Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) Osiyoning so‘nggi o‘n yillikdagi eng yaxshi uch nafar futbolchisi nomini e’lon qildi.
Reytingni tuzishda Osiyo futbol konfederatsiyasiga (OFK) a’zo mamlakatlar futbolchilarining 2011—2020-yillardagi natijalari hisobga olindi.
Unga ko‘ra, “Tottenhem” klubi va Janubiy Koreya terma jamoasi hujumchisi Son Hyon Min Osiyoning so‘nggi o‘n yillikdagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Ikkinchi o‘rin SSKA va “Milan” klublari sobiq futbolchisi, hozirda “Portimonense”da faoliyat yuritayotgan yaponiyalik yarim himoyachi Keysuke Hondaga nasib etdi.
Kuchli uchlikni “Al-Hilol” klubi va Saudiya Arabistoni terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Salim ad-Dosari egalladi.
Mavzuga doir:
- So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi to‘purar himoyachilari aniqlandi. Ramos peshqadam, o‘zbekistonlik futbolchi top-20 ga kirdi
- 2020-yilning eng yaxshi futbol klublari reytingi e’lon qilindi. “Paxtakor” dunyo bo‘yicha 85-o‘rinda, Osiyoda esa to‘rtinchi
- 2020-yilning eng kuchli futbol ligalari aniqlandi. O‘zbekiston Superligasi top-50 dan o‘rin oldi
Darvozabon: Metyu Rayan (Avstraliya);
Himoyachilar: Muhammad al-Burayk (Saudiya Arabistoni), Takehiro Tomiyasu (Yaponiya), Maya Yoshida (Yaponiya), Terathon Bunmathan (Tailand);
Yarim himoyachilar: Vu Ley (Xitoy), Keysuke Honda (Yaponiya), Salim ad-Dosari (Saudiya Arabistoni);
Hujumchilar: Son Hyon Min (Janubiy Koreya), Umar as-Soma (Suriya), Almoiz Ali (Qatar).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)