• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Tezroq amaliyotga joriy qilish kerak”. DSQ, Markaziy bank, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari mas’ullari — daromadlar deklaratsiyasiga doir qonun loyihasi haqida

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi amaldorlarning daromadlari deklaratsiya qilinishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. 2019-yilda Bandlik va mehnat munosabatlari tayyorlagan qonun loyihasidan farqli o‘laroq (vazirlik loyihasi bo‘yicha, ushbu tartib 2020-yil 1-yanvardan joriy etilishi kerak edi), agentlik taklif qilayotan loyihada quyidan tortib yuqorigacha bo‘lgan barcha mansabdorlar — hatto prezident va bosh vazir ham deklaratsiya to‘ldirishi taklif qilingan. Hujjat loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilinmoqda.

    Mavzuga doir: “Buning nimasidan qo‘rqish kerak?”. O‘zbekiston hukumati a’zolari daromadlarni deklaratsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga ijobiy munosabatda

    Kuni kecha madaniyat, AKT, innovatsion rivojlanish vazirlari, shuningdek, sport vaziri birinchi o‘rinbosarining muhokama qilinayotgan qonun loyihasiga qisqacha munosabati e’lon qilingan edi. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov ushbu masala yuzasidan yana bir qator vazirlik va idora rahbarlari o‘rinbosarlariga murojaat qilib, ularning fikri bilan qiziqdi.

    “Yashirin iqtisodiyotni kamaytirishga xizmat qiladi” — Ahadbek Haydarov, moliya vaziri o‘rinbosari

    Ahadbek Haydarov.

    Ahadbek Haydarov.
    Foto: Madina Nurman / “Daryo”
    “Biz bunga ijobiy qaraymiz, albatta. Chunki vazirligimiz davlat budjetiga imkon qadar ko‘p daromad tushishidan manfaatdor. Davlat xodimlarining o‘z daromadlarini deklaratsiya qilish tizimining joriy etilishi keyinchalik yashirin iqtisodiyotni kamaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, korrupsiya darajasini qisqartirishda ham muhim omillardan biri bo‘ladi. Shu paytga qadar deklaratsiya masalasi ko‘p marta aytilgan. Vaqti-soati kelib, mana, qonun loyihasi ham ishlab chiqildi. Bu qonun meni xavotirlantirmaydi, bunga tabiiy hol sifatida qarayman. Ko‘p davlatlarda deklaratsiya tizimi joriy etilgan. Biz ham buni to‘g‘ri qabul qilishimiz kerak”.

    “Tezroq amaliyotga joriy qilish kerak” — Mubin Mirzayev, Davlat soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari

    Mubin Mirzayev.

    Mubin Mirzayev.
    Foto: Madina Nurman / “Daryo”

    “Birinchi navbatda soliq organlarining o‘zida daromadlarni deklaratsiya qilish tizimini yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Chunki o‘zimiz o‘rnak bo‘lishimiz kerak. Soliq organlarining o‘zi daromadlarini to‘g‘ri ko‘rsatyaptimi, korrupsiyaga qarshi kurashda to‘g‘ri ishtirok etyaptimi, deklaratsiya tizimida o‘zining hissasini qo‘shyaptimi-yo‘qmi, degan savollarga har qanday davlat tashkilotida ishlaydigan xodimlar javob olishi kerak.

    Biz mana shularni to‘liq ko‘rsatgan holda qo‘mitamizda pastdan tepagacha deklaratsiya tizimini yo‘lga qo‘yamiz va boshqalarni ham shunga da’vat etamiz. Bu qonunni shubhasiz qo‘llab-quvvatlayman. Deyarli barcha davlatlarda mazkur tizim mavjud va biz ham bunga o‘tishimiz kerak. Agar mamlakatda korrupsiya bo‘lmasa, o‘sha davlat, albatta, rivojlanadi. Korrupsiya bor davlat hech qachon taraqqiy etmaydi.

    Ushbu tizimni oldinroq yo‘lga qo‘ysa ham bo‘lardi. Lekin vaqti-soati endi keldi. Deklaratsiyani joriy etish, daromadlarni to‘g‘ri ko‘rsatib, halol ishlash, korrupsiyani maksimal darajada qisqartirish — bu xalqning talabi, siyosat va prezidentimizning talabi. Bu qonun loyihasiga xohishim baland, bu Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari sifatida menga juda kerakli hujjat. Uni tezroq qabul qilib, amaliyotga joriy etish lozim”.

    “Xarajatlar tarafdan ham nazorat qilsa bo‘ladi” — Ilhom Norqulov, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri birinchi o‘rinbosari

    Ilhom Norqulov.

    Ilhom Norqulov.
    Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati
    “Nafaqat daromadlar, balki xarajatlar deklaratsiyasini ham joriy qilishimiz kerak. Chunki xarajatlar tarafdan ham nazorat qilsa bo‘ladi. O‘ylaymanki, bu juda ham dolzarb va kerakli narsa. Bu, bir tarafdan, davlat boshqaruvi sohasidagi xodimlarning amalga oshirayotgan xarajatlari va ularni olayotgan daromadlari qanchalik qonuniyligi hamda o‘zaro mutanosibligini ko‘rsatadi. Ikkinchi tarafdan esa, bu borada jamoatchilikning samarali nazorati yo‘lga qo‘yilsa, shaffoflik bo‘ladi va davlat boshqaruv tizimi vakillariga bo‘lgan ishonchni yanada orttiradi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashda ham muhim omil bo‘lib qoladi. Ushbu qonun loyihasi meni amaldor sifatida umuman xavotirga solgani yo‘q”.

    “Hech qanday xavotirli tomoni yo‘q” — Behzod Hamroyev, Markaziy bank raisi o‘rinbosari

    Behzod Hamroyev.

    Behzod Hamroyev.
    Foto: “Kun.uz”

    “Daromadlar deklaratsiyasi butun dunyoda bor. O‘zbekistonda ham bu masala ko‘p marta ko‘tarildi. Buni yo‘lga qo‘yish kerak. Daromadlarni legallashtirish, soliqdan qochish yoki yashirish hamma sektorda bo‘ladi. Barcha mamlakatlarda, davlat ishchisi bo‘ladimi yoki tadbirkor, farqi yo‘q, jamiyatda bunday holat kuzatiladi. Ammo davlatdan oylik olib, qandaydir lavozimda ishlayotgan bo‘lsa, albatta, jamoatchilik oldida hisobot berishi lozim. Daromad manbasini — kimdan yoki qayerdan olganini oshkor qilsin. Yil davomida tadbirkorlik orqali daromad topgan bo‘lsa yoki ish joyidan oylik, mukofot puli olgan bo‘lsa, bankdan qanchadir kredit olgan bo‘lsa, marhamat, barchasini ko‘rsatsin. Nazarimda, buning hech qanday xavotirli tomoni yo‘q”.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda Prezidentga ham yil davomida ishlab topgan puli haqida hisobot topshirish majburiyati yuklatilishi mumkin

    12.01.2021, 08:22   Izoh (0)   15531
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda tilla taqinchoq o‘g‘rilari qum-tuproqda qoldirilgan oyoq izlari orqali topildi

    12.01.2021, 08:15

    “Pulni noto‘g‘ri narsaga sarflaymiz, lekin hammasi 100 foiz shaffof bo‘ladi va pulni to‘g‘ri narsaga ishlatamiz, ammo 50 foizi o‘g‘irlanadi, degan tanlov bo‘lsa, i...

    12.01.2021, 08:01

    Toshkent metrosi poyezdlari eng kuchli karantin vaqtida ham harakatdan to‘xtamagani ma’lum qilindi

    12.01.2021, 07:43

    Buxorodagi yong‘inda ikki nafar fuqaroning jarohat olib shifoxonaga yotqizilgani aytilgandi. Shifoxona bosh shifokori buni rad etdi

    12.01.2021, 07:29

    Bankka kredit so‘rab borilganda “resurs yo‘q” degan javob berilishi asoslimi? Markaziy bankning Qashqadaryodagi mas’uli javob berdi

    12.01.2021, 06:56

    Buxoroda yer ajratish evaziga fuqarodan 2 ming dollar pora olgan hokimlik mas’uli qo‘lga olindi

    12.01.2021, 06:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda 21 kunda fuqarolardan 1715 ta tig‘li qurol musodara qilindi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:35

    Norvegiyada 75 ming yillik hayvon qoldiqlari topildi

    Dunyo | 5 avgust, 23:25

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    Ko‘kdala tumanida yana zapravka portladi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:12

    “Jaloliddin Masharipov uzoq muddatga safdan chiqdi” — manba

    Sport | 5 avgust, 23:05

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05

    Bo‘stonliqdagi tog‘ga yuk mashinasida chiqindi to‘kkan fuqarolar jazolandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 22:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.