• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘g‘limning to‘yiga sarpo qilish o‘rniga go‘rkovga tugun qilib o‘tiribman”. Toshkentda sirli ravishda vafot etgan besh talaba haqida

    Toshkent shahrining Yunusobod tumani “Firdavsiy” mahallasi Injobod ko‘chasidagi uyda 27-fevral kuni soat taxminan 20:50 da besh nafar talabaning murdasi noma’lum moddadan zaharlanish alomatlari bilan topilgan edi. Talabalarning o‘limiga aynan nima sabab bo‘lgani hali ham oshkor qilingani yo‘q. Ushbu fojiadan so‘ng talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash muammosi parlament darajasida muhokama qilindi, rektorlar ijarada yashaydigan talabalarning holidan xabar ola boshladi, fojiadan keyingi kunlarda bir qator universitetlar talabalar uchun mo‘ljallangan yangi turar joylarni foydalanishga topshirdi.

    Hodisa oqibatida halok bo‘lgan beshala talabaning bari Andijon viloyatidan edi. “Xabar.uz” jurnalisti Barno Sultonova Andijon viloyatida bo‘lib, marhum yigitlarning yaqinlari bilan muloqotda bo‘ldi. “Daryo” “Xabar.uz”da e’lon qilingan materialni to‘liq e’tiboringizga havola qiladi.

    Besh talaba. Besh ona. Besh musibat. Tinchlik zamonida o‘lishga haqqing yo‘q edi, bolam!

    Musibat bo‘layotgan xonadonga jurnalist sifatida kirib borishdan og‘iri yo‘q. “Sizni yozmoqchiman, yutuqlaringiz bilan o‘rtoqlashing”, deb qanchadan-qancha qahramonlarni kashf qilamiz. Lekin musibatzada odamlarga nima deysiz... Ular bilan uchrashganda, avvalo, nigohlariga qarashga botinolmaysiz, keyin tilingiz kalimaga kelmaydi.

    Qishning so‘ngi kunlarida Toshkentning Yunusobod tumanida ijarada yashayotgan besh nafar talaba noma’lum moddadan zaharlanish oqibatida vafot etdi. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2-bosqich talabalari Mavlonbek Usmonov, Rahmatulloh Soliyev, Davronbek G‘ofurov, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti 2-bosqich talabasi Oyatulloh Ibrohimov hamda Toshkentdagi Inha universiteti 1-bosqich talabasi Sardor Hakimjonov — ularning hammasi Andijon viloyatidan.

    Kadr: “Xabar.uz”

    Kadr: “Xabar.uz”

    O‘lim xabari, tafsilotlari eshitishga ham, aytishga ham, xabarlashga ham azobli haqiqat. Endi bu bolalarning yaqinlari ahvolini tasavvur qilavering.

    Mana, bitta partada o‘tirgan, bitta sinfda o‘qigan Andijon davlat universiteti akademik litseyi yigitlari. “Bolalar haqida gapiradigan o‘qituvchilar kerak” deyishimiz bilan odatda har doim intervyu berishda o‘zini chetga oladigan qahramonlarimiz bu safar “Men Sardor haqida gapirmoqchi edim”, “Men Oyatullohning hech kimga o‘xshamagan tomonlarini aytsam maylimi?”, “Rahmatulloh yo‘lboshchi edi, hamma bolalarni ortidan ergashtirgan, til o‘rganishga qiziqtirgandi, unga havas qilib ergashganlar ko‘p edi”, deya shoshilishdi...

    Dilnoza Mirzayeva, matematika fani o‘qituvchisi, kurator: “Bu o‘quvchilar meni farzandlarim, do‘stlarim edi. Shu xabarni eshitgan kundan beri na o‘tirarimda, na turarimda halovat bor. Sardorim, Rahmatullohim, Oyatullohim... oramizda yo‘q endi. O‘zbekiston kelajakda elu yurtga foydasi tegadigan yaxshi mutaxassislardan ajradi, ulardan yaxshi insonlar chiqardi, O‘zbekiston shunchaki talabadan emas, besh nafar katta-katta harflar bilan yozishga arziydigan insonlardan ayrildi”.

    Sanobar Siddiqova, fizika fani o‘qituvchisi: “Bu bolalar boshqacha edi. Sho‘x bo‘lsa ham, sho‘xligi o‘ziga yarashgan, bezarar to‘polonchi bolalarim edi ular. Rahmatulloh ko‘zingizga qarab, nima demoqchi ekanligingizni bilib turardi. Ularning orzulari olam-olam edi, maqsadlari katta edi. Bugun yurtimizga qanday kasb foyda keltirishini, qaysi kasbni tanlasa kelajagi porloq bo‘lishini oldindan bilgan pishiq bolalar edi. Hammasi o‘z kuchi bilan o‘qishga kirgan, intiluvchan bolalar edi. 8-martda bizni tabriklashga kelmoqchi edi, birga yig‘ilib o‘tirmoqchi edik”.

    Litseyda har bir o‘qituvchidan bu bolalar haqida iliq gaplar eshitdik. Bizni kuzatib qo‘yganlar bu o‘quvchilarning bemavrid ko‘chada sang‘ishga vaqti yo‘qligini, birortasi zararli odatlarga oshno bo‘lmaganini, ishkal chiqarib, birov bilan janjallashmaganini, rus va ingliz tillarini o‘rganishga qat’iy bel bog‘laganini, oddiy qishloq odamlarining buyuk kelajakni oldiga maqsad qilgan bolalari ekanligini biri qo‘yib, biri gapirdi.

    Gulshanoy Isroilova, Rahmatullohning onasi: “Mening shirintoy bolam, mening asal bolam! Bolajonimning orzulari juda ko‘p edi. Til o‘rganayotgandi, dasturlashni o‘rganayotgandi. Uyni ishigayam birday qarashardi. Sevgan fanlari fizika, matematika edi. Birgina yolg‘iz o‘g‘lim edi! U qizlarimga tirgak edi. Men ham o‘qituvchiman. O‘g‘lim uchun ona emas, talabchan o‘qituvchi bo‘lganim uchun litseyni ham qizil diplomga bitirgandi. Undan umidim katta edi. O‘quvchilarimga yaxshi o‘qinglar, yaxshi o‘qisalaringiz o‘g‘limga o‘xshab institutga kirasizlar, deb faxrlanardim, o‘g‘lim boshqalar uchun o‘rnak edi. Endi bu gaplar bilan bolalarni qanday ruhlantiraman?! Qizim ham bo‘lg‘usi o‘qituvchi, u endi kelgusida o‘quvchilariga “yaxshi o‘qisalaring, institutlarga kirasizlar”, deb qanday aytadi?! Shu gapni o‘quvchilarimizni ruhlantirish uchun aytayotganimizda ular bizga farzandingiz yoki ukangiz yaxshi o‘qib institutga kirib nima bo‘ldi, degan savolni bermaydimi? Bermagan taqdirda ham, nigohlarida bir umr shu savol qotib qolmaydimi? Qarang, men o‘g‘limning to‘yiga sarpo qilish o‘rniga bugun go‘rkovga tugun qilib o‘tiribman”.

    “Men ham talabaman, — deydi g‘amdan yuzlari qorayib ketgan Rahmatullohning opachasi Odinaxon. — Men o‘qiganlarni qadrlaydigan oilaga kelin bo‘lganman, egiz farzandlarim bor, ularga qaynonam qaraydi, mendan keyin bir singlim talaba, bir singlim akademik litsey o‘quvchisi. Aytmoqchimanki, biz xuddi ukam kabi ilm olishga tashnamiz, ammo hech birimiz uchun yotoqhona mavjud emas. Meni bir armon qiynaydi — agar ukam hamma qatori yotoqxonada yashaganida, o‘lmasmidi? O‘ylayman, ukamning shuncha xatti-harakatlari, shuncha mehnatlari, o‘qishga kirish uchun behalovat o‘tkazgan tunlari birgina befarqlik sabab izsiz yo‘qoldimi?”.

    Munojot Jiyanbekova, Davronning onasi: “To‘rt qizimdan keyin topgan yolg‘iz o‘g‘lim edi. Biz Gulshanoy bilan yonma-yon qo‘shnimiz, unda ham yolg‘iz o‘g‘il, mening ham yolg‘iz o‘g‘lim, aka-uka edi ular. Go‘yoki men ikki o‘g‘limdan ajradim, aka-uka bir kunda ketgandek men uchun. Bir ko‘chada yashadi, birga katta bo‘ldi, bir litseyda o‘qidi, bir xil kasbni tanladi, bir kvartirada ijarada turdi. Bulardan yaxshi qadrdon do‘st ham chiqardi kelajakda. Bolalarimizga qo‘shilib ajoyib do‘stlik ham o‘ldi, yerga ko‘mildi. Men Gulshanoyni ko‘rganimda o‘zimni ko‘rgandek dardim yangilanaveradi. U meni ko‘rganida Rahmatullohni eslayveradi. Bizning yaramiz nafaqat yangilanadi, balki hech qachon eskirmaydi, hech qachon tuzalmaydi. Bir-birimizga qaragan nigohlarimizdayoq, bir-birimizning hovlimizga ko‘zlarimiz tushgandayoq bu yara tirnalaveradi, ko‘chaveradi, qonayveradi. Bolam birovning ko‘ziga tik qaragan bola emas edi. Ayting-chi, shunday yaxshi, shunday chiroyli, qad-qomati kelishgan bola ham o‘ladimi, o‘ladimi? Men hozir karaxtman, odamlar nega yig‘ilgan, nega uvvos soladi? Nazarimda o‘g‘lim har doimgidek, tabassum bilan kirib keladigandek. Oxirgi kelganida 5 mingta karam urug‘ini qadashib berib ketuvdi. “Onaginam, opamlar uzoqda turadi, bog‘ni ishi sizlarga qolib ketmasin”, degandi. Bu karamlar hosilga kirsa, qanday tomog‘imdan o‘tadi?! Ko‘chada sayoq yurmasdi, kitobdan bosh ko‘tarmasdi, futbolga borsa ham so‘rab ketardi”.

    Qator o‘tirgan opachalarining ko‘zidan yosh tinmaydi. “Aylanayin ukajonim biram yaxshi edi, — deydi opasi Shohsanam. — Dadamdan keyingi o‘rinda turadigan suyanchig‘imiz edi, kulib turardi, qator-qator qizlardan keyin dunyoga kelgan bo‘lsa-da, sira tantiq emasdi, — qo‘lidagi suratni silab, nigohlari bilan erkalaydi, bag‘riga bosib, o‘pib qo‘yadi. — Ishongimiz kelmayapti, opa, shunday ukamning, shunday kelbatli ukamning endi yo‘qligiga! O‘qishdan kelsa, uyimiz to‘lib ketardi, biz ham har yoqdan ukamni diydorini ko‘rish uchun oshiqardik. Mening shunday ukam bor, deb faxrlansak arzigulik edi. To‘yi bo‘lsa, uylansa, biz sevimli amma bo‘lardik, ammo bizni hech qachon jiyanlarimiz bo‘lmaydi, amma degan so‘zlarni eshitmaymiz. Qo‘li tekkan narsalar ko‘karardi, ekkan gullari bu yil ham gullaydi, ekkan daraxtlari meva tugadi, lekin ukamni o‘zi yo‘q endi”.

    Bu yerdan uchinchi xonadonga yo‘l oldik. Borgan sari yelkamizdagi og‘ir, musibat yuki bosib borayotgandek edi.

    Umida G‘ulomova, Oyatullohning onasi, Buloqboshi tumani: “Men intervyu bermoqchi emasdim, ammo bolam o‘lganda ham o‘rtoqlari bilan birga edi, qatoridan qolsa bo‘lmas. Mana shu uy-joylar kim uchun — shu bolalarimiz uchun. Kim uchun yashaymiz, kim uchun harakat qilamiz, kim uchun hayotimiz mazmunli — mana shu bolalar uchun. Bir kunda barcha orzularim, barcha umidlarim chil-chil sindi. Mening bolam o‘ldi, boshqa onalar bolam, deb yig‘lamasin. Onalar bolalarini musofirlikka ishonib jo‘natsinlar, bu juda og‘ir yo‘qotish, bundan buyog‘iga bu yuk, bu dard bilan qanday yashayman?”.

    16—17 yoshlardagi qizginaning ko‘zlari shishib ketgan. Mohina Oyatullohning singlisi ekan. Litseyda o‘qirkan, akasi uni o‘qishga kirish uchun tayyorlantirayotgan ekan. “Singlisini o‘qishga kirishiga yordam bermoqchi edi, ortidan ergashtirmoqchi edi”, — deydi Oyatullohning buvisi Soliya xola.

    Orzuxon Jamolova, Mavlonbek Usmonovning xolasi: “Jiyanim, bolam qatori bo‘lib ketgan bolajonim haqida gapiraman — xolasiman. Onasi tildan qolgandek, o‘zini bilmaydi, eslatmaylik, hozirgina tinchidi. Mavlonbek mening ham bolam edi. Oldimizda katta bo‘lgan bola edi”. Orzuxon opa bizga intervyu berayotgani uchun bolajonning gavdasidek katta suratini to‘sib qo‘ydi, shunda 83 yoshli Salomat buvi ayolning orqasidan nevarasiga intilib qarayverdi-qarayverdi, xuddi buvisining nigohlari tushmasa bolajon xafa bo‘ladigandek. Ketgunimizcha yuz martalab qayrilib qaragandir, nevarasining to‘rda turgan suratiga...

    Avazbek Bo‘lishev, Mavlonbekning amakisi: “Mana shu onam bu bolani yelkasiga ko‘tarib katta qilgandi, ko‘z oldimizda katta bo‘lgandi. Kattalarni orasida o‘sgani uchunmi, fikrlashi ham kattalarnikidek edi. Mana shu bolalarimizni ishonib topshirib qo‘yganlardan so‘raydiganim — ishlariga mas’uliyatli bo‘lsa, farzandlarimizning orasiga kirib borsa, sharoitlar yaratib bersa. Biz O‘zbekiston uchun munosib farzandlarni voyaga yetkazib, ularni yaxshi odam qilib, qatorga qo‘shayotgan paytimizda befarqlik, loqaydlik, nazoratsizlik tufayli alpqomat yigitlar o‘lib ketaversa, bu qanday hol, qanday ko‘rgulik?”.

    Abdulaziz Saidov, Andijon davlat universiteti qoshidagi litsey ingliz tili fani o‘qituvchisi: “O‘quvchilaringdan bir emas, to‘rt nafari haqida birdan noxush xabar eshitsang, g‘alati bo‘lib ketarkansan. 2019-yili talaba bo‘lib, Toshkentga ketishgan edi. Bittasi Inha universitetiga, qolganlari TATUga qabul qilingandi. Musofirchilikda o‘qiyotgan edi. Qo‘rg‘ontepalik Sardorga va buloqboshilik Davronga ingliz tilidan saboq bergandim. Intilishi va qiziqishi kuchli, bilimli, litseyimizning faxrli o‘quvchilari edi ular. Namunali oliygohlarga o‘qishga kirgani ularning yaxshi o‘qiganidan darak. Eng muhimi, ota-onalariga Allohim sabr bersin”.

    Juda og‘ir yuk, juda og‘ir taassurotlar bilan ortga qaytayapmiz. Ochig‘i, kim bilan nima haqida suhbatlashganimizni tahlil qilishga-da xayollarimiz chalkashib ketdi. Faqat ko‘z oldimda karaxt o‘tirgan onani, besh o‘g‘lonidan ayrilgan qaddi dol, hardamxayol, hali ham yomon tush ko‘ryapman, deya o‘zini aldab o‘tirgan onaizorni ko‘rdim. Ularning ismlarini yo‘l-yo‘lakay xotiramda tiklashga harakat qildim. Mana, Munojot opa, Gulshanoy opa, boshini yuz martalar qayriltirib, nevarasining devorga tirkab qo‘yilgan suratidan nigohlarini uza olmayotgan Salomat buvi — ko‘zlarida cheksiz qayg‘u, cheksiz musibat.

    Ularni ezayotgan, shubhalantirayotgan, gumonlantirayotgan savollar ko‘p, juda ham ko‘p edi. Qulog‘imda ularning shikasta ovozlari takrorlanadi:

    • “O‘g‘limning oxirgi gapi: ‘Onajon, pitssa oldik, endi xonaga kirib ovqatlanmoqchimiz’”;
    • “Onajon, dushanba kuni kontraktimni to‘layman”;
    • “Ukam kechasi bilan dars qilardi, o‘sha kuni tungi soat 02:30 gacha onlayn bo‘lgan”;
    • “O‘g‘limning telefoni tungi 23:00 gacha onlayn turgan, nima bo‘lgan ekan-a?”;
    • “O‘g‘limning qo‘llari tekkan kompyuterlari, telefonlari qolib ketdi ijarasida, uni xotiralari qolib ketdi o‘sha mudhish uyda”;
    • “Ukam hech qachon chekmagan, ichmagan, zararli odatlardan nafratlangan yigit edi”; “Juda yomon ish bo‘ldi, nevaraginamning o‘limi juda katta musibat bo‘ldi”;
    • “Nega haligacha noma’lum moddadan zaharlangan deb, anig‘ini aytishmaydi? Axir gazdan zaharlansa, mutaxassislar orqali laboratoriya tekshiruvlarini o‘tkazish mumkin-ku, sinab ko‘rish mumkinki qandaydir yo‘llar bilan!”;
    • “Agar ovqatdan zaharlansa, yegan ovqatlarining qoldiqlaridan tekshira oladigan apparatlar bor, XXI asrda, texnika asrida yashaymiz, nahot aniqlab bo‘lmasa?!”.
    Ha, besh nafar inson ketdi oramizdan. Yaqinlarini adoqsiz savollarga, cheksiz musibatlarga ko‘mib ketdi o‘g‘lonlar. Ulardan suratlar, yaxshi xotiralar, ushalmagan orzular, so‘nmagan umidlar qoldi. Kechagina ota-onasini hayotini quvonchga, cheksiz yorug‘likka to‘ldirib yurgan alp yigitlar bugun oramizda yo‘q. Besh onaning nigohida bir savolni ko‘rdim: “Shunday bola ham, shunday yigit ham o‘ladimi?.. Tinchlik zamonida ham shunday yigitlar ham birdaniga o‘ladimi?”. Yig‘layotgan onaizorning qaysi birining dilidagi gaplar tiliga ko‘chganini haligacha eslay olmayapman. Sababi, bir xil musibat, bir xil azob, bir xil yo‘qotish onalarni yaxlit bir faryodi ko‘ksiga sig‘mayotgan mushfiq onaizorga aylantirgan edi. Ularning siyratlari, suratlari, dardlari, qalb og‘riqlari, hijron-u azoblarigacha bir xil edi. Ularni dard va armonlar birlashtirdi. Ularning dil nolalari kuchli hayqiriqqa aylandi.

    Bu O‘zbekiston Onalarining, O‘zbekiston Onaizorlarining hayqirig‘i edi: “Tinch zamonda, osmoni musaffo yurtda o‘lishga haqqing yo‘q, bolam!”.

    Barno Sultonova, “Xabar.uz”

    08.03.2021, 06:23   Izoh (0)   143982
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Hammangizni yaxshi ko‘ramiz”. Toshkentda obodonlashtirish tizimida ishlaydigan 4 mingdan ortiq xotin-qizga shahar hokimi nomidan bayram sovg‘asi — dazmollar topsh...

    08.03.2021, 05:00

    “Har bahorda shu bo‘lar takror”: Samarqand shahrida “toshqinlar mavsumi” boshlandi

    08.03.2021, 04:45

    Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi Qozog‘iston va Rossiya manfaatlariga mos kelmaydi — ekspert

    07.03.2021, 23:59

    O‘zbekistonda 2020-yilda eng ko‘p nikoh tuzilgan viloyat nomi aytildi

    07.03.2021, 23:18

    Termizda 3 ming dollar evaziga ikki kishini harbiy qismga ishga joylashtirib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    07.03.2021, 22:37

    Samarqandda Turkiyaning bosh konsulxonasi ochildi

    07.03.2021, 21:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Sistit — bu uyat emas!


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bishkekdagi bar egasi qanday qilib Pentagon bilan 7 mlrd dollarlik shartnoma tuzgani haqida

    Dunyo | 31 may, 10:15

    Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dorilar savdoga chiqarilishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 31 may, 09:56

    4-iyundan boshlab AQSHdan po‘lat va alyuminiy importiga 50 foizlik bojlar kuchga kiradi

    Dunyo | 31 may, 09:23

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.