Sellar ichidagi O‘zbekiston, Sara Obamaning vafoti, dunyodagi eng katta qabriston. 29-mart suratlari
Dunyo bo‘ylab 29-mart kuni olingan eng sara suratlarni taqdim qilamiz.
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmatining yangi rahbari Sherzod Asadov OAV vakillari uchun o‘zining ilk brifingini o‘tkazdi.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Buyuk Britaniyaning Belfast shahrida 29-mart kuni ochilgan COVID-19’ga qarshi mintaqaviy emlash markazidagi tibbiyot xodimlari. 20-mart kuni mamlakat bosh vaziri Boris Jonson AstraZeneca kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini oldi va barchani “navbati kelishi bilan emlanish”ga chaqirdi.Foto: Reuters
Hindistonning Chennay shahrida davom etayotgan Holi festivalini nishonlash paytida rangli kukun sepilgan ayol.Foto: Reuters
Indoneziyaning Sulavesi orolidagi Makasar shahrida ikki nafar xudkush katolik cherkovi darvozasi yonida portlash uyushtirdi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 14 kishi jabrlangan. Hozircha voqea yuzasidan hech kim javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Voqeadan so‘ng politsiya tomonidan keng ko‘lamli patrullar tashkil qilinmoqda.Foto: EPA
Islandiyaning Reykyanes yarimorolida otilgan vulqon tomon ketayotgan va u yerdan qaytayotgan sayohatchilar.Foto: AFP
AQSh sobiq prezidenti Barak Obamaning o‘gay buvisi Sara Obama Keniyada 99 yoshida vafot etdi. Keniya prezidenti Uxuru Keniata Sara Obamaning vafotini millat uchun “katta zarba” deb atadi. Sara Obama 30-mart kuni musulmon odatlariga ko‘ra dafn etiladi. Suratda uning vafotini eshitgandan so‘ng yig‘layotgan keniyalik ayollar.Foto: AFP
Buxoro shahrida qurilayotgan ikki qavatli binoning bir qismi qulab tushdi. Ushbu hodisaga binoning yaqin atrofida qazish ishlari olib borilayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan.Foto: “Daryo”
AQShning Michigan shtatidagi Sharqiy Michigan universitetida jinsiy zo‘ravonlikka qarshi namoyish ishtirokchisining ryukzagidagi mushuk.Foto: Reuters
Samarqanddagi SamAuto avtomobil zavodi Isuzu rusumidagi SAZ LE60 avtobuslari partiyasini Qozog‘istonga jo‘natdi. Turkiston shahriga maxsus buyurtma — yangilangan modifikatsiyadagi 30 ta avtobus yo‘l olgan. Avtobuslarning har biri 56 yo‘lovchini sig‘dira oladi va ular elektron to‘lov tizimi, konditsioner, videokuzatuv kameralari hamda yo‘lovchilar uchun audio-axborot tizimi bilan jihozlangan.Foto: SamAuto
uzildi. Mart oyining o‘rtalarida esa mamlakatning markaziy qismi kuchli qor bo‘roni ostida qoldi." data-action="zoom" class="border lazyload" />
Ikkinchi jahon urushi vaqtida vafot etgan yigirma besh nafar Qizil Armiya askarining qoldiqlari Kaliningrad viloyatining Bagrationovskiy tumanidagi Nivenskoye qishlog‘ida tuproq qazish ishlari paytida topildi.Foto: “TASS”
Tokioda yuziga niqob taqqan odamlar qayiqda suzib, gullagan sakura daraxtini tomosha qilmoqda. An’anaga ko‘ra, sakura mart oyining ikkinchi yarmida yoki aprelning boshida gullay boshlaydi, mamlakat meteorologiya xizmatlari sakuraning janubdan shimolga tomon gullash harakati haqida kunlik hisobot berib boradi.Foto: AP Photo
Moskvadagi Tretyakov galereyasi ochilish arafasida “Ilya Repin: ma’lum va noma’lum” ko‘rgazmasiga kelgan ayollar.Foto: “TASS”
Toshkentdagi ko‘chalardan birida “zebra”dan o‘tib ketayotgan yorqin kiyimdagi soyabonli ayol. “O‘zgidromet” 29-mart kuni O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishini ma’lum qilgandi. Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Indoneziyadagi neftni qayta ishlash zavodida yuz bergan portlashni kuzatib turgan odamlar. Ma’lum qilinishicha, portlash oqibatida yigirmadan ortiq odam jarohat olgan.Foto: EPA
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkent aeroportida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan karantin qoidalariga amal qilgan tarzda qo‘llarni musht qilgan holda ko‘rishmoqda. Viktor Orbanning rasmiy tashrifi 31-martgacha davom etadi.Foto: O‘zA
Angliyada koronavirus sabab joriy qilingan cheklovlar biroz yumashtildi. Bu darhol mamlakat basseynlarida sezildi.Foto: “TASS”
Dunyodagi eng katta qabriston — 6 million qabrni o‘z ichiga olgan Iroqdagi Tinchlik vodiysining ko‘rinishi (Vodiy as-Salam). Ba’zi qabrlar uylarga, ba’zilari gumbazga, boshqalari esa masjidga o‘xshaydi.Foto: Anadolu Agency
Londonda COVID-19 sabab vafot etganlarning oilalari Temzaning janubiy qirg‘og‘ida, Sent-Tomas kasalxonasi yaqinida, parlamentga qarama-qarshi devorda “Adolat uchun o‘lganlar” nomli yodgorlik ochdi. Bu devorga ko‘ngillilar har bir marhum uchun atalgan yurakchalar suratini chizishi mumkin.Foto: The Guardian
Falastinning Deyr Sharaf shahrida kabob pishirayotgan kabobpazlar.Foto: AP Photo
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov Toshkentdagi “Milliy” stadionida Iroqqa qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng futbol muxlislari bilan selfi tushmoqda. O‘yinda O‘zbekiston Iroq termasiga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi.Foto: “Championat.asia”
Rimdagi maktabda partalarni tozalayotgan farrosh. Italiyada maktablardagi onlayn ta’limga qarshi norozilik aksiyalaridan so‘ng boshlang‘ich va o‘rta maktablar an’anaviy shakldagi o‘qishga qaytishi ma’lum bo‘ldi. O‘quvchilar 5-apreldan boshlab maktabga qaytadi. Yuqori sinf o‘quvchilari va talabalar hozircha o‘qishni onlayn davom ettiradi.Foto: EPA
Tailand poytaxti Bangkokda namoyish rahbarlarini ozod qilish va “112 lese majeste” qonunini bekor qilish talab qilingan miting vaqtida politsiya xodimlari tomonidan hibsga olingan namoyishchi.Foto: Reuters
Izoh (0)