• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Gaz-zapravkalari faoliyatiga yana cheklov o‘rnatildi. Mas’ullar buni gaz bosimining pasayishi bilan izohlamoqda

    O‘zbekistonda gaz-zapravkalar 24 soat ishlay boshlagani, biroq, bu xursandchilik uzoq davom etmasligi ma’lum qilingandi. “Daryo” muxbirlarining xabar berishicha, ayrim viloyatlardagi gaz-zapravkalarda yana cheklov o‘rnatilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo”ning Qashqadaryo viloyatidagi muxbiri Otabek Qo‘ldoshevning ma’lumot berishicha, viloyatdagi mavjud 61 ta gaz zapravkada avtomobillarga gaz quyish vaqti tonggi 05:00 dan kech 17:00 ga qadar etib belgilangan.

    “Qarshi grant tour” MChJ muassisligidagi gaz zapravka operatori Farhod To‘rayevning ma’lumot berishicha, “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti filiali topshirig‘iga ko‘ra, zapravka ish faoliyati soat 17:00 dan keyin to‘xtatilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Shunaqa topshiriq bo‘lgan. Biz zapravkani yopmay ishlaymiz desak-da, gaz kelmay qoladi va baribir ishlolmaymiz”, — deydi Farhod To‘rayev.

    Mazkur holatni izohlagan “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti filiali axborot xizmati mas’uli buni kunning sovishi va gaz bosimining pasayishi bilan bog‘ladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Ertaga, 27-yanvar kuni bu cheklov olib tashlanishi ham mumkin”, — deydi idora axborot xizmati vakili.

    “Daryo” muxbiri kuzatuvlariga ko‘ra, viloyatdagi gaz zapravkalar faoliyatida cheklov o‘rnatilgan bo‘lsa-da, turnaqator navbatlar kuzatilmagan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Sal avvalgi sovuqda judayam qiynalgandik. Boisi shaxsan menda yuk mashina bo‘lgani uchun olgan yuklarimizni vaqtida manziliga yetkazolmay, ko‘chada qolib ketgan holatlarimiz ham bo‘ldi. Zapravkalar faoliyatiga cheklov qo‘yilishi biz haydovchilar uchun judayam noqulay va nafaqat bizni, biz orqali aholini ham qiynab qo‘yish bo‘ladi”, — dedi haydovchi Ikrom Mamatov.

    “Daryo”ning Namangan viloyatidagi muxbiri Azizbek Abduvaliyevning ma’lumot berishicha, Namangan viloyatidagi gaz zapravkalarida ham soat 17:00 dan tong 05:00 ga qadar cheklov o‘rnatilgan. Gaz idorasi mas’ullari bunga bosimning pasayishini sabab qilib keltirgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Buxoro muxbiri Laylo Hayitovaning aytishicha, viloyatda bu borada umuman cheklov yo‘q.

    “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali direktor o‘rinbosari O‘tkir Fayziyev “Daryo” muxbiri bilan suhbatda “Shuni alohida ta’kidlashim o‘rinliki, joriy yilning 14-yanvar kunidan boshlab, viloyatdagi mavjud 54 ta gaz quyish shoxobchasida 24 soat uzluksiz ishlash tartibi o‘rnatilgan. Viloyatdagi birorta zapravkada mashinalar turnaqatorligi yoki soatlab navbatda turish holati yuzaga kelgan emas”, — dedi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo”ning Samarqand viloyatidagi muxbiri Farhod Norbo‘tayevning ma’lum qilishicha, viloyatdagi gaz-zapravkalariga soat tonggi 05:00 dan 15:00 ga qadar ishlashga ruxsat berilgan.

    “Havo haroratining keskin sovib ketishi bilan tabiiy gazga bo‘lgan talabning ikki hissa ortishi, ko‘p qavatli uylarda isitish tizimining to‘liq ishlamasligi va boshqa bir qator omillar sabab tabiiy gaz ta’minotida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish maqsadida cheklov o‘rnatildi. Birinchi navbatda Samarqand viloyati aholisi va ijtimoiy soha obyektlarining tabiiy gazga bo‘lgan talabini qondirishimiz kerak. Shu sabab viloyatdagi gaz quyish shoxobchalariga tonggi soat 05:00 dan kunduzi 15:00 gacha ishlashga ruxsat berildi”, — deydi “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati rahbari Baxtigul Qarshiyeva

    “Daryo”ning Andijon viloyatidagi muxbiri Umidjon Mamarasulovning xabar berishicha, viloyatdagi gaz to‘ldirish shoxobchalarida 22-yanvardan boshlab yana cheklovlar o‘rnatilgan bo‘lib, tonggi soat 05:00 dan kunduzi soat 15:00 gacha ishlash rejimiga o‘tkazilgan. Shunday bo‘lsa-da, 24—25-yanvar kunlari ham turnaqator navbatlar kuzatilmagan. Biroq, 26-yanvardan boshlab gaz-zapravkalar oldida navbatlar yuzaga kela boshlagan. Ayrim zapravkalarda esa kunduzi ham gaz yetkazib berishda soatlab uzilishlar kuzatilmoqda.

    Haydovchilarning ma’lum qilishicha, turnaqator navbatlar sabab ular avtomobillarga gaz to‘ldirish uchun ikki-uch soat, ba’zida besh-olti soat vaqt sarflamoqda.

    “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filialida ishlovchi xodimlardan birining ma’lum qilishicha, viloyatga keluvchi tabiiy gaz bosimida pasayish kuzatilgani sababli gaz-zapravkalarida yana cheklovlar o‘rnatilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Eslatib o‘tamiz, Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Elmira Bekmurodova “Daryo”ga ob-havoning mo‘tadillashgani sababli 18-yanvardan boshlab hududlardagi gaz-zapravkalarning ishlash muddati mahalliy hokimliklar bilan kelishgan holda bosqichma-bosqich uzaytirila boshlanishini ma’lum qilgandi.

    “Agar kunlar sovib, aholi gaz ta’minotida bosim kamayishi kuzatilsa, yana cheklov joriy qilinishi mumkin. Ya’ni bu chora to‘liq bekor qilinmagan. Faqat viloyat va tumanlardagi gaz ta’minotiga oid vaziyatga ko‘ra, ayni bir hududga xos tarzda hokimliklar bilan kelishgan holda qaror qabul qilinmoqda. Respublika miqyosida yakuniy qaror hali chiqarilmagan”, — degandi u.

    Vazirlik axborot xizmati vakili Obidjon Dilmurodovning “Daryo”ga qo‘shimcha qilishicha, 18-yanvardan boshlab amalga tatbiq qilingan chora to‘liq bekor qilinmagan.

    “Faqat viloyat va tumanlardagi gaz ta’minotiga oid vaziyatga ko‘ra, ayni bir hududga xos tarzda hokimliklar bilan kelishgan holda qaror qabul qilingan”, — deydi Obidjon Dilmurodov.

    Obidjon Dilmurodovning ta’kidlashicha, shu kunlarda havo haroratining soviy boshlagani bois gaz bosimining pasayishi kuzatilmoqda. Shuning uchun birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini gaz bilan ta’minlash maqsadida tuman (shahar) hokimliklari bilan hududiy gaz ta’minoti korxonalari kelishgan holda reja-grafik asosida ushbu chora-tadbirlarni yana qayta joriy qilinmoqda.

    26.01.2021, 20:23   Izoh (0)   53858
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Andijonnoma” tahririyati o‘rnida Prezident maktabi quriladi. Tahririyat xodimlari ko‘chada qolishdan xavotirda

    26.01.2021, 20:12

    O‘zbekistonda elektr energetika sohasidagi standartlar qayta ko‘rib chiqiladi

    26.01.2021, 19:48

    Rossiyada ishlamoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarga qurilish sohasida 4 mingga yaqin ish o‘rinlari taklif etildi

    26.01.2021, 19:34

    Navoiyda ko‘tarma kran qulab tushdi

    26.01.2021, 19:11

    Qashqadaryolik ota nima uchun bolalariga o‘ldirish bilan tahdid qilgani sababini tushuntirdi

    26.01.2021, 18:35

    Buxoro shahri hududi ikkita yondosh tuman hisobiga kengaytiriladi

    26.01.2021, 17:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.