• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “So‘xliklar televideniyeda ishlaganimni bilgani uchun to‘polonni tasvirga olishimni talab qilishdi”. “So‘x voqealari” ishida guvohlar tinglandi

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudida “So‘x voqealari” aybdorlari ishi yuzasidan navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Sud ishida besh nafar jabrlanuvchi va bir nafar guvoh 2020-yil 31-may kun sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

    Bizda ayb yo‘q, tinchlikni saqlagani borgan edik

    “30-maydan 31-mayga o‘tar kechasi xizmatda edim. 31-may kuni Chashma qishlog‘ida fuqarolar o‘rtasida o‘zaro nizo kelib chiqqani haqida xabar qilishdi. O‘sha kuni soat 11:00 da ommaviy tartibsizliklarni bartaraf qilish uchun Chashmaga chiqdik. Biz Chashmaga yetib borganimizda u yerda IIB xodimlari, chegarachilar va mansabdor shaxslar bor ekan. O‘zbekiston tomonidan ham, Qirg‘iziston tomonidan ham toshlar otilayotgan edi. Biz tartibni saqlashga harakat qildik. Odamlarni himoya qilib, jonli devorda turdik. Odamlar bizni chegaraning oxirgi nuqtasigacha surib olib bordi.

    Odam juda ko‘p edi. Ko‘pchilikning ichida kimdir sherigimning qurolini tortib olishga urindi. Lekin qurolni ololmadi. Sherigim qurolini bo‘yniga osib olgandi. Shu qurolining ipiga bo‘g‘ilib, hushidan ketib qoldi. Men uni chetga olib chiqib, o‘ziga kelganidan keyin tez yordam mashinasida shifoxonaga jo‘natib yubordim. Keyin xizmatni davom ettirdim. Toshbo‘ron tungi 23:20 larga qadar davom etdi. Kechqurun Farg‘onadan IIB xodimlaridan iborat maxsus bo‘linma yetib keldi. Keyin tarqaldi odamlar.

    To‘polonda menga ham tosh tegdi. Qovog‘im yorildi. Toshni kim otganini aniq bilmadim, lekin uni bizning fuqarolarimiz otgan edi. Ommaviy tartibsizliklarda ko‘pchilik jarohat oldi. Bizda nima ayb, biz tinchlik saqlagani borgan edik u yerga. Jarohatim bo‘yicha tibbiy yordam oldim. Lekin shikoyat qilmaganman. Sudlanuvchilardan birortasini tanimayman. Ularga hech qanday da’voyim yo‘q”, — dedi jabrlanuvchi I.Sh.

    Ikki marta o‘q uzildi

    “Bu sud jarayonlari haqida anchadan buyon eshityapmiz, o‘qiyapmiz. Bloger do‘stlarimiz hammasini yoritib borishyapti. Adolatli sud bo‘lyapti. Buning uchun rahmat sizlarga.

    31-may, yakshanba dam olish kuni bo‘lgani uchun uyda edim. Bir vaqt tez yordam va o‘t o‘chirish mashinalarining ovozi eshitila boshladi. Hamma joyni shovqin, vahimali ovozlar bosib ketdi. Nima bo‘lganini bilish maqsadida ko‘chaga chiqdim. Qarasam, hamma Chashma tomonga qarab ketyapti. Kasbim tufayli tumandagi masalalar bilan qiziqib, surishtirib turaman. Ayniqsa, tez yordam yoki o‘t o‘chirish mashinasi ovozini eshitsam, nima hodisa bo‘lganini bilishga harakat qilaman. Tibbiyotga – bosh shifokorga, ichki ishlarga yoki yong‘in xavfsizligi bo‘limiga telefon qilib, nima bo‘lganini so‘rashga odatlanganman. O‘sha kuni ham nima bo‘layotganiga aniqlik kiritish uchun ishxonaga bordim. Bilsam, juda notinchlik. Chashmada janjal chiqqanini aytishdi. Ishxonada o‘tira olmadim. Hokimiyatdagilar bilan bog‘lansam, ular Chashmaga ketib bo‘lgan ekan. Tezda yo‘lga chiqib, o‘sha yerga yetib bordim. Odam juda ko‘p edi. Mashinada tepagacha chiqishning iloji yo‘q ekan. Mashinani pastroqda qoldirib, u yog‘iga piyoda chiqdim.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ko‘chaning boshida viloyat hokimining mashinasi turgan ekan. Men ham o‘sha tomonga bordim. Viloyat hokimi o‘sha yerda to‘planib turgan odamlarni tinchlantirib, tushuntirishga harakat qilayotgan edi. ‘Men bor, davlat bor, o‘zimiz hal qilamiz hamma muammoni. Sizlar tinchlaninglar, tarqalinglar’, — dedi viloyat hokimi. O‘sha yerdagi aholi Chashmadan ham suv ichadi, ham yerlarini sug‘oradi. Chashma bo‘lmasa, ular suvsiz qolib ketadi. Shuning uchun odamlar Chashma bizniki, deb talashishdi.

    Men ham odamlarni tartibga chaqirishga harakat qildim. Odamlar endi tinchlanganida yo tez yordam, yo o‘t o‘chirish mashinasi o‘tib qolardi va yana shovqin, to‘polon boshlanib ketardi. Odam ko‘p, vaziyat vahimali edi. Birov birovni tanimaydigan holat. Bir dona, bir donadan ikki marta o‘q uzilganini eshitdim. Tepadan juda ko‘p toshlar otildi. Menga ham tosh tegdi. Ko‘z oldim qorong‘ilashib ketdi. Chetga chiqib, o‘n daqiqacha devorga suyanib turdim. O‘zimni bir tekshirtirib, ahvolimni bilish uchun shifokorlarga ko‘rindim. Keyin bilsam, qon bosimim ko‘tarilib ketgan ekan. Lekin hech kimga shikoyat qilmadim. Keyin ishxonaga ketib, kuni bilan o‘sha yerda bo‘ldim. Shuning uchun qolgan voqealar qanday bo‘lganini ko‘rmadim. Qirg‘izlar palaxmondan o‘t otib, ikkita uyni yoqib yuborishganini eshitdim. Yonib ketgan uylarni hukumatimiz to‘liq tiklab berdi. Lekin u yerda hech kim yashamayapti hozir. Pastroqdan boshqa uy qilib berilgan ularga. Sudlanuvchilarning hammasini taniyman. Ko‘plari o‘zimning o‘quvchilarim. Ularni voqea joyida ko‘rmaganman. Sudlanuvchilarga hech qanday da’voyim yo‘q”, — dedi jabrlanuvchi F.M.

    Mashinalarning oynasi sinib yotgan ekan

    “Tuman hokimligida ishlayman. 31-may yakshanba kuni edi. Ertalab ishxonadan telefon qilib, chaqirishdi. Hokimiyatga borib, xonamda ishlab o‘tirgandim. Soat 11:00 da telefon bo‘ldi. Chashmada janjal boshlanganini aytishdi. Televideniye xodimlari bilan Chashmaga bordik. Mashinadan 11-maktabning oldida tushib, keyin tepaga qarab yurdik. Tepada juda ko‘p odamlar to‘planib turganini ko‘rdim. Viloyat hokimi o‘sha yerda odamlar bilan suhbatlashayotgan ekan. ‘Sizlar orqaga qaytinglar, o‘zim borib hamma muammoni hal qilaman’, — dedi viloyat hokimi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    So‘xda shunaqa odat bor: 27 ta mahallada yashaydigan odamlarning hammasi bir-birini taniydi. Ismini bilmasa ham, kim nima ish qilishini, qayerda ishlashini bilishadi. Men ko‘p yillar televideniyeda ishlaganman. Ko‘pchilik buni biladi. Shuning uchun mendan bo‘layotgan voqealarni tasvirga olishimni talab qilishdi. Men hozir televideniyeda ishlamasligimni, yonimda kamera yo‘qligini, syomka qilolmasligimni aytdim. Lekin odamlar bu gaplarni tushunishni istashmadi. Meni o‘rtaga olib, bir necha marta tasvirga tushirishimni talab qilishdi. O‘zi jigarim og‘riydi, anchadan beri kasal edim. Olomonning orasidan zo‘rg‘a chiqib oldim. Keyin ishxonaga qaytib ketdim.

    Sudlanuvchilarning hammasini taniyman. Lekin voqea joyida ularning hech birini ko‘rmaganman. Qirg‘izlar tomondan maxsus palaxmonda tosh otishganini ko‘rdim. O‘sha joyda bitta Nexia va bitta harbiy mashinaning oynalari sinib yotgan edi. Lekin mashinalarga kim qachon tosh otganini, oynalarini sindirganini bilmayman”, — dedi guvoh A.J.

    Jabrlanuvchilar va guvohlarning ko‘rsatmalari tinglangach advokatlar va prokuratura xodimi ularga savollar bilan murojaat qildi.

    Sud 12-fevral, juma kuni o‘z ishini davom ettiradi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Eslatib o‘tamiz, viloyatning So‘x tumani Chashma qishlog‘ida qo‘shni davlat fuqarolari bilan suv masalasidagi mojaroda ishtirok etgan 22 nafar shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini sudda ko‘rib chiqish jarayoni 2020-yil 9-noyabr kuni boshlangan edi. Shundan so‘ng 23—30-noyabr kunlariga tayinlangan sud majlislari ayrim sabablarga ko‘ra belgilangan vaqtda o‘tkazilmadi.

    Jinoyat ishi doirasida 9 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish va 13 nafar shaxsga uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Sudlanuvchilar orasida ikki nafar voyaga yetmagan shaxs ham bor. Sudda voyaga yetmagan sudlanuvchilarning qonuniy vakillari ishtiroki ta’minlangan.

     Ushbu jinoyat ishi doirasida dastlabki tergov organi tomonidan 22 nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga o‘zining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek, qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish) va 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) bilan ayblov e’lon qilingan.
    Mavzuga doir: 
    • Farg‘onada “So‘x voqealari”da ayblangan 22 kishi ustidan navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi
    • “So‘x voqealari”da ayblanayotganlar navbatdagi sud majlisida dastlabki ko‘rsatmalarini rad etdi
    • “So‘x voqealari”ni o‘rganayotgan sudda so‘z olgan ayblanuvchi Vatanini himoya qilganini ma’lum qildi

    11.02.2021, 22:53   Izoh (0)   28224
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dehqonobodda Zarafshon archasi kesilishiga yo‘l qo‘yib bergan o‘rmonchilar salkam 194 million so‘m jarimaga tortilishi mumkin

    11.02.2021, 22:38

    Samarqandda 5 kishi pomidor konservadan zaharlandi. Ulardan biri vafot etdi

    11.02.2021, 21:45

    Toshkent–Nur-Sulton–Toshkent yo‘nalishida aviareyslar soni ko‘paytiriladi

    11.02.2021, 20:48

    Abduqodir Toshqulov OTMlarning aloqa telefonlari ishlamasligini tanqid qildi

    11.02.2021, 20:10

    O‘zbekistondagi banklar indeksi yangilandi. Birinchi o‘rinlar “Kapitalbank” va “Davrbank”ka nasib etdi

    11.02.2021, 19:56

    Surxondaryoda jurnalistlar uchun uy quriladi. Uyning boshlang‘ich to‘lovi hokimiyat tomonidan to‘lab berilishi ma’lum qilindi

    11.02.2021, 19:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Botafogo”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 28 iyun, 23:48

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41

    Ukraina: Odessada qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

    Dunyo | 28 iyun, 22:20

    Italiyaning ko‘plab shaharlarida jazirama sabab “qizil” ogohlantirish e’lon qilindi

    Dunyo | 28 iyun, 21:55

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.