La Liga 18-turidan o‘rin olgan “Real” va “Osasuna” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin noqulay ob-havo tufayli qoldirilishi mumkin.
AS nashrining xabar qilishicha, Ispaniyaning qator shaharlarida kuzatilayotgan qor bo‘ronlari sabab uchrashuv o‘z vaqtida bo‘lib o‘tmasligi mumkin. 9-yanvar, shanba kuni kuchli qor bo‘roni bo‘lib o‘tishi taxmin qilinmoqda va bu o‘yinning o‘tkazilishiga ta’sir qilishi mumkin.
“Osasuna” ob-havo sabab “Real”ga qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulotlarni bekor qilgan.
“Osasuna” — “Real” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 9-yanvardan 10-yanvarga o‘tar kechasi 01:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)