“Bavariya” klubi Bundesliga 20-turi doirasida 5-fevral kuni “Herta” maydoniga safar qildi va 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Myunxenliklar sardori Manuel Noyer “Herta”ga qarshi bahslardagi 16-quruq o‘yinini o‘tkazdi. Shu tariqa Noyer Bundesliga tarixida bitta raqibga qarshi bahsda bu qadar ko‘p quruq o‘yin o‘tkazgan ilk darvozabonga aylandi.
Bu 34 yoshli posbon uchun Bundesligadagi 198-quruq o‘yin bo‘ldi. Avvalroq Noyer bu borada Oliver Kanning (196) rekordini yangilagandi.
Manuel 2011-yildan buyon “Bavariya”da faoliyat yuritadi. Shu vaqtga qadar u myunxenliklar safida 415 o‘yin o‘tkazib, ularning 205 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
“Bavariya” ayni damda Bundesligada 48 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)