Markaziy bank 16-martdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 9,68 so‘mga ko‘tarilib, 10 528,59 so‘mni tashkil qildi. Yevro 22,06 so‘mga ko‘tarilib, 12 558,50 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 5,35 so‘mga ko‘tarilib, 10 518,91 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi olti kunlik pastlashdan so‘ng 5-martdan buyon ko‘tarilishda davom etmoqda.
Avvalroq Markaziy bank O‘zbekistonda kredit va xorijiy valyutaga bo‘lgan talab bosqichma-bosqich tiklanib borayotgani haqida ma’lum qilgandi.
Izoh (0)