Turkiya Suriyaning Halab viloyatiga Ozarbayjon tabiiy gazini yetkazib berishni boshladi. Yillik gaz yetkazib berish hajmi 1,2 milliard kub metr gazni tashkil qiladi.
Turkiyaning Kilis viloyatida Ozarbayjon, Suriya va Qatar vakillari ishtirokida gaz liniyasini ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Ozarbayjon tabiiy gazining Turkiya orqali Suriyaga yetkazilishi Janubiy Kavkaz va Yaqin Sharq o‘rtasida energiya ko‘prigi uchun poydevor qo‘yadi”, dedi Ozarbayjon Iqtisodiyot vaziri.
Gaz Aleppodagi elektr stansiyasida 1 200 megavatt (MVt) elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Shu tariqa, mamlakatning kunlik elektr energiyasi ta’minoti 10 soatgacha ko‘tariladi.
Ma’lumot o‘rnida, 12-iyul kuni Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara’aning Ozarbayjonga tashrifi doirasida SOCAR va Suriya hukumati o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan edi.
Izoh (0)