• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    APLdagi transferlar “tulkisi”. “Lester”ning har doim foydada qolayotgani haqida

    “Bu yerga ilk bor kelganimda, mendan muvaffaqiyatni qanday ta’riflashim haqida so‘ralgan edi”, — deya eslaydi “Lester” ustozi Brendan Rojers. — Har doim ham bizga oson bo‘lmasligini, resurslar soni va tarkib borasida kuchli oltilik bizdan o‘zib ketishini tushunar edik, ammo meni qiyin vazifalar o‘ziga jalb qiladi. Biz buni qila oldik va yana takrorlashga tayyormiz”.

    Rojers shogirdlari hammani hayratlantirishda davom etmoqda. Kim ham jamoaning bu mavsumda Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmaydi deb ayta oladi?

    Jamoa o‘sha ertaknamo chempionlikning tasodif emasligini qayta-qayta isbotlashdan charchamayapti. 2014-yilda Premyer Ligaga chiqishi bilan “Lester” muvaffaqiyatlarga erisha boshladi, bu ko‘p jihatdan seleksiya bo‘limining sa’y-harakatlari evaziga amalga oshdi.

    Ammo bularning bari jiddiy moliyaviy sarmoyalarsiz amalga oshmagan bo‘lishini ham inkor etish noto‘g‘ri bo‘ladi. “Tulkilar” chempionatdagi sakkizinchi eng qimmat jamoaga hisoblanadi — 284 million funt. Avvalgi transfer oynalarida esa yaxshigina pullar sarflangan. Ikki yil oldin Yuri Tilemans klubga 30 million funt sterlingga tushgan bo‘lsa, yangi kelgan Uesli Fofananing transferiga ham shundan kam bo‘lmagan mablag‘ ajratildi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Ha, har bir imzolash ham muvaffaqiyatli chiqavermaydi. 2016-yil yozida klub chempionlikni himoya qilish va Chempionlar Ligasida nimadir namoyish etish kerak degan umidda ko‘p mablag‘ sarfladi. Ammo xarid qilingan Ahmad Musa, Islom Slimani, Fusseni Diabate, Adriyen Silva va Rashid Gezzal kabi futbolchilar yulduzga aylana olmadi. Biroq aksariyat hollarda “tulkilar” baribir foydada qolaverdi.

    O‘shandan keyin “Lester” har yozda eng kuchli futbolchilarini sotish bilan shug‘ullandi. Ngolo Kante, Riyad Mahrez, Denni Drinkuoter, Harri Maguayr, Ben Chiluell. Ularning transferi klubiga 250 million funt keltirdi. Klub esa ularning transferiga, taxminan, 25 million sarflagandi, xolos. Rahbariyat “oltilik”ning har doim sarf-xarajatlar jihatidan kuchliroq bo‘lishini tushunadi. Shuning uchun seleksiya bo‘limi klubning madaniyati, tuzilishi va oqilona boshqaruviga e’tibor bermoqda.

    Ular bu yerda tezkor javob qaytarishga emas, aksincha, o‘sadigan o‘yinchilarni izlash bilan shug‘ullanmoqda. Aynan shuning uchun ham Rojers Premyer Ligaga qaytishga qaror qildi — unga “tulkilar”ning barcha muammolarni birdaniga hal qilishga shoshilmayotgani va uzoqni ko‘zlayotgani ma’qul bo‘ldi. Katta umidlarga qaramay, rahbariyat bir qator muvaffaqiyatsizliklardan keyin ham murabbiyga ishonch bildirishga tayyorligini bildirgan.

    Bu yerda so‘nggi marta yangi markaziy himoyachini qidirish qanday davom etganini eslash kifoya. Nomzodlar qatorida allaqachon o‘z iste’dodini APL va Angliya termasida isbotlagan “Byornli” futbolchisi Jeyms Tarkovski va “Sent-Etyenn”dan kattalar o‘rtasida atigi 30 ta o‘yin o‘tkazgan o‘smir Fofana bor edi.

    Har ikkala variant atroflicha ko‘rib chiqildi, ammo oxir-oqibat klub Fofana uchun rekord darajadagi 32 million funt sterlingni sarflashga qaror qildi. Bunda futbolchining uzoq muddat jamoaga yordam berishi va kelajakda uning sof foyda keltirishi mumkinligi hisobga olindi.

    Qayd etish joizki, “Lester” bu kabi ishlarni tez-tez bajarib turadi. U yosh va iqtidorli futbolchilarni katta ambitsiyalarga ega bo‘lmagan klublardan sotib olishni yaxshi ko‘radi. Jeyms Jastin — “Luton”, Chag‘lar Suyunju — “Frayburg”, Timoti Kastan — “Atalanta” va Jeyms Meddison — “Norvich” bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

    Ushbu jarayon o‘z samarasini berishi uchun klub sport direktoriga, seleksiya bo‘limi boshlig‘iga va murabbiyga to‘liq ishonishi lozim. Premyer Ligada esa bu borada namuna qilib ko‘rsatadigan klublar juda kam, ularning aksariyatida jamoa ishlariga xo‘jayinlar yoki agentlarning aralashayotganini ko‘rish mumkin. “Lester”da esa Jon Radkin akademiya murabbiyi sifatida tinimsiz mehnati orqali sport direktorligigacha yuksalishga erishdi. U murabbiy bilan hokimiyatni bo‘lishishdan va ko‘p masalalarda unga ishonishdan faqat xursand bo‘ladi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Bosh qarorgohda birorta transfer yoki tayinlov bosh murabbiy ishtirokisiz amalga oshmaydi, axir Angliyada bejiz ko‘plab murabbiylar “menejer” deb nomlanmaydi-ku. Aynan shu tariqa Rojers bilan “Chelsi”da bosh skaut bo‘lib ishlagan va keyinchalik “Seltik”ka o‘tgan Li Kongerton seleksiya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

    Skaut va seleksiya bo‘limi ma’lum bir o‘yinchining qobiliyatlarini o‘rganishda birgalikda ish olib boradi va bir-biriga yordam beradi. Ustuvor vazifa — yosh va kelajakda narxi ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan arzon o‘yinchilarni topishdir.

    Ushbu jarayonning shaffofligini qayd etmaslikning iloji yo‘q. Angliyaning aksariyat klublari (shartli) 18 oy ichida ishdan bo‘shatiladigan murabbiy va menejerlar, shuningdek, rahbariyatning aralashuvidan aziyat chekadi. “Lester”da esa u yoki bu vazifada kim faoliyat yuritishidan qat’i nazar yagona tizim ishlashda davom etadi.

    Belgiyada “Lester”ning birodar klubi bor — “Aud-Heverle Lyoven”. Yaqinda ushbu klub mamlakat birinchi divizioniga yo‘l oldi va xuddi shu prinsiplar asosida ishlamoqda. U yerdagi prezident Ayyavatt Shrivaddanaprabxa ham o‘z qo‘l ostidagilarga to‘liq ishonadi. Jamoa hozirda turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.

    Asosiysi, “Lester” o‘z borar yo‘lini aniqlab olgan. Ular moliyaviy cheklovlarni tushunadi va kelajakda barcha asosiy yulduzlari raqobatchilari qatoriga qo‘shilishi mumkinligini ham qabul qilgan. Tilemans, Meddison, Suyunju kabi futbolchilar uzoq vaqtdan beri boshqa klublarni qiziqtirib kelmoqda, ammo “Lester” (klublar) ulardan oldinda. Boisi hozir ularning narxi ancha qimmatlashgan. Jamoaning bozor qiymati 422 millionga baholangan. Ularning barchasi Chiluell singari, kamida 50 million funtga ketadi. Ammo hammaning ketib qolishi klubdagilarni qo‘rqitmaydi, boisi o‘sha paytga qadar yangi futbolchilar allaqachon topilgan bo‘ladi. Bularning barchasi to‘g‘ri tizim va jarayonning natijasidir.

    Mavzuga doir:

    • Beyldan Neymargacha. Futbol tarixidagi eng qimmat transferlar
    • 2020-yilning eng sermahsul futbolchilari. Messi va Saloh kuchli beshlikda ham yo‘q

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    05.01.2021, 10:16   Izoh (0)   16686
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    APL. “Liverpul” safarda “avliyolar”ga taslim bo‘ldi

    05.01.2021, 08:03

    Beyldan Neymargacha. Futbol tarixidagi eng qimmat transferlar

    04.01.2021, 23:58

    Ruslan Nurudinovdan ikki yillik taqiqning olib tashlangani ma’lum qilindi

    04.01.2021, 23:05

    “Atletik B” futbol klubining 23 yoshli tarbiyalanuvchisi YTH oqibatida vafot etdi

    04.01.2021, 22:01

    Davide Ballardini: “Eldor Shomurodovning o‘yini meni hayratga solmadi”

    04.01.2021, 21:04

    Osiyoning 2020-yildagi eng yaxshi futbolchilari aniqlandi. Jaloliddin Masharipov top-20 talikka kirolmadi

    04.01.2021, 20:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev turkman xalqi milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 17:00

    “Diplomga qiziqish kamayishi tabiiy hol” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov abituriyentlar soni nega qisqarayotgani haqida

    O‘zbekiston | 29 iyun, 16:46

    Luis Enrike tarixdagi eng zo‘r futbolchi nomini aytdi

    Sport | 29 iyun, 16:31

    Yahudiy davlati G‘azoda 81 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 29 iyun, 16:30

    MAGATE: Eron bir necha oy ichida uranni boyitishni yana boshlashi mumkin

    Dunyo | 29 iyun, 16:15

    Ortiqcha yo‘l belgilari, sifatsiz yo‘laklar: O‘zbekiston avtomobil yo‘llaridagi xavfsizlik o‘rganildi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 16:00

    Pokiston Xitoy bilan “beshinchi avlod” samolyotlari sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

    Dunyo | 29 iyun, 15:45

    Pishgan va mazali mevalarni tanlash bo‘yicha 9 maslahat

    Maslahatlar | 29 iyun, 15:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.