Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, Shavkat Mirziyoyev Pekin shahri va Xebey muzofotida ro‘y bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani, jarohat olgani va katta talafotlar yetkazilgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi.
Davlat rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga taskin-tasalli so‘zlarini yo‘llab, jarohatlanganlar tez fursatda shifo topishini tilagan.
Iyul oyining oxiri, ayniqsa, 23–29-iyul kunlari Pekin va atrofidagi Xebey viloyatida keskin yomg‘irlar yog‘ib, kuchli suv toshqinlariga olib keldi. Hodisalar oqibatida kamida 70 nafar fuqaro halok bo‘lgan. 80 000 dan ortiq aholi evakuatsiya qilindi, 130 dan ziyod qishloqlar elektr, yo‘l va kommunikatsiya tarmoqlaridan uzildi.
Izoh (0)