• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Timsohlarga yem bo‘lgan askarlar. Ikkinchi jahon urushining eng g‘ayrioddiy halokati haqida

    1945-yil 19-fevralda urushlar tarixida g‘ayritabiiy va ayanchli hodisa ro‘y berdi. Bir to‘da timsoh botqoqlar orqali inglizlardan qochishga urinayotgan mingga yaqin yapon askarlarini yeb qo‘ydi. Bugun “Daryo” ushbu voqea tafsilotlari haqida hikoya qiladi.

    Buyuk Britaniyaning Birma mustamlakasi (Myanma) 1941-yil dekabrda Ikkinchi Jahon urushiga kirgan Yaponiya uchun strategik ahamiyatga ega edi. Ramri jangi Yaponiya imperatori tomonidan qo‘lga kiritilgan Akyab shahridan 110 km janubda, Birma qirg‘og‘ida joylashgan Ramri orolida 1945-yil 14-yanvardan 22-fevralgacha – olti hafta davom etdi. 1945-yil yanvar oyida ingliz-hind ittifoqchilari Ramri va unga qo‘shni bo‘lgan Chedub orolini qaytarib olish uchun hujum boshlashdi.

    Foto: Ishvetsov

    Foto: Ishvetsov

    Aslida, inglizlarning orolda qamal qilingan yaponlar ustidan qo‘lga kiritgan g‘alabasi u qadar ham strategik ahamiyatga ega emas edi, ammo botqoqdan kechib o‘tayotgan yapon askarlarining yirtqich timsohlar hujumiga uchrashi ushbu jangni tarixga muhrladi. Yapon askarlarning aksariyati zaharli hasharotlar va ilonlar hujumidan, boshqalari ochlikdan va toza suv yetishmasligidan vafot etdi. Ammo eng ko‘p sonli askarlar mahalliy botqoqlarda yashovchi ulkan timsohlar hujumi oqibatida halok bo‘lishgandi. Jangda qatnashgan britaniyalik askar Bryus Stenli Raytning so‘zlariga ko‘ra, orolda bo‘lgan mingdan ortiq yapon askarlari orasidan faqat 20 nafarigina inglizlar tomonidan asirga olinadi va ular shok holatida bo‘ladilar.

    Gap shundaki, asirga olinmay qolgan yana 1215 kishi botqoqlardan o‘tishga harakat qilayotganda timsohlarga yem bo‘lgan. Rayt voqeani shunday tasvirlaydi:

    “1945-yil 19-fevralning tunida har qanday jangchi boshidan kechirishi mumkin bo‘lgan eng yomon hodisa yuz berdi. Botqoqlikning zulmati aro vahshiy miltiqlarning o‘q ovozlari yangradi, lekin ularni yaponlarning baqiriqlari bosib ketdi, ular ulkan sudralib yuruvchilarning tishlari orasida halok bo‘ldilar”.

    To‘g‘ri, miltiqlar u qadar ham foydasiz qurol emasdi, ammo ular og‘irligi bir yarim tonna keladigan yirtqichlarni to‘xtatib qolish uchun o‘ta ojizlik qilardi. Bundan tashqari botqoqlik ham timsohlar uchun yetarlicha mustahkam himoya vositasi vazifasini o‘tagan edi.

    Foto: Warhead

    Foto: Warhead

    Ginnesning rekordlar kitobida timsohlar hujumi bilan bog‘liq ushbu hodisa “dunyodagi timsohlar bilan bog‘liq bo‘lgan eng dahshatli ofat” va “timsoh hujumi natijasida eng ko‘p odam qurbon bo‘lgan voqea” deb tan olindi.

    Yaponiya armiyasi polkovnigi Yasu Yunuko o‘zining maxfiylashtirilmagan hisobotida quyidagicha guvohlik beradi:

    “Ramri mangrov botqoqlaridan o‘sha bo‘linmadan atigi 22 askar va 3 zobit tirik qaytdi”.

    2 oydan so‘ng tekshiruv o‘tkazgan harbiy tribunalning maxsus komissiyasining tekshiruvi shuni ko‘rsatdiki, 3 kvadrat kilometr maydonga ega bo‘lgan botqoq zonasidagi suyuqlikning 24 foizi inson qoni bo‘lib chiqadi.

    Voqeaning chindan ham sodir bo‘lgan yoki yo‘qligi bir qancha shubhalarga sabab bo‘lgan. Sababi bir botqoqda yuzlab timsohlarning to‘planishi o‘ljani taqsimlay olish jihatidan ham, urg‘ochisi bilan munosabat jihatidan ham haqiqatga u qadar to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Tarixchi Frenk Maklin Birma kampaniyasiga bag‘ishlangan kitobida dahshatli qirg‘in tarixini yorituvchi asosiy dalillarni va ayniqsa, askar Raytning voqeani talqin etish uslubini rad etadi. Maklinnning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda Raytning orolda bo‘lganligi to‘g‘risida hujjatli dalillar yo‘q. Bundan tashqari, tarixchi timsohlarning hujumi haqidagi “afsona”ning ilmiy nuqtayi nazardan qoidalarga qarama-qarshi ekanligini ta’kidlaydi. Maklinnning so‘zlariga ko‘ra, yuzlab yapon askarlarini go‘yoki yeb qo‘ygan bu sudralib yuruvchilar Ramrining tabiiy sharoitida omon qololmasdilar, sababi ular shunchaki yetarli ozuqaga ega bo‘lmas edilar!

    Voqeaning haqiqatligiga 2016-yil sentabr oyida National Geographic kanalida efirga uzatilgan  hujjatli filmda ham e’tiroz bildirilgan. Doktor Sem Uillis orolga tashrif buyuradi va omon qolgan harbiylarning hujjatlarini ham ko‘rib chiqadi. Tadqiqotchi timsohlar qurbonlari soni haddan tashqari oshirib yuborilgan degan xulosaga keladi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Ikkinchi Jahon urushi har tomonlama o‘rganilganiga va u to‘g‘risida juda ko‘p miqdordagi hujjatli ma’lumotlarga ega bo‘lishimizga qaramay, ushbu voqea haqida ko‘p narsalar bugungi kunga qadar sir bo‘lib qolmoqda.

    Hayvonlar hujumi natijasida odamlarning ommaviy ravishda halok bo‘lishi haqida gap ketganda Ikkinchi Jahon urushi paytida 800ga yaqin odamni yeb yuborgan oq akulalar hujumi bilan bog‘liq voqeani ham ta’kidlash lozim. Bu hodisa tinch aholini olib ketayotgan kemalar bombardimon qilinganidan va cho‘kib ketgandan keyin sodir bo‘ladi. Bunisi endi umuman boshqa hikoya.

    Dilbar Ismatullayeva tayyorladi.

    19.02.2021, 19:23   Izoh (0)   110093
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Pfizer va BioNTech o‘z vaksinasini homilador ayollarda sinashni boshladi

    19.02.2021, 16:24

    AQSh kambag‘al mamlakatlarga vaksinatsiya uchun 4 mlrd dollar ajratadi

    19.02.2021, 15:47

    AQShda sovuq ob-havo qurbonlarining soni 30 kishidan oshdi

    19.02.2021, 15:23

    Qirg‘iziston prezidenti mamlakatda rus tili maqomining o‘zgartirilishiga qarshi chiqdi

    19.02.2021, 14:22

    AQSh Xitoy bilan savdo urushi oqibatida ko‘radigan zararini hisoblab chiqdi

    19.02.2021, 13:45

    Koronavirusga qarshi emlanishdan bosh tortganlar Vatikanda ishdan haydaladi, Indoneziyada esa jarimaga tortiladi

    19.02.2021, 13:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shomurodov kelajagi borasida qaror qabul qildi — Romapress

    Sport | 3 iyul, 09:55

    “Kalmar o‘yini”ning uchinchi mavsumi Netflix’da rekord o‘rnatdi

    Kino | 3 iyul, 09:51

    Bali qirg‘oqlari yaqinida 65 kishi bo‘lgan parom cho‘kib ketdi

    Dunyo | 3 iyul, 09:48

    O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 800 mln so‘mdan ortiqqa sotildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 09:45

    USAID’ning faoliyati butunlay tugatildi

    Dunyo | 3 iyul, 09:06

    Hansi Flik “Barselona” rahbariyatiga ikki futbolchini “sotilmaydigan” deb e’lon qilgan

    Sport | 3 iyul, 09:03

    AQSH Isroilga bunkerga qarshi bombalar yetkazib bermoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 08:34

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.