Daryo

Tramp Baydenga Meksika chegarasidagi devor qurilishini oxiriga yetkazishni taklif qildi

Trampning fikriga ko‘ra, rasmiylar zudlik bilan devor qurilishini yakunlashi kerak

2 daqiqa o‘qish57 534 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP Photo

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati zudlik bilan Meksika chegarasidagi devorning qurilishini qayta boshlashi kerak. Bu haqda AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning sobiq matbuot kotibi Shon Spayser Twitter’ida e’lon qilingan bayonotiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Foto: AP Photo

“Biz Bayden ma’muriyatiga tarixdagi eng xavfsiz chegarani topshirganimizdan faxrlanamiz. Faqat bu uzluksiz tizimning avtopilotda ishlashiga ruxsat berilishi kerak edi. Buning o‘rniga, bir necha hafta ichida Bayden ma’muriyati milliy g‘alabani milliy falokatga aylantirdi”, — dedi Tramp.

Uning fikriga ko‘ra, yangi ma’muriyatning xatti-harakatlari odamlarning o‘limi va fojiali voqealarga, shuningdek, janubiy chegara orqali AQShga giyohvand moddalar olib kirilishiga sabab bo‘ldi. Trampning fikriga ko‘ra, rasmiylar zudlik bilan devor qurilishini yakunlashi kerak. U buni bir necha hafta ichida amalga oshirish mumkinligini ta’kidladi.

Avvalroq AQSh ichki xavfsizlik vaziri Alexandro Mayorkas CNN telekanaliga Qo‘shma Shtatlarga Markaziy Amerikadan so‘nggi 20 yil ichida rekord darajada noqonuniy muhojirlarning kelishi kutilayotganini aytgandi. Uning fikriga ko‘ra, sodir bo‘layotgan voqealarning asosiy sabablaridan biri Tramp ma’muriyatining qarori bilan noqonuniy muhojirlarni vaqtincha joylashtirish uchun infratuzilmani qisman bekor qilish bo‘lgan.

Mavzuga doir: Musulmon mamlakatlar aholisi uchun cheklov bekor qilindi, Meksika bilan chegarada esa devor qurilmaydi. Bayden prezidentlikning birinchi kuniyoq Trampning eng bahsli farmonlarini bekor qildi

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Jo Bayden sobiq prezident Donald Tramp tomonidan AQSh—Meksika chegarasidagi vaziyat munosabati bilan joriy qilingan favqulodda holatni bekor qilgan edi. Avvalroq Tramp Markaziy Amerika shtatlaridan kelgan noqonuniy muhojirlar jinoyatchilar ekaniga aminligini bildirgan. Shuningdek, AQSh va Meksika prezidentlari muhojirlar va koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olgani haqida xabar berilgandi. Ta’kidlanishicha, har ikki davlat rahbarlari iqtisodiy o‘sishda, madaniy xilma-xillikda muhojirlarning muhim o‘rnini e’tirof etgan va migrantlarning qadr-qimmatini tan oladigan, xavfsiz va muntazam immigratsiya siyosatiga sodiqligini e’lon qilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar