• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Koronavirusga qarshi emlanishdan bosh tortganlar Vatikanda ishdan haydaladi, Indoneziyada esa jarimaga tortiladi

    Vatikan hukumatining farmoniga ko‘ra, tibbiy sabablarsiz COVID-19’ga qarshi vaksinadan bosh tortganlar ishdan bo‘shatilishi mumkin. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

    Foto: “Interfaks”

    Foto: “Interfaks”

    Vatikan gubernatori Juzeppe Bertello 8-fevral kuni farmonni imzolaganidan so‘ng hujjat atrofida qizg‘in munozara boshlandi. Italiya va dunyoning aksariyat qismida vaksina qabul qilish ixtiyoriy.

    Farmonga binoan emlashdan bosh tortish boshqalarga xavf tug‘dirishi mumkinligini hisobga olgan holda vaksina qabul qilish ma’naviy javobgarlik hisoblanadi.

    OAVda ushbu mavzu bo‘yicha e’lon qilingan xabarlardan norozi bo‘lgan Italiya aholisi ijtimoiy tarmoqlarda Vatikanni tanqid qila boshladi.

    Natijada 18-fevral kuni Vatikan hukumati emlashdan bosh tortishning oqibatlari haqida ogohlantirish hech qanday jazoni anglatmasligini aytib, vaziyatga aniqlik kiritdi. Vatikan gubernatori emlash dasturida ishtirok etish ixtiyoriy ekanligi, shunga qaramay, kimningdir emlashdan bosh tortishi uning o‘ziga va boshqalarga xavf solishi mumkinligi to‘g‘risida bayonot berdi.

    Bertello vakolatxonasi emlanishni istamaganlar uchun hukumat ish bilan ta’minlashning muqobil variantlarini izlashga tayyor ekanini ma’lum qildi. Vatikan hukumati emlash masalasida xodimlarga bosim o‘tkazmoqchi emasligi ta’kidlandi.

    Biroq Yevropa OAV ma’lumotiga ko‘ra, Vatikan haqiqatan ham emlashdan bosh tortgani uchun xodimlarni ishdan bo‘shatish huquqiga ega: bu chora 2011-yilgi qonunda mustahkamlangan.

    OAV Rim papasi Fransiskning COVID-19’ga qarshi emlash g‘oyasini faol ravishda qo‘llab-quvvatlayotganini ta’kidlamoqda. U mart oyida Iroqqa tashrifi davomida unga hamrohlik qiladigan barcha jurnalistlarning koronavirusga qarshi emlanishi kerakligi haqida ogohlantirdi.

    Vatikanda besh mingga yaqin kishi ishlaydi. Mamlakatda koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasi bilan emlash yanvar oyi boshida boshlangan. Rim papasi Fransisk allaqachon barqaror immunitetni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan vaksinaning ikkala komponentini qabul qilgan.

    Mavzuga doir: Rim papasining shaxsiy shifokori koronavirusdan vafot etdi

    Shuningdek, Indoneziya poytaxti Jakartada koronavirusga qarshi emlashni rad etganlar uchun jazo tayinlanishi haqida xabar berildi.

    Qayd etilishicha, ushbu holda poytaxt aholisiga jazoning ikkita usuli — ijtimoiy yordamni uzib qo‘yish yoki 357 dollar atrofida jarima belgilanadi. Jakarta ma’muriyati mamlakatda virus yuqtirganlarning to‘rtdan biri qismi poytaxtga to‘g‘ri kelayotgani sababli mazkur choralar zarurligini ta’kidlagan.

    COVID-19’ga qarshi emlash kampaniyasi Indoneziyada yanvar oyida boshlangan. Hokimiyat 15 oy ichida 270 million aholining 181,5 million nafarini emlashni rejalashtirmoqda.

    Avvalroq Germaniyadagi keksa insonlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarish qilish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalardan biri koronavirusga qarshi emlanishni istamagan yetti nafar xodimini ishdan bo‘shatgan edi. Bild nashrining yozishicha, Germaniyada vaksinatsiya ixtiyoriy ravishda o‘tkazilmoqda va mazkur xodimlarning infeksiyaga qarshi emlanishdan bosh tortgani sabab ishdan bo‘shatilishi birinchi holat hisoblanadi.

    Mavzuga doir:

    • Peru tashqi ishlar vaziri navbatsiz emlanganidan keyin iste’fo berganini e’lon qildi
    • Braziliyada koronavirusga qarshi emlash vaksina tanqisligi sabab to‘xtatildi

    19.02.2021, 13:09   Izoh (0)   19153
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    NATO Iroqqa minglab harbiylarni kiritadi

    19.02.2021, 12:36

    Amerikaning Perseverance marsoxodi Marsga muvaffaqiyatli qo‘ndi

    19.02.2021, 10:53

    AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketishga shoshilmoqchi emas

    19.02.2021, 10:21

    Venesuelada aholini “Sputnik V” vaksinasi bilan emlash boshlandi

    19.02.2021, 09:46

    Quddus shahri olti yillik tanaffusdan keyin yana qor bilan qoplandi (foto+video)

    19.02.2021, 08:08

    Buyuk Britaniya kompaniyalarining xodimlari ommaviy ravishda ishdan bo‘shatilishi mumkin

    19.02.2021, 07:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
    Audio Icon

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    13 avgust, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda aralash mato va gazlama 2028-yilgacha bojxona bojidan ozod etiladi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 15:49

    Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasi taklifini rad etdi — Bild

    Sport | 13 avgust, 15:34

    Grok G‘azo bo‘yicha javobi uchun vaqtincha bloklandi

    Dunyo | 13 avgust, 15:31

    O‘zbekistonda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinadi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 15:23

    “Rossiya Ukraina bilan urushda g‘alaba qozondi” — Vengriya bosh vaziri

    Dunyo | 13 avgust, 15:15

    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz

    Reklama | 13 avgust, 13:45

    O‘zbekistonda fermerlarga paxtaning har bir tonnasi uchun 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:57

    Shavkat Mirziyoyev paxta “spekulyatsiyasi” bilan shug‘ullanayotganlarni tanqid qildi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:46

    Misrdagi tilla bilan qoplangan eng qadimgi mumiyo qanday ko‘rinishda? (foto)

    Ilm-fan | 13 avgust, 14:45

    Shveysariyada tezlikni oshirgan haydovchi 110 ming dollar jarimaga tortildi

    Dunyo | 13 avgust, 14:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.