• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: “Yuqumli” konteynerlar, UzAuto Motors ish tashladimi, mahallabaymi, xonadonbay?

    Konteynerdan gapiramiz va ko‘rsatamiz. Namangan viloyati hokimining konteyner-uyi ancha “yuqumli” chiqib qoldi.

    Buxoro viloyati hokimligi ham konteyner makon qurdi. “Ayni paytda mazkur vagon-shtab Olot tumani ‘Davlatboy’ mahallasiga joylashtirilgan. Botir Zaripov shu yerda yashab, olotliklarning muammolarini o‘rganmoqda. Ularni hal etish choralarini ko‘rmoqda”, — deb yozdi hokimlik matbuot xizmati.

    “Onlayn qabullar bilan boshlab konteynerlargacha yetib keldik”, — deb yozdi “Davletov.uz” kanali.

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    26-fevral kuni davlat rahbari barcha viloyat hokimlari va prokurorlariga mahallalarda hech bo‘lmasa bir oy yashab, muammolarni “pastdan” o‘rganishni taklif qilgandi. Shundan keyin konteyner-uylarga o‘tish boshlanib ketdi. Nafaqat, hokimlar, balki konteyner oddiy fuqarolarga uy sifatida ham berilyapti. Buxoroda “Remont mexanika” zavodi bilan hamkorlikda ishchi guruhi tuzilib, hozirgi kunga qadar respublikaning turli hududlaridan ming donaga yaqin konteyner yig‘ilmoqda. Ular zamonaviy ko‘rinishda ta’mirlanib va jihozlanib, imtiyozli kredit asosida viloyatdagi ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga tarqatilmoqda.

    Aslida konteynerdan uy qurish g‘oyasi yangi emas. Ko‘p yillar ilgari amerikalik me’mor Adam Kalkin konteynerdan bejirim uy yaratish g‘oyasini ommalashtirgan.

    Nima uchun konteyner? Chunki u arzon, ixcham, ekologik va mobil yechim bo‘la oladi. Mamlakatimizda ko‘chib yuruvchi lagerga ehtiyojmand korxonalar ko‘p yillardan beri konteyner-yotoqxonalarda yashaydi. Shuningdek, yo‘l chetlaridagi do‘konlar bexos “buz-buz”lardan sug‘urtalanish uchun konteynerlardan qurilmoqda.

    * * *

    Toshkentda dahshatli fojia sodir bo‘ldi. Yunusoboddagi bir uyda besh nafar talabaning murdasi topildi. Ular Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti hamda Singapur va Inha universiteti talabalari bo‘lgan. Tibbiy ekspertiza ular noma’lum moddadan zaharlanganini ma’lum qild. Prokuratura yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilishi bilan bog‘liq jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

    Shu voqeadan keyin ijarada yashaydigan talabalarning sharoiti alohida o‘rganiladigan bo‘ldi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ishchi guruhlar tuzilib mahallalarda talababay yurishlar qilinayotganligini bildirdi. Ijarada turuvchi talabalar ham qizil, sariq va yashil kategoriyalarga tasniflanadigan bo‘ldi. Bevaqt nobud bo‘lgan talabalarning oilasiga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.

    Bu fojia talabalarning yotoqxona bilan ta’minlanmaganligi muammosi yana bir ko‘tarilishiga turtki berdi. “Hisob-kitoblarga ko‘ra, bugungi kunda yotoqxonalarda yashashga ehtiyoji bo‘lgan talabalar soni 149 ming 400 nafarni tashkil etmoqda. Abituriyentlarga beshta ta’lim yo‘nalishini tanlashdek imkoniyatning berilishi talabalar turar joyiga bo‘lgan ehtiyojni oshirib yubordi. Hattoki, sirtqida o‘qiydigan talabalarga ham. Boshqa viloyatdagi OTMning sirtqi bo‘limiga o‘qishga kirgan talaba ham bir oy bo‘lsa-da, talabalar turar joyiga muhtoj bo‘lyapti. Chunki uning o‘sha joyda qarindoshi yo‘q, mehmonxonalar qimmat...”, deydi Abduqodir Toshqulov.

    Agar birinchi va ikkinchi xabarimizni umulashtirsak, talabalarga konteynerlardan uy qurib muammoni hal etish mumkin.

    “Troll.uz” kanali Dubayda to‘liq konteynerlardan qurilgan shaharcha videosini namoyish qildi.

    * * *

    Mahallabay, talababay... So‘nggi kunlarda “bay-bay”lab ishlash urfga kirmoqda. Prezident uy-joylar qurilishi xalqparvar komissiya tomonidan nazorat qilinishini aytish asnosida “Viloyat, tuman va shahar hokimlari bir hafta davomida yangi tizim asosida, aholini uy-joy bilan ta’minlashda yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlarni odamlarga mahallabay tushuntiradi”, dedi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan so‘zlagan nutqida “Ayollar daftari” bo‘yicha “mahallabay”, “xonadonbay” ishlash usuli orqali har bir mahalla va xonadon kesimida ularning muammolarini ijobiy hal etilishi shartligini ta’kidladi.

    Yunusoboddagi talabalar fojiasidan so‘ng vazir Abduqodir Toshqulov ishchi guruhlar tuzilib, endilikda mahallalarda talababay yurish boshlanganini ma’lum qilgandi. Xo‘sh, “bay” qo‘shimchasi qanday ma’no anglatadi? “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da yozilishicha, “bay” so‘zi arabchadan olinib, “savdolashish”, “sotish”, “kelishish” degan ma’nolarni bildiradi. “Ishbay”, “donabay” so‘zlari bajarilgan ish asosida yoki mahsulotning donasi asosida hisob-kitob qilinishini bildiradi. Demak, “mahallabay”, “talababay” degani har bir mahallani yoki talabani e’tiborga olib ishlash va ishni shu asosda baholash deganidir.

    Ammo mahallabay ishlash yaqindagina boshlangani sababli hali mevasini ko‘rib ulgurmadik. Shu bilan birga, quyidagi arizani ko‘rgach, izohga hojat yo‘qligini tushunasiz. Bunday holatlar mamlakatimizda sanoqli emas.

    Foto: “Davletov.uz”

    Foto: “Davletov.uz”

    * * *

    O‘zbekiston Prezidenti 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan jamiyat hayotida faol bo‘lgan bir guruh ayol-qizlarni mukofotladi. Mukofotlanganlar orasida davlat xizmatchisi, jurnalist, shifokor, aktrisa, otinoyi kabi turli kasb va soha egalari bor. “Mamlakatimizda aziz va mo‘tabar ayol zotini ulug‘lash, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga katta hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarimizni munosib qadrlash maqsadida hamda yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlarda faol qatnashib, yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgani uchun bir guruh ayollar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin” – deyiladi farmon matnida.

    Mavzuga oid:

    • Shavkat Mirziyoyev 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh ayollarni mukofotladi
    Avvalroq Xalq ta’limi vazirligi ta’lim sohasida fidoyi ustozlarni aniqlash bo‘yicha tashabbuslarni boshlagandi. Namangan shahridagi maktabda dars berish uchun har kuni Munisa Meliboyeva ismli yosh o‘qituvchi Popdan 75 kilometr yo‘l bosib boradi. Yaqinda unga 8-mart sovg‘asi berildi. Munisa Meliboyeva temir yo‘ldan har kuni foydalanishi inobatga olinib, Transport vazirligi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi unga imtiyozli sertifikat taqdim etdi. Munisa Meliboyeva ushbu sertifikat bilan 6381/6382-sonli Qo‘qon—Namangan yo‘nalishidagi shaharlararo qatnovchi elektropoyezdlarda Pop—Namangan va Namangan—Pop yo‘nalishida 2021-yilning 31-dekabriga qadar bepul yurishi mumkin.

    * * *

    UzAuto Motors xodimlari oxiri ish tashlash e’lon qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda 6-mart kuni UzAuto Motors AJga qarashli Transport tashuvlari boshqarmasining haydovchi xodimlari ish haqi va rahbariyatidan norozi bo‘lib, avtoturargoh oldida to‘plangani aks etgan video tarqaldi. Videoda avtomobil tashuvchi uzun yuk mashina haydovchilarining noroziligini ko‘rish mumkin.

    “Bir oylik ish haqim 20 ming so‘m chiqibdi, ba’zilarga 450 so‘m ish haqi to‘langan. Avval ham shunaqa qilishgan edi. Haydovchilar oyligidan 800 ming so‘mdan ushlab qolingan. Bizni haqorat qilishmoqda. Kechasi bilan uxlamay ishlaganmiz, kerak bo‘lsa, kechasi bilan uxlatmay ishlatishyapti. Xorazmgacha mashina tashiganman”, – deydi xodimlardan biri.

    Yana bir haydovchining ma’lum qilishicha, rahbariyat ularning oylik maoshlarini bir yil-u uch oydan buyon noto‘g‘ri hisob-kitob qilib kelgan: “Besh oy ichida buning sababini topdik, deyishdi. Noto‘g‘ri hisoblangan pullarni oyligimizdan to‘lar ekanmiz”.

    Bundan tashqari, xodimlar rahbardan ham norozi. “Texnikani tushunmaydi”, deb hisoblaydi. Xo‘sh, UzAuto Motors’da kimlar rahbarlik qilmoqda? “Troll.uz”ga xabar yetkazgan insayderga ko‘ra, “...Sobiq prokuror G‘ofurov Alisher garajga bosh qilib qo‘yildi. Zavod xavfsizligiga prokuror Rajabov Hasan, xaridlar bilan shug‘ullanadigan ham prokuror, moliya bilan shug‘ullanadigan ham prokuror, bularni barchasini direktor o‘rinbosari va sobiq prokuror Obidov Sh. qo‘llab-quvvatlaydi... Prokurorlar zavodni qo‘lga olgan”.

    “Troll.uz” muallifi Umid G‘afurov Twitter orqali amerikalik venchur tadbirkor Ilon Maskdan Tesla elektromobillar zavodida nechta prokuror ishlashini so‘radi.

    Foto: “Troll.uz”

    Foto: “Troll.uz”

     “Daryo”da qoling. Biz o‘quvchibay, muxlisbay va albatta, sifatbay ishlaymiz. Ko‘rishguncha.

    07.03.2021, 23:41   Izoh (0)   50295
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2020-yilda eng ko‘p nikoh tuzilgan viloyat nomi aytildi

    07.03.2021, 23:18

    Termizda 3 ming dollar evaziga ikki kishini harbiy qismga ishga joylashtirib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    07.03.2021, 22:37

    Samarqandda Turkiyaning bosh konsulxonasi ochildi

    07.03.2021, 21:16

    Kreditni talon-toroj qilishda gumonlangan “O‘zsanoatqurilishbank” sobiq mansabdorlari aybsiz deb topildi. Ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tugatildi

    07.03.2021, 18:16

    O‘zbekistonda tilanchilar soni ortgani qayd etildi

    07.03.2021, 17:36

    Toshkentda iqtidorli maktab o‘quvchilariga “hokim stipendiyasi” berildi

    07.03.2021, 16:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.