Nonushtaga noodatiy quymoq tayyorlab, oila a’zolaringizni xursand qiling.
Kerakli mahsulotlar:
- un —150 gramm;
- kakao — 2 osh qoshiq;
- shakar — 1 choy qoshiq;
- razrixlitel — 1 paket;
- tuxum — 1 ta;
- sut — 350 gramm;
- sariyog‘ — 40 gramm;
- qorag‘at — 200 gramm;
- makkajo‘xori kraxmali — 1 osh qoshiq;
- smetana — 200 gramm;
- shakar kukuni — 1 osh qoshiq;
- dolchin — 1 choy qoshiq.
- chuqurroq idishga un, kakao, razrixlitel, shakar solib aralashtiring;
- un o‘rtasini chuqir qilib, unga tuxum chaqing;
- ustidan sut, eritilgan sariyog‘ni quyib, quymoq xamirini tayyorlang. Aralashma ustini yopib, 10 daqiqaga tindiring;
- yog‘langan tovani qizdirib, xamirni quying. Ikki tomanini qizartirib pishiring;
- pishgan quymoqlarga sariyog‘ surtib, likopchaga taxlang;
- qorag‘atli sous tayyorlash uchun mevalarga 1-2 osh qoshiq shakar, kraxmal solib, yaxshilab aralashtiring. O‘rta olovda quyulguncha qaynating;
- smetanaga shakar kukuni, dolchin qo‘shib, sous tayyorlang;
- dasturxonga quymoqlarni mevali va smetanali sous bilan torting.
Izoh (0)