Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati viloyat hokimi Botir Zaripovning shtabi joylashtirilgan g‘ildiraklar ustidagi vagon suratini e’lon qildi.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

“Ayni paytda mazkur vagon-shtab Olot tumani “Davlatboy” mahallasiga joylashtirilgan. Botir Zaripov shu yerda yashab, olotliklarning muammolarini o‘rganmoqda. Ularni hal etish choralarini ko‘rmoqda”, — deyiladi xabarda.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

“Onlayn qabullar bilan boshlab konteynerlargacha yetib keldik”, — deb yozadi Telegram’dagi “Davletov” kanali.

Eslatib o‘tamiz, fevral oxirida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov shaharning “Bunyodkor” mahallasiga konteyner o‘rnatib, vaqtinchalik o‘sha yerda yashashini ma’lum qilgandi. Keyinroq yirik konteyner atrofi beton panjaralar bilan o‘ralgani, hovliga fuqarolarni qabul qilish uchun shiypon o‘rnatilgani ma’lum bo‘lgan edi.

26-fevral kuni davlat rahbari barcha viloyat hokimlari va prokurorlariga mahallalarda hech bo‘lmasa bir oy yashab, muammolarni “pastdan” o‘rganishni taklif qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?