• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Saylov nega surildi, koronavirusning “britancha” shtammi qanaqa, san’atdan siyosatga yurish

    Qishning iliq ob-havosi ostida Ahad Qayumning uzuq-yuluq videolari muhokamasi bilan yana bir haftani o‘tkazdik. Dayjestimiz xabarlarida ham hafta ob-havosi singari iliqlik yo‘q emas. Falokatlar bo‘lmasa, narxlar joyida qolsa, yashirincha yozilgan baqir-chaqirli audiolar tarqalmasa – yaxshi hafta deganlari shu.

    Koronavirus pandemiyasi cheklovlari yana-da yumshatilyapti. 28-yanvardan konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etishga ruxsat berildi. Albatta, ma’lum shartlar asosida. Konsert saroylarining tomoshabin sig‘imini inobatga olgan holda tomoshabinlar sonini 50 foizdan oshirmagan holda tashkil etish; konsert saroylarining tomoshabin o‘rindiqlaridan oraliq masofani saqlagan holda foydalanilishini ta’minlash va bu borada oraliq masofani saqlash uchun talab etiladigan o‘rindiqlarni konservatsiya qilish; konsert saroylariga tashrif buyuruvchi tomoshabin hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar qat’iy niqobda bo‘lish talab qilinadi. Bu cheklov o‘tgan yilning 15-martida joriy qilingan, shundan keyin hamma konsertlar Instagram’ga ko‘chgandi.

    Shu kuni kafe va restoranlar 23:00 gacha ishlashiga bo‘lgan taqiq ham olib tashlandi. Avvalroq to‘yxona, mehmonxona, restoran hamda kafelarda 30 kishidan ko‘p bo‘lgan ko‘ngilochar tadbirlarni koronavirusga PZR-test yoki ekspress-test tekshiruvi asosida tashkil etilishiga istisno tariqasida ruxsat berilgandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ammo 30-yanvar kuni O‘zbekistonda ilk bor koronavirusning “britancha” shtammi qayd etildi. Bu voqeani kutilmagan deyish qiyin, chunki butun dunyoga tarqalayotgan britancha virus bizgacha yetib kelishiga ajablanmasa ham bo‘ladi (shunga qaramasdan, saytimizning “eng ko‘p o‘qilgan” bo‘limida turibdi). “Britancha” shtammni o‘zbekistonlik fuqaro Dubaydan yuqtirib keldi. Aytilishicha, bemorning ahvoli qoniqarli, shikoyati yo‘q. Yangi turning vatani bo‘lgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, ushbu turdagi koronavirus avvalgilaridan 70 foizga yuqumliroq, lekin undan xavfliroq emas.

    * * *

    Aholining ko‘proq qismini uncha qiziqtirmagan, faqat ayrimlarni qiziqtirgan bir xabarimiz bor. Prezident saylovi dekabrda emas, oktabrda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Qonundagi bandlardan biri bilan Prezident, Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Jo‘rqorg‘i Kengesi, shuningdek, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari uchun o‘tkaziladigan saylovlar sanasi dekabr oyining uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasidan oktabr oyining uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasiga ko‘chirildi (2021-yilda ushbu sana 24-oktabrga to‘g‘ri kelmoqda).

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylov ikki oy oldinga ko‘chirilishini keyingi siyosiy tadbirlarni o‘tkazish, jumladan, Davlat dasturini qabul qilish va boshqa islohotlarning kechiktirilishiga sabab bo‘lishi bilan izohladi.

    Shunday qilib, elektr va gaz muammolari boshlangan dekabr oyida emas, ayni pishiqchilik, hosillar yig‘ib-terilib, to‘ylar avj olgan, aholimizning kayfiyati soz bo‘lgan oktabr oyida prezident saylaymiz. Saylovda faol bo‘lamiz, aziz vatandoshlar.

    * * *

    Yigirma yildan beri teleekrandan tushmay kelayotgan eng umri uzoq intellektual o‘yin “Zakovat” yana davom etadi. “Zakovat” o‘tgan yillar davomida uchta telekanalda uzatildi. Ammo yaqinda namoyishi to‘xtab qolgandi. Shundan so‘ng Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva “Zakovat” loyihasini otalig‘iga olgandi. Shu hafta Komil Allamjonov “Zakovat” intellektual klubi nodavlat-notijorat  tashkiloti tuzilishi haqida xabar qildi. Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva ham bu yangilikni ulashdi va “...Xotin-qizlarni bu ajoyib intellektual o‘yinda faol qatnashib, o‘z potensiallarini namoyish etishga chaqiramiz”, deb yozdi.

    Foto: Telegram / Komil Allamjonov

    Foto: Telegram / Komil Allamjonov

    Aytish lozimki, “Zakovat” ko‘rsatuvi orqali yuzlab yoshlar kashf qilindi. Ularning orasida katta muvaffaqiyatga erishganlari ko‘p. Loyiha o‘z vaqtida bilimdon yoshlarni jalb etishning uddasidan chiqqan va hozir ham istiqboli bor.

    * * *

    Odatda, dayjestimizga “Shou-biznes” sahifasidan xabar tanlamaymiz. Biroq oxirgi vaqtda shou-bizneschilarimiz faolligini oshirib shou-biznes formatida chiqib, hattoki, ijtimoiy-siyosiy ruknlarga o‘tib qolyapti. Bularning biri sobiq xonanda Jahongir Otajonovdir.

    Avvalroq u prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchiligi haqida gapirib, shov-shuvni boshlab bergandi. O‘zbekistonni O‘rta Osiyodagi eng zo‘r davlat qilish niyatini ham aytgan. Ko‘p o‘tmasdan “prezidentlik”dan “hokimlik” darajasiga tushib, Shavkat Mirziyoyevdan O‘zbekistondagi eng qoloq tuman hokimligi lavozimini so‘radi va uni boshqarib rivojlantirish xohishi borligini bildirdi.

    “Ummon” guruhining sobiq qo‘shiqchilaridan biri darhol unga o‘rinbosarlik qilish istagini yozdi. Jahongir Otajonovning niyati jiddiy chiqib, “Xalq manfaatlari” nomli partiya tuzib ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligigacha bordi, ammo vazirlik qanday javob berganini bilmaymiz. Qizig‘i shundaki, “Xalq manfaatlari” degan nomdagi partiya avvaldan bor ekan.

    Shoir va rejissor Ahad Qayum esa suhbatlardan birida o‘zini O‘rta Osiyodagi eng yaxshi prodyuser va rejissor, O‘zbekistondagi eng zo‘r aktyor deb hisoblashini aytib, hammaning og‘ziga tushdi. Bu shou-bizneschilarimizga aslo taraf yo‘qligidan yana bir bir dalolat beradi.

    * * *

    27-yanvar kuni prezident jami o‘nta vazirni ishdan olish bo‘yicha Bosh vazirga topshiriq berdi:

    “Sadoqati bor, lekin aravani torta olmayotgani uchun ishdan olaman, eshitasizlar hali. Jonga tegdi bunaqa byurokratlar. Sekin-sekin bittadan viloyat hokimi, tuman hokimi, vazirlarni ham ishdan olib, o‘rniga yosh-yosh kadrlarni qo‘yaman. Qaysi vazir aravasini tortmayotganini bilaman. Bosh vazirga aytganman, o‘nta vazirni ishdan olishimiz kerak, deb. Ikkitasi ishdan olindi, lekin bu hali yetarli emas”, – degan prezident. Bu haqda O‘zA yozdi.

    Shundan keyin Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev lavozimidan ozod etildi va boshqa sohalardagi bir necha mas’ul lavozimdagilar ham almashtirildi.

    * * *

    30-yanvar mustaqil O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning tug‘ilgan kuni. Islom Karimov hayot bo‘lganida 83 yoshga to‘lgan bo‘lardi. Garchi, oxirgi yillarda Islom Karimovning merosi xususidagi bir-biriga zid qarashlar aytilayotgan bo‘lsa-da, o‘tish davrida mamlakatga uzoq yillar rahbarlik qilgan bu siyosatchining faoliyatiga asl bahoni vaqt beradi, deb aytish mumkin. Shavkat Mirziyoyev prezident bo‘lganidan keyin Islom Karimov xotirasiga hurmat ko‘rsatishni an’anaga aylantirdi. Xususan, bu yil ham Samarqand va Qashqadaryoda Islom Karimov tavalludiga bag‘ishlangan xotira tadbirlari o‘tkazildi. Shavkat Mirziyoyev shu kuni Toshkent shahridagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Qur’on oyatlari tilovat qilindi. Islom Karimovning ishlari va insoniy fazilatlari yodga olindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Islom Karimovning “O‘zbekistonda o‘ta boylar ham, o‘ta kambag‘allar ham bo‘lmaydi”, degan fikri uning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini tavsiflaydi, deyish mumkin. Shavkat Mirziyoyev prezident vazifasini vaqtincha egallaganda ham ushbu siyosatni davom ettirishini aytgandi. Islom Karimovning 1990—1992-yillardagi xos soqchilari boshlig‘i bo‘lgan Sa’dulla Muhamadqulov shu kunlarda uni xotirlab Islom Karimov kam ta’minlanganlar bilan ko‘p pul egalarining orasidagi masofani kamaytirish kerak, degani haqida gapirib berdi. Intervyuni to‘liq o‘qish va eshitish.

    Biz ham “Daryo” nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyodagi eng zo‘r sayt, deb hisoblaymiz. “Daryo”da qoling. Karantin qoidalariga rioya qilishni unutmang.

    31.01.2021, 23:25   Izoh (0)   82337
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda COVID-19’ga qarshi vaksina sinovida ishtirok etadiganlar soni qariyb ikki baravar oshirildi

    31.01.2021, 23:15

    Shavkat Mirziyoyev: “2021-yilda ‘Bir million dasturchi’ loyihasi doirasida 105 ming nafar yosh IT-texnologiyalar bo‘yicha onlayn o‘qitiladi”

    31.01.2021, 22:59

    Qarshi tuman hokimining xizmat xonasida murojaatchi ayollarni “razbor” qilgani aytilgan ayol jurnalist ekani, shu harakati sabab ishdan bo‘shatilgani ma’lum qilind...

    31.01.2021, 22:17

    “Bizga neft bering, ishlashni xohlaymiz”. Farg‘onadagi zavod ishchilari ishsiz qolayotganini aytmoqda

    31.01.2021, 21:37

    Olimxon Rustamov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi

    31.01.2021, 21:16

    Shavkat Mirziyoyev har bir viloyatda “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” loyihasini amalga oshirish kerakligini ta’kidladi

    31.01.2021, 20:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mahmud Muradov Oktagon 72 turnirida vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi (video)

    Sport | 15 iyun, 10:09

    Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroilning nishoni bo‘lishi mumkin — WSJ

    Dunyo | 15 iyun, 09:21

    Ko‘krak suti bezi saratoni haqidagi savollarga javoblar

    Salomatlik | 15 iyun, 08:54

    Qashqadaryoda joniga qasd qilish uchun o‘zini kanalga tashlagan fuqaroni ichki ishlar xodimi qutqardi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 23:06

    Superliga. “Paxtakor” “Bunyodkor” bilan, “OKMK” esa “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 14 iyun, 22:18

    Aktrisa Fotima Rejametova o‘zini osib qo‘ygan qo‘shnisi yuzasidan murojaat bilan chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 22:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.