Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 17-turida “Liverpul” 4-yanvar, dushanba kuni “Sauthempton” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Denni Ingz sobiq jamoasi darvozasini chiroyli tarzda ishg‘ol etib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Shundan keyin “qizillar” bir qator qulay imkoniyatlarga ega bo‘ldi, biroq hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi.
Shu tariqa “Liverpul” 33 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi va bitta zaxira o‘yiniga ega “Manchester Yunayted” bilan bir xil ochko jamg‘argan. “Avliyolar” esa 29 ochko bilan 6-pog‘onaga ko‘tarildi.
17-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:
APL
17-tur bahsi
4-yanvar, dushanba
“Sauthempton” — “Liverpul” 1:0
Gol: 1:0 – 2 Ingz.“Sauthempton”: Forster, Uoker-Piters, Stivens, Bertran, Bednarek, Armstrong, Jenepo (Tella, 32), Uord-Prouz, Diallo, Uolkott (Valeri, 82), Ingz (Nlundulu, 77).
“Liverpul”: Alisson, Henderson, Robertson, Fabinyo, Aleksander-Arnold (Milner, 77), Oksleyd-Chemberlen (Shakiri, 57), Tiago Alkantara, Saloh, Veynaldum, Mane, Firmino.
Ogohlantirishlar: Tiago Alkantara (3), Robertson (15), Shakiri (79), Bertran (90).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)