• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Hozir qudrat sizning qo‘lingizda, lekin bu abadiy emas”. Navalniy o‘zini ozod qilish yuzasidan bo‘lgan sudda nutq so‘zladi

    Moskva viloyat sudi 28-yanvar kuni “Novichok” guruhiga kiruvchi modda bilan zaharlanganidan so‘ng Germaniyada davolanib qaytganida hibsga olingan Aleksey Navalniyning advokatlari tomonidan siyosatchining Moskvadagi “Matrosskaya Tishina” nomli tergov izolyatoridan ozod qilinishini talab qilgan apellyatsiya shikoyatini rad etdi.

    Uchrashuv davomida Navalniy tergov izolyatoridan videoaloqa orqali nutq so‘zladi. Meduza Navalniy nutqining to‘liq stenogrammasini taqdim etdi.

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    “Hammasi shu qadar ajoyibki, men nimadan boshlashni ham bilmayman. Odatda bu qanday ishlaydi: Siz sud qarorini qabul qilasiz, u yerda qonun buzilishi holatlarini qidirasiz va bu to‘g‘risida apellyatsiya shikoyati vaqtida gapirasiz. Bu yerda esa bularning barchasi bitta katta qonun buzilishi, namoyishkorona qonun buzilishi.

    Siz Ximkidan kelgan sud bayonnomasini o‘qidingizmi? Agar uni o‘qigan bo‘lsangiz, butun Moskva viloyat sudi ustidan juda baland ovozda kulishingiz kerak edi, chunki bu dunyodagi eng kulgili hujjat. Hujjat biror-bir huquqiy ma’lumotga ega bo‘lmagan kishi tomonidan tuzib chiqilgan. Bularning barchasi shunchaki bo‘lishi mumkin emas.

    Bilasizmi, hurmatli sudya va sud ishtirokchilari, uzoq vaqtdan beri sud tizimimiz bilan birgalikda men ushbu zinapoyadan, sud tizimi tanazzuli zinapoyasidan tushib kelmoqdaman. Men allaqachon ko‘p narsalarni ko‘rganman. Ko‘plab qonunlar menga taalluqli emasligiga allaqachon o‘rganib qolganman. Ammo ko‘rdingizmi, men uchun yangi istiqbollar ochildi, men kamerada, politsiya idorasida bo‘lganimda qandaydir odamlar meni oldimga kelib, “Endi sizni advokatlar bilan uchrashuvga olib boramiz”, — deyishdi.

    Ular meni yetaklab kameralar o‘rnatilgan, bir qancha tomoshabin o‘tirgan, Rossiya bayrog‘i ilingan itxonaga olib kirishdi va menga “Endi biz sizga hukm o‘qiymiz”, — deyishdi. Nima? Qanday qilib bunday bo‘lishi mumkin? Mening hech narsani tushunmayotgan advokatim yaqinimda turibdi. Men ehtimol bu “Sovrin” dasturi yoki shunga o‘xshash boshqa narsamikan deb o‘yladim. Yana o‘yladimki, balki hozir orqadagi sahna g‘oyib bo‘lib, u yerdan odamlar kulib chiqadi, Putin chiqadi: “Xa-xa, Aleksey, biz siz bilan hazil qilishga qaror qilgandik, chunki siz bizning mamlakatda besh oy bo‘lmagansiz. Hammasi yaxshi, bizda hamma narsa qonun asosida bo‘ladi”. Chunki politsiya bo‘limida sudni e’lonsiz o‘tkazish mumkin emas! Mumkin emas!

    Hurmatli sudya, Ximki sudi tugadi va bir daqiqadan so‘ng ular Simonovskiy sudi (Moskva shahri) yuborgan meni 1-sonli qamoqxonaga o‘tkazish bo‘yicha qog‘ozlarni imzo chekish uchun olib kelishdi. Ya’ni Simonovskiy sudi Ximki sudida qaror qabul qilinganda men bu yerda bo‘lishimni allaqachon bilgan (Matrosskaya Tishinada). Mening samolyotim Vnukovodan Sheremetyevoga uchayotganida men uchun “Matrosskaya Tishina”da kamera allaqachon tayyorlab qo‘yilganiga shubha qilmayman. Ular buni hatto yashirmaydi! Agar uyalishganda, ular buni qandaydir tarzda yashirishgan yoki Simonovskiy sudida yozilgan hujjatlarni birozdan keyin olib kelishgan bo‘lardi. Chunki hujjatlarni Ximkiga olib kelish va uni topshirish uchun vaqt kerak. Ular hatto uyalmadilar, bir daqiqada berishdi: “Imzo qo‘ying! 1-sonli qamoqxona”. G‘aroyib.

    Iltimos, ayting-chi, hurmatli sudya, aslida mening shartli jazomni haqiqiy jazoga almashtirish masalasini ko‘rib chiqayotganimiz sizni ozgina bo‘lsa ham bezovta qiladimi? Bo‘lishi mumkin emas. Ammo biz, shunga qaramay, buni mohiyatan ko‘rib chiqamiz, chunki bu yerda faqat hibsga olish mavzusi. Barcha jarayon bema’ni. Mening statusim bu yerda mana bunday – mana bitta Jazoni ijro etish federal xizmati (JIEFX) xodimi, mana JIEFXning ikkinchi xodimi va 1-sonli qamoqxonada hech kim mening statusimni tushunmaydi, chunki men hibsga olinganman. Tergov hibsxonasida ushlab turilgan shaxs kim? Bu juda g‘alati mavjudot.

    Qanday qilib meni bir oyga hibsga olishingiz mumkin? Ular meni hattoki hibsga olishmadi, meni qamashdi. Nega men vaqtincha saqlash hibsxonasida emasman, nega qamoqxonadaman?

    Sheremetyevo aeroportida hibsga olinganim to‘g‘risida hujjatlar oq-qora rangda yozilgan edi: “Ehtiyot chorasi: yo‘q”. Agar ehtiyot chorasi bo‘lmasa, nima uchun so‘nggi bir necha kun ichida men tez-tez quyidagi so‘zlarni eshitdim: “Iltimos, qo‘llaringizni orqangizga qiling”. Agar ehtiyot chorasi bo‘lmasa, nega men bu yerda o‘tiribman? Bu shunchaki ajoyib.

    Mavzuga doir: Putin: “qasr” haqidagi filmda ko‘rsatilgan narsalarning hech biri menga tegishli emas

    Sud qarorida men 30 kunga hibsga olinishim mumkin bo‘lgan bir qator moddalar mavjud. Ushbu moddalarning hech biri menga tegishli emas. Ularning menga aloqador joyi yo‘q. Agar hozir Jinoyat protsessual kodeksini, Jinoyat kodeksini olsangiz, ular menga hech qanday aloqasi bo‘lmagan moddalardagi ayblarni qo‘yishganini ko‘rasiz. Shunchaki Ximki sudi quyidagicha qaror qilgan: “Xo‘sh, bu nima ekan ... Men bilmayman, shunchaki raqamlarni yozib qo‘yaveraylik: 234, 328, 344”. Ular shunchaki menga hech qanday aloqasi bo‘lmagan xohlagan uchta moddani yozib qo‘yishgan.

    Advokat (Olga) Mixaylova juda to‘g‘ri aytdi, sud yo‘q joydan bo‘lishi mumkin emas. To‘g‘rimi? Men va mening himoyachilarim apellyatsiya shikoyati berishgani uchun ushbu sud hozir bo‘lib o‘tmoqda, sud majlisi tayinlandi va biz bu yerda siz bilan o‘tiribmiz.

    Ximki sudida bu qanday sodir bo‘ldi? Men sudyadan so‘radim: “Uchrashuvni kim tayinlagan?” Javob yo‘q. “Uchrashuvni kim qoldirdi?” Javob yo‘q. Shunchaki bunday bo‘lishi mumkin emas. Shunchaki, keyin Ximki sudi... U (sudya) mantiyasini kiyib, bolg‘asini olib, xuddi Moskva metrosi yoki Ximki bo‘ylab yurgandek dedi: “Hibsga olinsin! Hibsga olinsin!”.

    Nima uchun bunday bo‘layotganiga javobim bor. Chunki bu vazifa shunchaki qonunbuzarlik emas (Rossiyada qonunbuzarlik odatiy hol), bu meni hamda boshqalarni qo‘rqitish uchun namoyishkorona qonunbuzarlikdir. Bu namoyishkorona qonunbuzarlik, buni sudyalar ham qilmaydi, chunki bu yerdagi sudyalar shunchaki itoatkor qullardir. Mamlakatimizni talon-toroj qilganlar esa 20 yildan beri talon-taroj qilishmoqda. Va ular menga o‘xshagan har kimni og‘zini yopmoqchi.

    Ular o‘zlarini shunchaki quyidagicha namoyish qilmoqda: “Biz buni qila olamiz! Samolyotni boshqa joyga qo‘ndirdikmi? Qo‘ndirdik! Boshqa yo‘lovchilarga ahamiyat ham bermadik. Sheremetyevoni o‘rab oldikmi? O‘rab oldik. Nima deb o‘ylaysiz, biz sizni politsiya idorasida sudlay olmaymizmi? Biz sizni politsiya idorasida sud qila olamiz”. Hammani qo‘rqitish, barchaga yana bir bor aytish uchun namoyishkorona: “Biz bu mamlakatning egasimiz”, deyishmoqda.

    Shunday qilib, men o‘z nutqimni, ushbu murojaat bo‘yicha o‘z fikrlarimni, o‘zim ishongan narsalarim bilan tugatmoqchiman, ishonchim komil va shuni aytamanki: ular mamlakatimizning xo‘jayini emas va hech qachon bo‘lmaydi. Va juda ko‘p odamlar, o‘n millionlab odamlar mening fikrimga qo‘shiladi. Va biz hech qachon bu odamlarning mamlakatimizni egallab olishiga va o‘g‘irlashlariga yo‘l qo‘ymaymiz. Ha, qudrat hozir siz tomonda. Va endi siz mening yonimga 1-2 odamlarni qo‘yish imkoniyatiga egasiz (yonida turgan JIEFX xodimlarini ko‘rsatib). Va menga kishan sola olasiz. Ammo bu abadiy davom etmaydi. Katta rahmat. Men shikoyatni qo‘llab-quvvatlayman. Men ozod qilinishimni talab qilaman.

    Mening iltimosim ... Hurmatli sudya, mening iltimosim siz uchun tushunarlimi? Yaxshi. Mening iltimosim shundan iboratki, apellyatsiya shikoyati argumentlarini qo‘llab-quvvatlayman, Ximki sudining qarorini mutlaqo noqonuniy deb topaman va Ximki sudining qarorini bekor qilib, meni zudlik bilan ozod qilishingizni talab qilaman”, – dedi Navalniy.

    Aleksey Navalniy 2020-yil avgustdan beri Germaniyada edi. U Tomsk—Moskva samolyotida o‘zini yomon his qilgani sababli davolanish uchun olib ketilgan. Tahlillar natijasiga ko‘ra, Navalniy “Novichok” guruhidagi modda bilan zaharlangani ma’lum bo‘ldi. Dekabr oyida Bellingcat va The Insider siyosatchini Federal xavfsizlik xizmatining sakkiz nafar xodimidan iborat maxsus guruh zaharlagani ta’kidlangan tekshiruv natijalarini e’lon qildi.

    14-yanvar kuni Jazolarni ijro etish federal xizmati siyosatchi 29-dekabr kuni departament tashabbusi bilan qidiruvga berilganini xabar qildi. Xizmat uni “Iv Roshe” ishi bo‘yicha rejimni buzgan, unga muvofiq Navalniy oyda ikki marta Jazolarni ijro etish federal xizmati organlariga borib, ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘lgan. Davolanishdan keyingi reabilitatsiya, xizmatning fikricha, ro‘yxatga olishga kelmaslik uchun asos bo‘lolmaydi.

    Navalniy 17-yanvar kuni kechqurun Berlindan Moskvaga qaytib keldi. Sheremetyevo aeroportida siyosatchi “Iv Roshe” ishi doirasida hibsga olindi va Ximki shahridagi politsiya bo‘limiga olib ketildi. Ximki shahar sudi Aleksey Navalniyni 15-fevralga qadar qamoqqa olish bo‘yicha hukm chiqardi.

    28.01.2021, 21:57   Izoh (0)   34247
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirusning “britancha” shtammi Yevropaning 33 mamlakatida aniqlandi

    28.01.2021, 21:47

    Berdimuhamedov xorijdan keltirilgan harbiy texnikalarni ehtiyot qilishni buyurdi va vertolyot qulashi sabab chegara xizmati boshlig‘ini ishdan bo‘shatdi

    28.01.2021, 19:11

    Xitoyda fuqarolarga Yangi yil bayramini uyda o‘tkazishi uchun pul to‘lanadi

    28.01.2021, 18:24

    AQSh davlat kotibi Xitoy bilan munosabatlarni AQSh uchun eng muhim deb atadi

    28.01.2021, 17:47

    JSST: Malayziyada aniqlangan Nipah virusi tufayli pandemiya yuzaga kelishi mumkin

    28.01.2021, 17:24

    Tesla o‘z tarixida ilk bor yillik foyda olganini ma’lum qildi. Ammo kompaniya aksiyalari keskin pasayib ketdi

    28.01.2021, 17:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.