• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Krishtianu Ronaldu 36 yoshda. Portugaliyalik yulduz yangilaydigan yana qanday rekordlar bor?

    Krishtianu Ronaldu 2021-yilning 5-fevral sanasida 36 yoshni qarshiladi. Statistika aytib turibdiki, portugaliyalik yillar o‘tishi bilan faqat yaxshilanib bormoqda va rekordlarni yangilashda davom etmoqda. “Yuventus” hujumchisi garchi futbolchi uchun yosh hisoblanmagan sonlarni allaqachon urib qo‘ygan bo‘lsa-da, hali faoliyatini yakunlash haqida o‘ylayotgani yo‘q. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, u Turin klubi bilan amaldagi shartnomasini 2023-yilgacha uzaytirmoqchi. Shunday ekan, u hali sanoqsiz rekordlarni yangilay oladi. Hozir esa aynan ushbu rekordlar haqida fikr yuritiladi. Boisi eskilari juda ko‘p va ular haqida ortiqcha eslashdan ma’ni yo‘q. Buning ustiga bunga vaqt ham kamlik qiladi.

    Futbol tarixidagi eng ko‘p sovrin yutgan futbolchiga aylanish

    Hozirda Dani Alvesh dunyoda eng ko‘p sovrin qo‘lga kiritgan futbolchi hisoblanadi (42 ta). Krishtianu ushbu ro‘yxatda 33 ta sovrin bilan atigi to‘qqizinchi pog‘onada joylashgan. Xuddi shuncha sovrin “Barselona” sobiq yarim himoyachisi Xavida ham mavjud. 2021-yil yanvarida portugaliyalik “Yuventus”ga Italiya Superkubogini qo‘lga kiritishda yordam berdi. Ushbu ro‘yxatda birinchi o‘ringa ko‘tarilish juda qiyin masala, biroq shunga qaramay, bu yerda Messiga yetib olish Ronaldu uchun qo‘shimcha motivatsiya bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Hozirda argentinalikning hisobida 36 ta sovrin bor.

    Chempionlar Ligasida eng ko‘p g‘alaba qozongan futbolchiga aylanish

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Chempionlar Ligasidagi g‘alabalar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda 6 ta g‘alaba bilan “Real” sobiq hujumchisi Pako Xento turadi. Krishtianuda esa bu ko‘rsatkich beshtaga teng: “Manchester Yunayted” bilan bir bor, to‘rtta marta “Real” safida. Ushbu holatda Xentoga yetib olish va undan oshib ketish haqiqatdan unchalik yiroq emas.

    Uchta jamoa safida Chempionlar Ligasida g‘olib chiqish

    Chempionlar Ligasining bosh sovrinini uch xil jamoa bilan qo‘lga kiritish faqat Klarens Zeyedorf va Samyuel Eto’Oga nasib etgan. Zeyedorf 1994/1995-yilgi mavsumda “Ayaks”, 1997/1998-yillarda “Real”, 2002/2003 va 2006/2007-yilgi mavsumlarda esa “Milan” bilan musobaqa bosh sovrinini boshi uzra baland ko‘targan. Eto’O 1999/2000-yilgi mavsumda “Real”, 2005/2006 va 2008/2009-yillarda “Barselona”, 2009/2010-yillarda esa “Inter” bilan shunday natijaga erishadi. Ronaldu “Manchester Yunayted” va “Real” tarkibida musobaqada g‘olib chiqqan. Agar portugaliyalik “Yuventus” bilan ham g‘alaba qozonsa, afsonalarga yetib oladi. Ularni ortda qoldirish uchun esa Krish boshqa top-klubga o‘tishi va tarixni qayta yozishi kerak bo‘ladi.

    Jahon bo‘yicha terma jamoa tarkibida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylanish

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Ronaldu hozirda bu ko‘rsatkich bo‘yicha eronlik Ali Daidan yettita golga ortda qolmoqda: 109 ga 102. Katta ehtimol bilan 2021-yilda portugaliyalik jahon rekordini yangilaydi.

    Yevropa chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanish

    Krishtianu Ronaldu to‘rtta Yevropa chempionatida to‘qqizta gol urgan. Yevro—2004 da ikkita, Yevro—2008 da bitta, 2012 va 2016-yilgi Yevrolarda esa uchtadan gol urgan portugaliyalik hozirda musobaqaning final qismidagi gollar soni bo‘yicha Mishel Platini bilan birinchi o‘rinni baham ko‘rmoqda. Agar Ronaldu kamida bitta gol urishni uddalasa, yakka peshqadamga aylanadi, qoladi.

    APL, La Liga va A Seriyada “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritish

    Portugaliyalik APLda bir marta, La Ligada esa uch bor musobaqaning eng yaxshi to‘purariga beriladigan sovrinni qo‘lga kiritgan. Ronaldu 2019/2020-yilgi mavsumda A Seriyada ham ushbu sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin edi, ammo so‘nggi pallada Immobile undan ustun keldi. 2020/21-yilgi mavsumda Krishtianuda to‘purar bo‘lish uchun barcha imkoniyat bor, u hozirda Lukakuni bitta to‘p farqi ortda qoldirmoqda. Agar portugaliyalik A Seriyaning eng yaxshi to‘purariga aylanishni uddalasa, APL, La Liga va A Seriyada ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan ilk futbolchiga aylanadi.

    Chempionlar Ligasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylanish

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Ayni paytda faoliyatini yakunlagan Iker Kasilyas Chempionlar Ligasidagi o‘yinlar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda (177 ta o‘yin). Ronalduning unga yetib olishi uchun hech qancha qolmadi. “Yuventus” forvardining hisobida 174 ta uchrashuv bor. Uning azaliy raqibi Lionel Messida esa bu ko‘rsatkich 147 tani tashkil qiladi.

    A Seriyaning bir mavsumida eng ko‘p gol urgan o‘yinchiga aylanish

    1928/1929-yilgi mavsumda “Torino” safida Gino Rossetti, 2015/16-yilgi birinchilikda esa Gonsalo Iguain (“Napoli”da) 36 tadan gol urgan. Agar “Yuventus”da birinchi va ikkinchi mavsumda portugaliyalik mos ravishda 21 va 31 ta gol urgan bo‘lsa, joriy mavsumda u deyarli har bir o‘yinda yo‘q deganda bittadan gol urib kelmoqda. Ronaldu Italiya chempionatining 16 o‘yinida 15 ta gol urdi. Agar u ketishda davom etsa, rekordni yangilashi yoki takrorlashi hech gap emas.

    “Yuventus” tarkibida bir mavsum davomida hammadan ko‘proq gol urish

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Yuqoridagi mavzudan uzoqlashmagan holda shuni qo‘shimcha qilish kerakki, “Yuventus” safida bir mavsum davomida eng ko‘p gol urgan futbolchi Ferens Xirzer hisoblanadi. 1925/1926-yilgi mavsumda u Italiya chempionati darvozabonlarini 35-marta ranjitgan.

    A Seriyada gol urgan eng yoshi katta futbolchi bo‘lish

    Hozirda bu yutuq Zlatan Ibragimovichga tegishli bo‘lib, u joriy mavsumda ham gollar urishdan “uyalayotgani” yo‘q. Ronaldu 2023/2024-yilgi mavsumgacha ushbu yutuqdan oshib keta olmasligi aniq, agar bu mavsum Zlatan uchun oxirgisi bo‘lsa, albatta.

    Mavzuga doir:

    • “Abort qildirmoqchi bo‘lganman, biroq Xudo Krishtianuning tug‘ilishini xohlagan”. Ronalduning onasi haqida kichik hikoya
    • “Hech narsa demasdan o‘z stolini 40 daqiqa kutdi”. Krishtianu Ronalduning maydon va uning tashqarisida mutlaq chempion ekanligi haqida kichik hikoya
    • Krishtianu Ronalduning hashamatli saroylari, qimmatbaho mashinalari, shaxsiy samolyot va biznes imperiyasi haqida
    • Bugatti, Ferrari, Lamborghini va Rolls-Royce. Krishtianu Ronalduning garajiga sayohat (foto)
    • Kasilyasdan Kokegacha. Krishtianu Ronaldu bilan chiqisha olmagan dunyo futboli yulduzlari haqida

    05.02.2021, 23:04   Izoh (0)   25380
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ispaniya Kubogi yarim finaliga qur’a tashlandi

    05.02.2021, 21:09

    APL. Yanvar oyining eng yaxshi murabbiyi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi

    05.02.2021, 19:00

    APL. Yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi

    05.02.2021, 18:18

    “Jenoa” sardori: “Eldor Shomurodov meni hayratda qoldirdi”

    05.02.2021, 18:01

    “Ayaks” darvozaboni Andre Onana 1 yilga diskvalifikatsiya qilindi. U rafiqasining futbolchilar uchun taqiqlangan dorisini ichib qo‘ygan

    05.02.2021, 17:00

    London uzra qora bulutlar: Joze Mourinyo murabbiylik faoliyatida navbatdagi antirekordni qayd etdi

    05.02.2021, 16:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00

    Xabi Alonso “Chelsi” yetakchisi Koul Palmerni “Real”ga olib kelmoqchi

    Sport | 19 iyul, 22:57

    Air China aviakompaniyasi Pekindan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 22:55

    Janubiy Koreyada 4 kundan beri yog‘ayotgan yomg‘ir sabab 5 kishi halok bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 19 iyul, 22:35

    Latviya minglab rossiyalikni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 19 iyul, 22:10

    Isroil AQSHdan G‘azodagi falastinliklarni ko‘chirishda yordam so‘ramoqda

    Dunyo | 19 iyul, 21:40

    AQSH razvedkasi Obamani Rossiyaning saylovlarga aralashgani haqidagi soxta ma’lumotlarni tarqatishda aybladi

    Dunyo | 19 iyul, 21:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.