Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 29-mart kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon va uning rafiqasini O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so‘ng Vengriya delegatsiyasi Toshkentdagi Mustaqillik maydoniga yo‘l oldi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban O‘zbekistonga ilk rasmiy tashrifini Mustaqillik maydonidan boshladi.

Oliy martabali mehmon Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Qayd etilishicha, mehmonlarga Mustaqillik maydonning mazmun-mohiyati, bu yerda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida so‘zlab berildi. Viktor Orban bu majmua o‘zbek xalqini istiqlol ruhidan kuch olib, yanada ulkan marralar sari intilishida o‘ziga xos mayoq bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Shundan so‘ng Vengriya delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

Bundan avval Qirg‘iziston bosh vaziri Toshkentga kelgani hamda Turkiya prezidenti 2021-yilda O‘zbekistonga kelishi haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi