“Barselona” jamoasi Ispaniya Kubogi yarim finali doirasida 10-fevral, chorshanba kuni “Sevilya”ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 11-fevralga o‘tar kechasi 01:00 da boshlanadi.
Katalonlar ustozi Ronald Kuman uchrashuvga jalb etilgan futbolchilar kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi. Undan 20 nafar futbolchi o‘rin olgan.
Uchrashuvni jarohat sabab Xerard Pike, Ronald Arauxo, Serjinyo Dest, Serxi Roberto, Miralem Pyanich, Martin Breytueyt, Ansu Fati va Filippe Koutinyo kabi futbolchilar o‘tkazib yuboradi.
Qaydnomadan joy olgan futbolchilar bilan tanishing:
Darvozabonlar: Mark Andre ter Shtegen, Neto, Inyaki Penya;
Himoyachilar: Samuel Umtiti, Kleman Langle, Xordi Alba, Xunior Firpo, Oskar Mingesa;
Yarim himoyachilar: Serxio Buskets, Frenki de Yong, Pedri Gonsales, Rikard Puch, Ilayks Moriba, Mateus Fernandes, Aleks Kollado;
Hujumchilar: Lionel Messi, Antuan Grizmann, Usmon Dembele, Fransishku Trinkau, Konrad de la Fuente.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)