• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bir oylik ish haqim 20 ming so‘m chiqibdi, ba’zilarga 450 so‘m to‘langan”. UzAuto Motors xodimlari ish tashlash e’lon qildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda 6-mart kuni UzAuto Motors AJga qarashli Transport tashuvlari boshqarmasining haydovchi xodimlari ish haqi va rahbariyatidan norozi bo‘lib, avtoturargoh oldida to‘plangani aks etgan video tarqaldi.

    Kadr: Telegram

    Kadr: Telegram

    Videodan ko‘rish mumkinki, UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarni respublikaning turli hududlariga tashuvchi yuk mashina haydovchilari maoshlari keskin tushib ketganidan norozi.

    “Bir oylik ish haqim 20 ming so‘m chiqibdi, ba’zilarga 450 so‘m ish haqi to‘langan. Avval ham shunaqa qilishgan edi. Haydovchilar oyligidan 800 ming so‘mdan ushlab qolingan. Bizni haqorat qilishmoqda. Kechasi bilan uxlamay ishlaganmiz, kerak bo‘lsa, kechasi bilan uxlatmay ishlatishyapti. Xorazmgacha mashina tashiganman.”, – deydi xodimlardan biri.

    Yana bir haydovchining ma’lum qilishicha, rahbariyat ularning oylik maoshlarini bir yil-u uch oydan buyon noto‘g‘ri hisob-kitob qilib kelgan: “Besh oy ichida buning sababini topdik, deyishdi. Noto‘g‘ri hisoblangan pullarni oyligimizdan to‘lar ekanmiz”.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, haydovchilar 2018-yilgacha yaxshi ishlagan. Lekin shundan keyin Toshkent shahridan rahbarlar kelgach parokandalik va tushunmovchiliklar boshlangan. Norozi haydovchilar rahbarlarini ham ishdan olishni talab qilishgan.

    “Alisher G‘ofurov rahbarlikka umuman noloyiq. Biz rahbarni almashtirib berishini talab qilamiz. Texnikani umuman tushunmaydi. Bir masala bilan oldiga kirsangiz, 5 daqiqadan keyin aytgan gapingiz yodidan chiqib qoladi”, – dedi haydovchilardan biri.

    Ta’kidlanishicha, 5 oy avval oyliklarning ikki baravar qisqargani ustidan kasaba uyushmalari Federatsiyasiga murojaat qilingan. Lekin hech qanday javob berilmagan. Faqat rahbariyat tomonidan og‘zaki javob berilgan. Haydovchilardan birining so‘zlariga ko‘ra, bunga sabab qilib auditorlik tekshiruvi ketayotgani vaj qilib ko‘rsatilgan.

    UzAutoMotors kompaniyasining ma’lum qilishicha, transport tashuvlari boshqarmasi haydovchilari D.Rahmonov, J.Sultonov va boshqalarning oylik ish haqi to‘lanishi hamda ushlanmalardan norozi bo‘lib qilgan videomurojaati o‘rganilgan.

    Aniqlanishicha, UzAutoMotors AJ kompaniyasida ayni vaqtda ish haqidan qarzdorlik mavjud emas. Joriy yilning fevral oyi uchun ish haqi o‘tgan oyning 20-sanasida avans tariqasida, mart oyining 5-sanasida to‘liq to‘lab berilgan. Xodimning ish haqidan uning yozma arizasiga asosan kredit to‘lovlari hamda sud qaroriga asosan majburiy undiruv amalga oshirilgan.

    Ushbu murojaat yuzasidan shu kunning o‘zida kompaniya mas’ul vakillari hamda Andijon viloyati hokimligi, viloyat bandlikka ko‘maklashish boshqarmasi xodimlari ishtirokida haydovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, unda UzAutoMotors AJ tomonidan ish haqini to‘liq hisoblab to‘lab berilganligi, kompaniya tomonidan biror-bir asossiz ushlanmalar amalga oshirilmaganligi, shuningdek, ishchi-xodimlarga yaratilgan ijtimoiy himoya paketi, ya’ni transportda ishga kelib-ketishi, maxsus kiyim-bosh bilan ta’minlanishi, ovqatlanishi, tibbiy ko‘riklari uchun to‘lovlar kompaniya hisobidan amalga oshirilayotganligi tushuntirib berilgan.

    Eslatib o‘tamiz, 21-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida qurilayotgan Uzbekistan GTL zavodida ishchilarning ommaviy tartibsizligi yuz bergan. Qurilish ishlarini amalga oshirayotgan Enter Engineering kompaniyasi tartibsizlik tongda ishchilar uchun mo‘ljallangan oshxonaning monoblok uskunasi (elektron o‘tkazish tizimi)da texnik nosozliklar yuzaga kelgani bois ular o‘z vaqtida nonushtaga kira olmagani sababli yuz berganini ma’lum qildi.

    Zavod mas’uli Shuhrat Arziyev OAV vakillari bilan muloqotda Uzbekistan GTL zavodi qurilishidagi ishchilarining ommaviy noroziligiga ularning ish kuni ko‘payib, dam olish kuni o‘zgarishsiz qolgani ham sabab bo‘lganini aytgan. Uzbekistan GTL bosh direktori Faxriddin Abdurasulov to‘polon ko‘targan ishchilar masalasiga to‘xtalib o‘tib, karantin sabab ularning ish kuni ortib, dam olish kuni o‘zgarishsiz qolgani sabab ishchilarda ruhiy toliqish bo‘lganini ma’lum qilgandi.

    Keyinroq Uzbekistan GTL zavodini qurayotgan Enter Engineering kompaniyasi Mehnat kodeksining 161-moddasini, ya’ni mehnatga haq to‘lash tartibini qo‘pol ravishda buzgani ma’lum qilindi.

    Mavzuga doir: “Dehqonobod kaliy zavodi” qurilishida qatnashgan ishchilar maoshini ololmayotgani xabar qilindi. Holat bo‘yicha “O‘zkimyosanoat” munosabat bildirdi

    06.03.2021, 15:31   Izoh (0)   82596
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent davlat transport universiteti talabalari dunyoning yana yetti mamlakatida amaliyot o‘tay oladi

    06.03.2021, 15:20

    “Hisob so‘ralishini bilardingiz-ku, nega tayyorgarlik ko‘rib kelmadingiz?” Qashqadaryolik bloger viloyat hokimi o‘rinbosarini uyaltirdi

    06.03.2021, 14:12

    “Avvallari biror oila ajrashsa, duv-duv gap bo‘lardi, butun mahalla oyoqqa turardi” – Shavkat Mirziyoyev oilaviy ajrimlar haqida

    06.03.2021, 13:02

    “Siz ayollarning sha’ningizga madhiyalar aytish uchun odam shoir bo‘lib tug‘ilmaganiga afsuslanib qoladi” – Shavkat Mirziyoyev

    06.03.2021, 12:30

    “Bundan buyon O‘zbekistonda biror-bir ayol davlat va jamiyatning e’tiboridan chetda qolmaydi” – Shavkat Mirziyoyev

    06.03.2021, 12:24

    Qibraydagi ariqdan har kuni qon oqayotgani ma’lum qilindi. U Olmazor tumani markazidagi suzish havzasiga quyiladi

    06.03.2021, 11:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    BMT ishchi guruhi Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingani haqida xulosa chiqardi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 21:44

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.