Olimxon Rustamov Prezidentning 2021-yil 29-yanvardagi qarori bilan O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi lavozimidagi vazifalariga investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya loyihalari amalga oshirilishning samarali monitoringini olib borish, rivojlanish davlat dasturlari va investitsiya dasturlari, shu jumladan, hududiy investitsiya dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda respublika viloyatlari va erkin iqtisodiy zonalarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish kiradi.
Shuningdek, ijtimoiy soha, turizm va qurilish materiallari tarmog‘ining sohaviy rivojlanishini muvofiqlashtirish masalalariga mas’ul bo‘ladi.
Tayinlovga qadar Olimxon Rustamov 2019-yilning sentabridan buyon iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri birinchi o‘rinbosari, 2020-yil mart oyidan buyon esa uning o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Olimxon Rustamov 1966-yilda tug‘ilgan. U 1989-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bitirgan.
2005—2014-yillarda Hisob palatasida bosh inspektor, 2014—2016-yillarda Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2016—2017-yillarda “O‘zbekneftgaz” raisining iqtisodiyot va moliya bo‘yicha o‘rinbosari, 2017—2019-yillarda Hisob palatasi raisining o‘rinbosari bo‘lgan.
Izoh (0)