Daryo

Vitaminlarga boy ismaloqli pirojki pishiramiz

Mazkur yegulik bahorda avj oladigan avitaminozda yaxshi samara beradi

1 daqiqa o‘qish37 406 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Mazali va to‘yimli bo‘lgan pirojkilar bilan nafaqat nonushta, tushlik, balki bayram dasturxonini ham bezash mumkin.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • sut — 240 ml;
  • shakar — 1 osh qoshiq;
  • xamirturush — 1,5 osh qoshiq;
  • un — 360 g;
  • tuz — 1 choy qoshiq;
  • o‘simlik yog‘i — 110 ml;
  • muzlatilgan yoki barra ismaloq — 550 gr;
  • piyoz — 1 dona;
  • pomidor — 1 dona;
  • murch va boshqa ziravorlar;
  • limon — 1 dona;
  • tuxum — 1 dona.
Tayyorlanish jarayoni:
  • 150 ml ilitilgan sutga shakar, xamirturush qo‘shib aralashtiring, 10 daqiqaga qoldiring.
  • Unning yarmini va tuz qo‘shib mikserda aralashtiring.
  • Aralashtirishdan to‘xtamay, 80 ml yog‘ va sutning qolgan qismini qo‘shing.
  • Oz-ozdan un qo‘shib xamir qoring, dumaloq shaklga keltirib, ustini salfetka bilan yopib qo‘ying.
  • Diametri 5 sm bo‘lgan zuvalalarga bo‘lib chiqing.
  • Maydalangan piyoz va pomidorga ismaloq, yog‘, tuz hamda boshqa ziravorlar qo‘shib aralashtiring.
  • Limon sharbatini aralashmaga qo‘shing.
  • Yoyilgan xamirga ikki osh qoshiqdan nachinka solib chiqing.
  • Xamir chetlarini birlashtiring (somsa shaklida tugib chiqing).
  • Ustidan tuxum surtib, 400 daraja qizigan pechda 12 daqiqa davomida pishirib oling.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar