General Motors konsern dizaynerlaridan biri tomonidan yaratilgan interyerning kompyuter eskizi bilan bo‘lishdi — unda avtomobilning odatdagi qurilmalar paneli o‘rnini o‘yin konsoli egallagan, deb xabar beradi Motor.
Avtonom boshqaruv texnologiyasi rivojlanib borayotgani sabab avtomobil dizaynerlari tez-tez mashina interyerini an’anaviy boshqaruv organlarisiz tasvirlashga o‘tdi. Rul, tepkilar va boshqa richaglarning yo‘qligi sabab vaqtni maroqli o‘tkazish maqsadida salonni turli gadjetlar egallamoqda.
General Motors misol sifatida konsern dizaynerlaridan biri tomonidan yaratilgan eskiz bilan bo‘lishdi — unda old panel o‘rnini to‘lig‘icha televizor egallagan — albatta, siljiydigan, uning ostida esa turli buyumlar uchun bo‘sh joy mavjud. Shuningdek, televizorga o‘yin pristavkasi ulangan bo‘lib, dizaynerning fikricha, u avtopilot tizimi yo‘lovchini belgilangan manzilga yetkazgunicha vaqtni o‘tkazishga xizmat qiladi.
Avvalroq Lexus kompaniyasi Twitch servisi geymerlarining xohishini inobatga olgan holda yaratilgan IS sedanini namoyish etgandi. Avtomobilning shift qismiga akrilli qoplama qoplangan bo‘lib, u yomg‘ir tomchilari kabi ko‘rinishga ega va turli rangdagi yorug‘lik diodlari bilan bezatilgan. Orqa oynaga istalgan tasvirni chiqarish mumkin, o‘yinga xalaqit bermasligi uchun qolgan oynalarni qoraytirib qo‘ysa bo‘ladi.
Modelning asosiy jihatida old paneldagi egilgan displey bo‘lib, uning ostidan siljiydigan geymerlar klaviaturasi o‘rin olgan, o‘yin ishqibozlari uchun esa kontroller mavjud. Yukxonaga MSI Gaming GeForce videokartasiga ega kuchli kompyuter joylashtirilgan, haydovchi o‘rindig‘i esa vibratsiya funksiyasi bilan jihozlangan.
Izoh (0)