Angliyaning The Guardian nashri “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshfordni 2020-yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq deb topdi.
Bu sovrin yil davomida o‘ziga xos natija qayd etgan yoki namunali ish qilgan o‘yinchilarga topshiriladi.
Reshford 2020-yil davomida kam ta’minlangan maktab o‘quvchilarga yordam berish borasida bir nechta kampaniyani tashkil qildi. Ayniqsa uning hukumatni kam ta’minlangan maktab bolalarini bepul tushlik bilan ta’minlashga undashi ko‘plab maqtovlarga sazovor bo‘ldi.
“Karantin sabab maktablar yopilgach, o‘zimning yoshligimni tasavvur qildim va shunga o‘xshash bolalardan xavotir ola boshladim. Tekin tushliksiz bizda juda kam ovqat bo‘lardi. Agar shunday holga tushib qolganimizda nima qilardik?
Bu qo‘rquv qanday bo‘lishini bilaman. Mening onam bundan qanday qo‘rqqanini bilaman. Bu qo‘rquvni bolalar va ularning ota-onalari his qilishini xohlamadim”, — deydi Reshford.
Reshford APL 2019/20-yilgi mavsumida 31 o‘yin o‘tkazib 17 gol va 8 ta golli uzatma amalga oshirgandi. Joriy mavsum futbolchi 16 uchrashuvda 7 gol va 4 ta assist muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)