘lgan Ever Given sayozlikdan chiqarilgan vaqtda misrlik erkak mamlakat bayrog‘ini silkitmoqda. 29-mart kuni Suvaysh kanalini to‘sib qo‘ygan Ever Given kemasi sayozlikdan chiqarildi. Kemani sayozlikdan chiqarish uchun 27 ming metr kub qum qazib olindi. Kemalar yo‘lining to‘sib qo‘yilishi jahon savdosiga soatiga 400 million dollarga tushayotgan edi. Ever Given jami 6 kun Suvaysh kanalini to‘sib turdi. Kanalda kemalar harakati 1-aprel kuni tiklanishi ma’lum qilingan.
Foto: Reuters
Ispaniyaning Gran Kanariya oroli janubidagi Arginegin portida muhojir go‘dak Ispaniya qirg‘oq xavfsizligi kemasiga olib o‘tilmoqda.
Foto: Reuters
Ispaniyaning Jirona viloyatida yana ikki metrli metall monolit paydo bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, 18-noyabr kuni AQShning Yuta shtatida hamda 26-noyabr kuni Ruminiya shimolida tashqi ko‘rinishi bilan Stenli Kubrikning “Fazoviy sayohatnoma” filmidagiga o‘xshash uchburchak monolitlar topilgani, keyinroq ular joyidan yo‘qolib qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, 4-dekabr kuni Kaliforniyada ham yangi monolit topilgan — uni ham kim o‘rnatgani noma’lum. Keyinroq bunday monolit Buyuk Britaniyada ham topildi.
Foto: EPA
Navoiy shahri uzra suzayotgan bulutlarning shahar markazidagi Alisher Navoiy nomli xiyobonning ko‘lidagi aksi. So‘nggi kunlarda Navoiy viloyatida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida viloyatning ayrim tumanlarida toshqinlar va sellar kuzatildi. Xususan, Xatirchiga bir kecha-kunduzda 1 gektar maydonga 540 tonna suv tushgani ma’lum qilindi.
Foto: Navoiy viloyati hokimligi
Mavzuga doir: Navoiyda yog‘gan 15 daqiqalik kuchli yomg‘ir aholi ekin maydonlari va tomorqalariga zarar yetkazdi
Bangkokda o‘qituvchi Kapitan Amerika kiyimida. Bangkokdagi maktab o‘qituvchilari vaqti-vaqti bilan mashg‘ulotlar, suhbatlar va imtihonlarda noodatiy atmosfera yaratish, shuningdek, o‘quvchilarni darsga ko‘proq jalb qilish uchun anime va komiks qahramonlari kostyumlarini kiyadi.
Foto: EPA
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Sellar ichidagi O‘zbekiston, Sara Obamaning vafoti, dunyodagi eng katta qabriston. 29-mart suratlari
- Koronavirusni yenggan 99 yoshli onaxon, onlayn ta’limga qarshi bolalar, avtobusdagi Kim Chen In. 26-mart suratlari
- O‘pirilgan “Amirsoy” yo‘li, qora tuynukning ikkinchi rasmi, Fukusimada yoqilgan Olimpiada olovi. 25-mart suratlari
- Tilla qidirayotgan bolalar, 16-fevraldan beri “uxlamayotgan” Etna, qor bilan qoplangan Anqara. 24-mart suratlari
- Emlanayotgan prezident, syorfingchi echki, Chorsuning jahldor mushugi. 23-mart suratlari
- Biznes jetda uchgan Ortiqxo‘jayev, taygada dam olgan Putin, Toshkentga olib kelingan million doza vaksina. Hafta suratlari