Daryo

Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev lavozimidan ozod etildi

Prezident 27-yanvar kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda yaqin kunlarda bir nafar hokim va vazir lavozimini tark etishini ma’lum qilgan edi

1 daqiqa o‘qish52 644 ko‘rishlar0 izoh0
Qarshi davlat universiteti rektori (sobiq Jismoniy tarbiya va sport vaziri) Dilmurod Nabiyev 2019-yildan Voleybol federatsiyasi prezidenti sifatida faoliyat yuritadi. Foto: MOQ matbuot xizmati

Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: “Olympic.uz”

Ma’lumot uchun, Dilmurod Nabiyev 2018-yilning 31-iyulidan beri vazirlikni boshqarib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda yaqin kunlarda bir nafar hokim va vazir lavozimini tark etishini ma’lum qilgandi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Kogonning 4 ta sektor rahbarini ishdan olgani va ularning bir yillik ish haqini kassaga to‘latish bo‘yicha topshiriq bergani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar