Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Mumbaydagi Dreams Mall savdo markazida joylashgan koronavirus bemorlari davolanayotgan Sunrise Hospital shifoxonasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Times of India nashriga tayanib “Interfaks” xabar berdi.

Hindistonning Jammu hududida o‘t o‘chiruvchilar savdo markazida yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirishga urinmoqda.

Hindistonning Jammu hududida o‘t o‘chiruvchilar savdo markazida yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirishga urinmoqda.
Foto: EPA

Yong‘in 25-mart kuni kechqurun boshlangan. Shifoxonadan 76 kishi evakuatsiya qilindi, ularning 7 nafari o‘pkani sun’iy shamollatish moslamasiga ulangan edi. Keyin tongga yaqin yana bir yong‘in sodir bo‘ldi.

Shifoxona binoning uchinchi qavatida joylashgan. Shifoxona ma’muriyatining aytishicha, yong‘in do‘konlar joylashgan birinchi qavatda boshlangan, lekin tutun palatalargacha yetib kelgan. Shuningdek, aniqlangan qurbonlar orasida yong‘in boshlangunicha koronavirusdan vafot etgan bemorlar ham bor edi.

Mumbay meri Kishori Pednekar voqea yuzasidan batafsil surishtruv ishlari olib borilishiga va’da berdi. Shuningdek, u yuqumli kasalliklar shifoxonasining savdo markazida joylashganini birinchi marta ko‘rayotganini ta’kidladi.

Times of India nashrining yozishicha, 2020-yilning oktabr oyida ham Mumbayning Mulund shaharchasidagi koronavirusga chalingan bemorlar davolanayotgan yana bir shifoxonada yong‘in sodir bo‘lgan. O‘shanda ikki nafar bemor qutqaruv jarayonlarida yoki qutqarib bo‘lingach vafot etgan edi. Surishtiruv jarayonida aniqlanishicha, shifoxona chiroq o‘chib qolish ehtimoli borligi uchun eski elektrogeneratordan foydalanilgan, qurilma yetti soatlik ish natijasida qizib ketgan va yong‘in chiqqan.

Avvalroq Bangladeshning janubidagi Koks-Bazar shahrida joylashgan Baluxali roxinja qochqinlari lagerida katta yong‘in chiqib, bir necha kishi halok bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan yong‘in minglab uylarni yo‘q qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Mahmud Murodovning navbatdagi jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi
Mahalliy
“2022-yilda uy-joy narxlari ikkilamchi bozorda 28 foizga, aholi real daromadi esa 9 foizga oshdi” – Markaziy bank raisi