Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov 2-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilayotgan “Hukumat soati”da talabalarni turar joyi bilan ta’minlash masalasida chiqish qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Vazir o‘z chiqishi davomida ishchi guruhlar tuzilib, endilikda mahallalarda talababay yurish boshlanganini ma’lum qildi.

Shuningdek, Toshqulov ijarada turuvchi talabalar ham yashil, sariq va qizil ranglarga ajratilishini qayd etib o‘tdi.

Vazirning aytishicha, u talabalar yotoqxonasiga borib, o‘sha yerdagi bir talaba bilan suhbatlashgani, tunni talabalar yotoqxonasida o‘tkazganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 27-fevral kuni Yunusobod tumanidagi xonadonlardan birida ijarada yashab kelgan 5 nafar talaba jasadi o‘tkir zaharlanish alomatlari bilan topilgan. Ushbu fojiadan so‘ng ijarada yashovchi talabalarni monitoring qilish bo‘yicha topshiriq berildi.

Shuningdek, Toshkent davlat yuridik universitetining 3-bosqich talabasi ham ishlab, ham yashayotgan qurilish obyekti hududidagi lift shaxtasiga yiqilib vafot etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“Temur ham, Bobur ham Hindistonni aql bilan olgandi”. Twitter foydalanuvchilari shaxmat Olimpiadasidagi g‘alaba haqida
Dunyo
AQSH armiyasi yollanma askarlar tanqisligiga duch kelmoqda — Bloomberg
Madaniyat
Instagram: Tug‘ilgan kunini nishonlagan Shahzoda Matchonova, yangi mashinali bo‘lgan Aziza Xalilova, farzandli bo‘lgan Yulduz Nizomova